Mirziyoyev: adabiyot va san’at, OAVlarning biznesga aylanishiga yo‘l qo‘ymaymiz

© Press-slujba prezidenta RUzO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston ziyolilari bilan uchrashuvda prezident Shavkat Mirziyoyev "Havas qilsa arziydigan ulug‘ ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va men ishonaman, nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va san’atimiz ham albatta bo‘ladi", degan qat’iyat bilan

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. O‘zbekistonda adabiyot va san’at, OAVlarning biznezga aylanishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaymiz, deb ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 3-avgust kuni O‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvda so‘zlagan nutqi davomida.

"O‘zbekistonda adabiyot va san’at, madaniyat, ommaviy axborot vositalari, ma’naviyat va ma’rifat biznesga aylanmasligi shart va biz bunga hech qachon yo‘l qo‘ymaymiz", degan O‘zbekiston rahbari.

Mirziyoyev o‘z ma’ruzasida mamlakat madaniyati va san’atining rivojlanish jarayonlari, bu boradagi ijobiy tendensiyalar bilan birga, ayrim salbiy holatlar, ularning jamiyat hayotiga ta’siri xolisona va tanqidiy baholanib, o‘z yechimini kutayotgan dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida atroflicha fikr yuritgan.

Ijodiy uyushmalar, Madaniyat vazirligi hamda uning tarkibidagi birlashma va tashkilotlar faoliyati chuqur tahlil etilgan.

Ijodkor ziyolilarning bugungi kunda jamiyat hayoti, islohotlar jarayonidagi o‘rni va vazifasi haqida muhim va dolzarb fikrlar bayon qilingan.

Prezident xalq ma’naviy kamolotida ijodkorlarning xizmati beqiyos ekanini alohida ta’kidlab, taraqqiyotning hozirgi bosqichida barcha sohalar vakillari qatori madaniyat va san’at ahlidan ham yanada faollik, yangi-yangi ijodiy g‘oya va tashabbuslar bilan yashash, izlanish ruhi talab etilayotganini ta’kidlagan.

Prezidentimiz bo‘lib o‘tgan ochiq va samimiy muloqotning ahamiyati, mantiqiy natijasi haqida so‘z yuritib, "Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug‘ ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va men ishonaman, nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va san’atimiz ham albatta bo‘ladi", degan fikrni qat’iyat bilan ta’kidladi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Madaniyat vazirligi uchun ko‘rkam bino ajratishga qaror qildi
Uchrashuvda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi S.Hakimov, akademiklar O.Salimov, R.Ubaydullayeva, Badiiy akademiya raisi A.Nuriddinov, O‘zbekiston xalq shoirasi H.Xudoyberdiyeva, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi A.Slonim, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori S.G‘afurova, O‘zbekiston xalq artisti O.Nazarbekov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, kinorejissor H.Nasimov, Bastakorlar uyushmasi raisi R.Abdullayev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist J.Piyazov va boshqalar madaniyat, adabiyot va san’at sohasiga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor, samimiy muloqot uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, belgilab olingan maqsad va vazifalar, yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar ijod ahlini yangi va sermazmun asarlar yaratishga ruhlantirishi, barcha ijodiy tashkilotlarni o‘z faoliyatini qaytadan ko‘rib chiqib, uni har tomonlama samarali tashkil etishga da’vat etishini ta’kidladilar.

Yangiliklar lentasi
0