O‘zbekiston aholisi orasida “Alpomish” va “Barchinoy” testlari o‘tkaziladi

© Press-slujba xokimiyata g. TashkentMassovie zanyatiya utrenney gimnastikoy v Tashkente
Massovie zanyatiya utrenney gimnastikoy v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat organlari va tashkilotlarida ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlarini bajarishi uchun ish vaqtiga kiritiladigan maxsus tanaffuslar belgilanadi.

TOShKENT, 20 dek – Sputnik. Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning profilaktikasini, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.

Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po razvitiyu sporta - Sputnik O‘zbekiston
Badantarbiya va olimpiya markazlari: sport sohasi bo‘yicha topshiriqlar berildi

Qaror bilan, 2019–2022 yillarda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish Konsepsiyasi hamda Dasturi tasdiqlandi.

Konsepsiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirish natijasida quyidagilarga erishiladi:

- meva va sabzavotlar iste’molini 15 foizga oshirish;

- osh tuzi iste’molini 15 foizga qisqartirish;

- aholining jismoniy faolligini 10 foizga oshirish;

- alkogol va tamaki mahsulotlari iste’molini 10 foizga qisqartirish;

Likero-vodochniy zavod - Sputnik O‘zbekiston
Aroq, pivo va tamaki ishlab chiqaruvchilari sport solig‘i to‘laydi

- semirish va qandli diabet kasalligiga chalingan bemorlar sonini o‘sishini to‘xtatish;

- tibbiy muassasalarni jihozlar va dori vositalari bilan ta’minlanganlik darajasini 50 foizga yetkazish;

- yuqori xavf darajasiga ega va yuqumli bo‘lmagan kasallikka chalingan bemorlarning kamiga 50 foizini dori-darmon terapiyasi bilan ta’minlash;

- barvaqt o‘lim holatlari darajasini 10 foizga qisqartirish. 

Dastur doirasida sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollik, tamaki va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishdan voz kechish bo‘yicha, shu jumladan ishonch telefonlari va “tezkor aloqa tarmog‘i” orqali qisqa maslahatlar berish tizimi joriy etiladi.

Qarorga muvofiq, xodimlar jamoasining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, ularning jismoniy faolligi darajasini oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratish – davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlaridan biri etib belgilandi.

Shuningdek, Respublika diyetologiya o‘quv-ilmiy markazi negizida Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi, hududlarda Markazning bo‘limlari, tumanlarda (shaharlarda) bo‘linmalari tashkil etildi.

Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga qarshi kurashish hamda oldini olish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va joriy etish Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishi hisoblanadi.

Hukumat tomonidan 2019-yil 1-dekabrgacha alkogol va tamaki mahsulotlar iste’molini cheklash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi.

Molodie lyudi vibirayut sigareti v tabachnom larke - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda tamaki mahsulotlar narxi 50 foizga oshadi

2019–2020 o‘quv yilidan boshlab, Toshkent tibbiyot akademiyasi magistraturasining yangi “Nutritsiologiya” yo‘nalishi ochiladi.

Shuningdek, qaror bilan endilikda davlat organlari va tashkilotlarida:

- ish kuni davomida ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlari;

- haftasiga kamida bir marotaba xodimlarning jismoniy tarbiya tadbirlarida ishtirok etishini nazarda tutadigan “Salomatlik kuni”;

- xodimlar orasida sport musobaqalari joriy etiladi.

Davlat organlari va tashkilotlarida ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlarini bajarishi uchun ish vaqtiga kiritiladigan maxsus tanaffuslar belgilanadi.

Aholining keng qatlamlari orasida “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0