TOShKENT, 7 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyov andijonlik qirg‘iz baxshi Idiris Ayitbayevga Chevrolet Malibu va uy sovg‘a qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston nashri.
Bu haqida kecha “Do‘stlik” o‘tkazuv-nazorat punkti ochilish marosimida Andijon viloyat hokimi Shuhrat Abduraxmonov xabar qilgan.
Idiris Ayitbayev aytishiga ko‘ra, u O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari oldida ikki xalq do‘stligi va xalqlar boshidan kechirgan sinovlari haqida qo‘shiq kuylagan ekan.
“Almazbek Shershenovich meni ijodim uchun minnatdorlik bildirganda ko‘nglim quvonchga to‘ldi. Shu vaqt Shavkat Miromonovich o‘z yordamchilariga menga sovg‘a berishni topshirgan ekan. Ushbu yangilikdan hayajonga tushib titrab ketdim” – degan baxshi o‘zining Feysbukdagi sahifasida.
Idris Aytbayev o‘zbek va qirg‘iz tillarida kuylaydi. Internetda tarqalgan videolavhalaran birida u chet eldan kelgan mehmonlar oldida qirg‘iz, o‘zbek, rus, ingliz va turk tillarida qo‘shiq aytgani ham ma’lum.