Norboyeva siyosat va ayollar, zo‘ravonlikka qarshi qonun hamda o‘zgarayotgan nikoh yoshi haqida

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaTanzila Narbayeva
Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston ayollari yetakchisi Tanzila Norboyeva so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda o‘zbek ayollari orasida faollashuv kuzatilmoqda. Kechagi "jur’atsizlik" ularni sekin bo‘lsa-da, tark etmoqda. Buning boisi esa yangi rahbar boshchiligida ulkan islohotlar maydoniga aylangan O‘zbekistonda ayolga bo‘lgan e’tibor va munosabatning tubdan qayta ko‘rib chiqilishida

- Tanzila Kamalovna, avvalambor, intervyuga rozilik berganingiz uchun tashakkur.

- Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatiga, ayniqsa, ayollar huquqini ta’minlash masalalariga bildirayotgan qiziqishingiz uchun sizga tashakkur.

- Sizning rahbarligingizda Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi zo‘ravonlikka qarshi kurashga qaratilgan keng ko‘lamli loyihani yo‘lga qo‘ydi. Bugungi kunda poytaxtda zo‘ravonlik qurboniga aylangan o‘zbek ayollari uchun boshpanalar - krizis markazlar ishga tushganidan xabardormiz. Aytingchi, ushbu loyiha to‘satdan hayotga tatbiq etildimi yoki ma’lum ishlar amalga oshirilgandimi?...

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev: Ayollarimizning baxti xalqimiz, jamiyatimiz baxtidir

- Bilasizmi, bu uzoq yillar davomida ayollar muammosida to‘planib qolgan eng katta “dard”lardan biri. Albatta, Mustaqillik yillarida xotin-qizlar qo‘mitasi ayollar huquqini ta’minlash, teng imkoniyatlar yaratib berish, shuningdek, bandlik va sog‘lomlashtirish masalalari, jamiyat tayanchi - oilani mustahkamlash singari muhim jabhalarda faoliyat olib borishdi. Lekin respublika bo‘yicha xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini jiddiy tahlil qiladigan bo‘lsangiz, "zo‘ravonlik" yoki "ayol huquqining poymol etilishi" kabi so‘zlarni uchratmas edingiz... 2017-yil muhtaram prezidentimiz Shavkat Miromonovich tomonidan "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilingach, ya’ni biz aholi bilan, ayniqsa, joylarda ayollar bilan muloqot qila boshlagach, uzoq yillar davomida gapirilmay kelgan, ommaga olib chiqilmagan muammolarni aniqlay boshladik.

Bu yerda qaysidir tuzilmalarni, deylik, huquqni muhofaza qilish organlari, xotin-qizlar qo‘mitalari yoxud shu masalalar bilan shug‘ullanadigan boshqa muassasalarni ayblash ham nojoiz. Bu muammolar tub negizi insonlar dunyoqarashiga borib taqaladi, deb bilaman. 

Zo‘ravonlik nima o‘zi? Bu haqda hech kim bizga gapirmagan.

Ayolga nisbatan uning turmush o‘rtog‘i yoki ish joyida rahbar tomonidan, shuningdek boshqa joylarda amalga oshiriladigan harakatlar, shunchaki “tabiiy holat”dek qabul qilinib kelgan. Bu narsaga hech kim zo‘ravonlik sifatida qaramagan. Qolaversa, ayollarning o‘zlari ham ushbu holatlarga ko‘nikkan edilar.

Sanatoriy Umid Gulshani - Sputnik O‘zbekiston
Kasaba uyushmalari xotin-qizlarga sanatoriyga bepul yo‘llanmalar berdi

Deylik, turmush o‘rtog‘i unga qo‘l ko‘tardimi, demak, bu shunday bo‘lishi kerak. Axir u oila boshlig‘i, u bunday qilishga haqli. Ya’ni ayol itoatkor mavjudot sifatida bu narsalarning barchasini hazm qilavergan.

- Ya’ni, sizningcha, bu yerda mentalitet katta rol o‘ynagan?

- Mentalitet, an’analar va shu vaqtgacha yillar davomida shakllanib kelgan stereotiplar rol o‘ynagan, albatta. Hech kim ayol oilada xuddi erkak singari haq-huquqlarga ega degan gapni aytmagan. Albatta, o‘zbekona milliy urf-odatlarimizda turmush o‘rtoqga bo‘lgan hurmat nazarda tutiladi. Muqaddas Qur’oni Karimda ham ota-onaga, aka-ukaga, qolaversa, ayolga bo‘lgan hurmat borasida yozilgan. Lekin yillar davomida bu an’analar buzib kelingan. Bu esa oqibatda oilalarda ajrimlar, su’iqasdlar soni ko‘payishiga olib kelgan. Aynan o‘zbekona urf-odatlarimiz, mentalitetimiz tufayli ayollarimiz bu haqda kimgadir "yorila" olmagan.

- Maishiy zo‘ravonlik bo‘yicha rasmiy statistika mavjudmi?

- Yo‘q, umuman mavjud emas. O‘zbek ayollari bu singari holatlarni "odatiydek" qabul qilishgani uchun hech kim bu holatlarni sanashni hatto xayoliga keltirmagan. Albatta, zo‘ravonlik, qotillik va mudhish jinoyatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan bo‘lsa.

Tahqirlangan ayol: San’at Umarovga hech qanday da’vom yo‘q

Qolgan holatlarda, deylik, erning xotinni do‘pposlashi, ayolning sababsiz ishdan haydalishi, ayol  sha’nining yerga urilishi – bularni hech kim sanamagan. Va bu borada hech qanday statistika yo‘q. Ayollar bilan ochiq muloqotni boshlagach, ushbu masala mamlakatimizda qanchalik chuqur ildiz otganini tushundik.

- Loyiha ishga tushdi. Bugun respublika bo‘ylab zo‘ravonlik qurbonlari uchun shelterlar, ya’ni boshpanalar tashkil qilinmoqda. Bu ish ayollar huquqini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekistonda ilk marotaba yirik ko‘lamda amalga oshirilayotgan inqilobiy loyiha, deb hisoblash mumkin. Lekin savol tug‘iladi. Loyihani boshlab, deylik, ichki ishlar organlariga ish orttirib, keyinchalik mablag‘ yetishmasligi tufayli yarim yo‘lda to‘xtab qolishlar bo‘lmaydimi?

- Ushbu loyiha budjeti aniq belgilab berilgan. Xotin-qizlar qo‘mitalari qoshida ayollarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil qilingan. Mablag‘larning bir qismi mana shu jamg‘arma hisobidan qoplanadi. Qolaversa, quyi palata qoshida tashkil qilingan ijtimioy grantlar ajratish jamg‘armasi ham bu loyihaga ko‘mak beradi.

Pri regionalnix Komitetax jenshin sozdayutsya Sentri reabilitatsii jenshin, postradavshix ot nasiliya - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda zo‘rlik ishlatishdan jabrlangan ayollar uchun maxsus shelterlar ishga tushdi

Mustaqillik yillarining boshida viloyatlarimizda hozirgi kabi shelterlar tashkil qilingan. Xabaringiz bo‘lsa, Samarqand va Buxoroda bittadan saqlanib qolgan. Lekin bugungi kunda ular achinarli holatda. Chunki moliyalash manbalari mavjud emas.

Qo‘mita tomonidan tashkil etilayotgan shelterlar esa – stabil markazlar bo‘ladi. Ularning material-texnik bazasi to‘laligicha mahalliy hokimliklar zimmasiga yuklatilgan. Hozirda hududlarimizda jami 130 ta markaz tashkil qilganmiz, ishlarni to‘liq 2019-yilning birinchi kvartalida yakunlaymiz.

Hozircha muammo kadrlarni tayyorlash masalasiga borib taqalmoqda. Davlatimiz rahbari jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan videoselektor yig‘ilishlarining birida psixologlar faoliyati mutlaqo talabga javob bermasligini aytgan edi. Ya’ni biz yillar davomida bu yo‘nalishda ishlamaganmiz. Bugungi kunda shelterlarni ishga tushirib, biz ham kadrlar tanqisligi muammosini juda qattiq his qilmoqdamiz.

Lekin vaziyat o‘zgarishidan umidvormiz. Joriy yilda xalq ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli oliy ta’lim dargohlarida psixologiya yo‘nalishida kvotalar soni ko‘paytirilgan.

- Mana zo‘ravonlik qurbonlari bo‘lgan ayollar uchun 1146 raqamli ishonch telefoni ishga tushirilgach, shu vaqtgacha nechta murojaat qabul qilindi?

- Avvalambor, shuni aytishim kerak-ki, bizning ayollar, o‘zbek ayollari - uydan tashqariga gap olib chiqishni xohlamaydi. Chunki shunday bo‘lgan taqdirda, deylik, qaynona kelinni umuman qabul qilmasligi mumkin. Qo‘shnilar muhokama qilishi mumkin. Agar oilada sovuq munosabat bo‘lgan bo‘lsa, ayolni haydashlari, undan voz kechishlari ham ehtimoldan xoli emas.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevdan bo‘lajak qaynonalarga maslahat

Shu bois, o‘z muammolari haqida baralla aytadigan bo‘lsa, ayolga oson bo‘lmaydi.

Ishonch telefonini ham aynan shu maqsadda kiritdik. U to‘liq maxfiy tarzda ishlaydi. Ayol kelib maslahat olishi yoki kimning yordamiga muhtojligini aytishi mumkin. Biz avvalo zo‘ravonlikka uchragan ayolning holatiga qaraymiz. Lekin afsuski, ayollarning aksariyati hali bu yangilikka tayyor emasligi ma’lum bo‘ldi.

Zo‘ravonlik qurbonlari uchun tashkil qilingan bu qisqa raqamlarga ayollarimiz turfa masalalarda qo‘ng‘iroq qilishmoqda. Bir yarim oy ichida 700 tadan ziyod qo‘ng‘iroqlarni qabul qilgan bo‘lsak, shulardan 40 dan sal ziyodi zo‘ravonlik bo‘yicha ekani aniqlandi.

Ayollar aksariyat hollarda kvartira olish, ish topish, kredit rasmiylashtirish masalalari bo‘yicha murojaat qilishgan. Hatto yarim kechasi soat uchda uyiga muzlatkich so‘rab qo‘ng‘iroq qilganlar ham bo‘ldi...

Shu bois, biz bugun gudoklar o‘rniga operator ovozini kiritdik. Endilikda qo‘ng‘iroq qilganlarga bu raqam zo‘ravonlik qurboniga aylangan ayollar uchun tashkil etilgani va ular boshqa masalalar bo‘yicha xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga murojaat qilishlari mumkinligi haqida axborot beriladi.

O‘ylaymanki, holat tez orada tartibga solinadi, ayollarimiz ko‘nikadi. Bu bizning kamchiligimiz bo‘lsa kerak, qisqa raqamlar maqsadi haqida kengroq tashviqot ishlarini olib borish kerakdir balki.

- Tanzila Kamalovna, mana 40 dan sal ziyod bo‘lsa ham zo‘ravonlik qurbonlari aniqlangani haqida aytdingiz. Jabrlanuvchilar emas, zo‘ravonlar haqida ham to‘xtalsak. Ularni qay tarzda jazolash ko‘zda tutilmoqda? Yoki hammasi suhbatlar, tushuntirishlar bilan yakun topadimi?

- To‘g‘ri, bu yangi tizim. Lekin shuni aytishim mumkin-ki, hozirda qonun ishlab chiqilgan oiladagi janjal profilaktikasi to‘g‘risida. Hujjat nomi belgilangani yo‘q. Qonunda zo‘ravonlik tushunchasiga aniqlik kiritiladi, qolaversa qaysi muassasa nima uchun javobgarligi aniqlashtiriladi.

Ushbu qonun qabul qilinishi bilan biz ham qandaydir choralar ko‘rishga tayyor bo‘lamiz. Agar zo‘ravonlik faktlari o‘z tasdig‘ini topsa, ya’ni ayolni kaltaklashsa va u eri ustidan ariza yozishga tayyor bo‘lsa, u holda erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining ma’lum moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atiladi.

Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston
Tanzila Norboyeva: O‘zbekistonda qiyin ahvolga tushib qolgan har bir ayolga yordam beriladi

Qonunlarimizda zo‘ravonlikka nisbatan jazo belgilangan, ammo bu so‘z tushunchasi mavjud emas. Zo‘ravonlik sodir etganlarga nisbatan jazo jarima bilan cheklanadi, og‘irroq jazo yo‘q. Umid qilamizki, ushbu qonun bu holatlarga ochiqlik kiritadi. Qonun hozirda vazirliklar o‘rtasida muhokama qilinmoqda. Ko‘pchilik ham taklif ham tanqidiy fikrlar bildirmoqda. Ya’ni hujjat katta jamoatchilik ekspertizasidan o‘tmoqda.

Qonun loyihasi rasmiy saytimizda ham e’lon qilingan. Bundan tashqari qo‘mitalarimiz tomonidan keng muhokama qilinmoqda. O‘ylaymanki, bir-ikki oy ichida u qonunchilik palatasiga kiritiladi.

- Endigi savolim birinchi marta turmush o‘rtog‘i qo‘l ko‘targan ayol borasida. U nima qilishi kerak: ketsinmi, yoki qolib gaplashsinmi?...

- Hammasi er-xotinning o‘zaro munosabatlariga bog‘liq, deb o‘ylayman. Bunday holatlarda barchaga tayyor bir xil tavsiya berish mumkin emas.

- Lekin baribir fikringiz qiziq?

- Mening fikrim shunday: hech kim ayol kishiga qo‘l ko‘tarishga haqli emas. U kim bo‘lishidan va nima qilganidan qat’i nazar. Bu gap erkaklarga ham tegishli. Hech kim inson sha’nini yerga urishga haqli emas. Biz bunday munosabatlarga mutlaqo qarshimiz. Agar shunday holat ro‘y bergan bo‘lsa, janjal kattalashmasligi va u salbiy oqibatlarga olib kelmasligi uchun ikkala tomon ham ma’lum muddatga bir-biridan uzoqlashgani ma’qul. Bunda ular o‘z his-tuyg‘ularini sinaydilar va o‘zlariga kelib oladilar. Balki erkak bu ishni jahl ustida qilgandir va ayol uni kechirar... Buni faqat ikkisi hal etadi.

Nasilie - Sputnik O‘zbekiston
U 11 yashar qizimni zo‘rlamoqchi edi - qirg‘izistonlik ayollar hayotidan reportaj

Ayol erni kechiradigan taqdirda yoki aksincha, yo‘q, u jazolanishi kerak, degan to‘xtamga keladigan bo‘lsa ham biz unga yordam berishga tayyormiz. O‘sha ayol va uning eri uchun ruhshunos yordamini tashkillashtiramiz. Psixolog ular bilan individual ishlab, bunday harakatlar oilaviy munosabatlarda kelajakda bo‘lmasligi kerakligiga ishontirish borasida ish olib boradi.

- Zo‘ravonlik qurbonlari qaysi ijtimoiy guruhlarda ko‘proq?

- Bilasizmi, uzoq yillar davomida ijtimoiy sohada faoliyat yuritib kelaman. Ayollar bilan bog‘liq muammolar nafaqat zo‘ravonlik, balki jinoyatchilik bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Deylik, ayol adashib noto‘g‘ri yo‘lga kirib qolgandir. Bu kabi ayollar birinchi navbatda o‘zini himoya qilishga qodirmas, ularning o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchi sust.

Isroil armiyasining ayol xizmatchisi - Sputnik O‘zbekiston
Qurollangan ayollar: turli mamlakatlarning ayol askarlari

Ya’ni yetarli ta’lim olishmaganidan va kasb-hunarga ega emasligidan ular hayotdagi qiyinchiliklarni yengib o‘tishga tayyor emas. Irodasiz.

Mana shunday ijtimoiy guruhlar o‘rtasida zo‘ravonlik qurbonlari ko‘p.

Xotin-qizlar qo‘mitasidagi faoliyatim davomida shunday qarorga keldim, biz bugun birinchi navbatda qizlarimizning ta’lim olishiga e’tibor qaratishimiz kerak. Biz, o‘zbeklarda "Qiz bola birovning xasmi" degan gap bor. Biz qiz bolani birovning boyligi deb bilamiz. E’tiborni ko‘proq o‘g‘il bolalarga qaratishga intilamiz. O‘g‘limizni o‘qitamiz, kasb-hunarli qilamiz. Mard va vatanparvar bo‘lsin deb armiyaga kuzatamiz. O‘g‘il bolaning hayotga tayyorgarligiga jiddiy e’tibor qaratamiz.

Qiz bolaga esa... e’tiborlimasmiz. Uni faqat ovqat pishirish, tikish-bichish va mehmon kutishga o‘rgatamiz.

- Xizmatkor demoqchisiz ya’ni?

- Ha, xizmat qilishga. Qiz bola birinchi kundanoq mana shu narsalarga o‘rgatiladi. Shu bois, hozirda qizlar tarbiyasi, ularni hayotga tayyorlash bo‘yicha juda katta kampaniyani boshlab yuborganmiz. Bu ish barcha viloyatlarda amalga oshirilmoqda.

Qizlarimiz kelajakda his-tuyg‘ularini boshqara oladigan, o‘ziga ishonadigan va mustahkam oyoqda turadigan bo‘lmog‘i lozim. Qo‘lida hunari bor ayol erta hayotida biror noxushlik ro‘y berganida ham o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydi. Hatto 2-3 nafar farzandi bo‘lsa ham, o‘z yo‘lini topa oladi.

O‘zbekiston bolalari - Sputnik O‘zbekiston
Yoshlar va jinoyatchilik: Prezident ko‘targan muammoga yechim qidirib...

Buning uchun birinchi navbatda ota-onalar bilan ishlashimiz kerak. Mana, hayotga tayyor bo‘lmagan bir avlod yoshlarni oldik. Oqibatlarni ham ko‘rib turibmiz. Yoshlar o‘rtasida ajrimlar, jinoyatlar soni ortib ketdi. 

Davlat rahbarimiz aynan shu holatga qattiq e’tibor qaratganlaridan judayam mamnunmiz. U kishi muammoni tub ildizini ko‘ra bildi. Va bugungi kunda tarbiyaga katta e’tibor qaratmoqdalar.

Chunki yomonlik ildizi – oiladagi tarbiyada bo‘ladi. Men shunday fikrdaman.

- Muntazam ravishda maishiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lib kelayotgan ayollarga qanday yordam berasizlar? Bular nima qilishi kerak?

- Ayolning muntazam zo‘ravonlikka duchor bo‘lishi, uning hayotini xavf ostida qoldirishi mumkin. Bu ruhiyat buzilishi, asabiylik va buning oqibatida organizmning butkul buzilishi demak. Qolaversa, bu holat farzandlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shu bois, bu singari zo‘ravonlikni har qanaqasiga to‘xtatishimiz kerak. Agar o‘sha bosqichda masalani hal etish imkoni yo‘q ekan, er-xotinni ajratish kerak.

Bilasizmi, biz bunday oilalarni yarashtirish tarafdori emasmiz. Ba’zilar, mana mahallalarda yarashtiruv komissiyalaringiz bor, ular, albatta yarashtirishi kerak, sizlar esa bunday qilmaysizlar, deya bizni tanqid qilishadi. Bu noto‘g‘ri. Ajrashuv arzimas masala tufayli bo‘lsa, yarashtirish mumkin. Masalan, sarpodagi kamchiliklar yoki arzimas mojaro. Ammo siz aytgandek, muntazam ravishda zo‘ravonlik bo‘ladigan taqdirda, juftlik ajrashishi kerak.

Menga bu masalada ko‘plab ayollar murojaat qiladi. Biz shunday vaqtlarda bu ayol eridan ketishi kerak, degan qarorga kelamiz. Shu bilan birga ayol endi qayerga borishi haqida ham o‘ylaymiz. Ya’ni eri bu ayol uchun nima qilib bera oladi? Aliment, boshpana bilan ta’minlash masalalari, bolalarni bog‘chaga joylash, ya’ni o‘sha ayolning normal hayot kechirishi uchun lozim bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratish masalasida ish olib boramiz.

Uzbekistansi vo vremya prazdnika - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekiston 2035": aholi turmush darajasini oshirishda nimalarga e’tibor qaratiladi

Ayol zo‘ravonlikni unutishi va hech qachon bunga dosh bermasligi lozim.

- Aytingchi, qizlar o‘rtasida turmushga chiqish tendensiyalari hozir qanday? Ular hayotlaridagi bu muhim qarorni qabul qilish oldidan balki ko‘proq mulohaza qila boshlagandir?..

- Birinchi galda aytish lozimki, bizda qizlar uchun oila qurish yoshi 17 yosh, yigitlar uchun 18 yosh etib belgilangan. Ishga layoqatlilik Fuqarolik kodeksi bo‘yicha 18 yoshdan boshlanadi. Oila kodeksiga ikkala jins uchun ham oila qurish yoshini 18 yosh etib belgilash bo‘yicha taklif kiritdik.

...Bilasizmi, tahlillar davomida bizga shu narsa ayon bo‘lmoqda-ki, qizlar hozir o‘rtacha 21-23 yoshda, yigitlarimiz 24-25 yoshda oila qurishmoqda. Erta turmushga chiqish holatlari juda kam, deyarli yo‘q. Bu kechagi yoshlar emas. Ular shoshilishmayapti.

- Bugungi kunda o‘zbek ayolining jamiyatdagi mavqeyi o‘zgarayaptimi?

- Tubdan o‘zgarmoqda. Faoliyatim tufayli oldingi davrlarda xotin-qizlar qo‘mitalari qanday ishlashganini ko‘rganman. O‘sha vaqtda ayolning jamiyatdagi o‘rni qanday bo‘lganini bilaman. 

Jenshina tkot kover - Sputnik O‘zbekiston
Ayollar bilan bog‘liq mavjud barcha muammolarni hal qilsa bo‘ladi - Sayyora Xodjayeva

O‘zbekistondagi mehnat resurslarining 46%ini ayollar tashkil etadi. Ya’ni ayollarimiz iqtisodiyotimiz rivojiga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Ular barcha jabhalarda faoliyat yuritishadi.

Xalqaro tashkilotlar bizni ko‘pincha qaror qabul qilishda ayollar kamchilikni tashkil etayotgani uchun tanqid qiladi, ya’ni rahbarlik lavozimlarida ayollar kamligi uchun.

- Siyosatda, deylik...

- Ha, siyosatda. Lekin bu holat bugun o‘zgarmoqda. Agar besh yil oldinni olib qaraydigan bo‘lsak, birorta ham vazir ayol bo‘lmagan. Saidova Galina Karimovnadan boshqa. Hatto vazir o‘rinbosalari ham bo‘lmagan. Endi olib qaraydigan bo‘lsak, Senat raisi o‘rinbosari, mehnat masalalari bo‘yicha Senat qo‘mitasi raisi - ayol. Maktabgacha ta’lim vazirligiga Agrippina Shin rahbar etib tayinlandi. Madaniyat vaziri o‘rinbosarlari, sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosarlari, bundan tashqari yirik jamoat tashkilotlari rahbarlari orasida ham ayollarimiz bor.

Parlamentda 15%, senatda 17% ayollar bo‘lgani bilan, quyida, xalq deputatlari tuman kengashlarida ular 50%ni tashkil etadi.

Ayollarning siyosiy jabhada soni kamligi sababini - ularni ushbu jarayonlarga tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning kamchiligida, deb bilaman.

Plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Xodjayeva: davlat boshqaruv organlarida ayollar atigi 17 %ni tashkil qiladi

Shuni ta’kidlamoqchimanki, ayol rahbar bo‘lgan joylarda jinoyatchilik foizi past, ayniqsa, o‘z-o‘zini boshqarish organlarida. U yerda tartib bor, ajrimlar kam.

Bilasizmi, O‘zbekistondagi ayollar juda iste’dodli. Ilm-fan taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan olima ayollarimiz soni juda ko‘p.

2017 yilda innovatsiyalar bo‘yicha bir loyihani boshlagan edik. O‘zbekiston ayollarining eng yaxshi 100 ta innovatsion g‘oyalari bo‘yicha.

Menda avvalida ikkilanish bo‘lgan bo‘lsa, hatto chekka viloyatlardan ushbu loyihada ishtirok etish istagini bildirgan ayollarimiz borligini ko‘rib, hayratim yanada oshgan. O‘zbekiston ayollari robototexnika yaratish sohasidan tortib, fermerlikkacha bo‘lgan sohalarda o‘zining innovatsion g‘oyalarini taqdim etishdi, ishonasizmi?!

Biz 4000 ishtirokchidan 100 nafarini ajratib oldik va ularni diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirladik. Ammo gap sovg‘ada emas, muhimi, biz ayollarimizga ular qilgan kashfiyotlarni xalq xo‘jaligida joriy etishda ko‘maklasha boshladik.

Masalan, patent olishda ko‘maklashdik. Va bu ayollarga ular ma’lum bir vazirlik bilan hamkorlik qilishlari uchun sharoit yaratdik.

Yuz nafar ayollar orasidan eng iqtidorlilarini saralab olib, joriy yil Janubiy Koreya hamda Xitoy davlatlarida o‘tkazilgan xalqaro tanlovlarga yubordik. Xitoyda bizning o‘zbek ayollarimiz Gran-pri olishga muvaffaq bo‘lishdi.

(davomi bor)

Yangiliklar lentasi
0