Tanzila Norboyeva: O‘zbekistonda qiyin ahvolga tushib qolgan har bir ayolga yordam beriladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaTanzila Narbayeva
Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Xotin-qizlar raisi Tanzila Norboyeva mamlakatda qiyin hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan ayollarga qay tariqa yordam ko‘rsatilishi haqida gapirdi.

TOShKENT, 11 sen - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘zbekistondagi ayollar muammolari, davlat tomonidan ko‘rilayotgan yordam choralari hamda mushkul ayollar uchun vujudga keltirilayotgan boshpanalar xususida Sputnik O‘zbekiston xalqaro axborot agentligiga O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva so‘zladi.

Xokimiyat Samarkandskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Norboyevadan keyin Samarqand viloyati xotin-qizlar raisi ham "oper voqeasi"ni qoraladi

"Bu haqda O‘zbekistonda juda kam gapiriladi, qolaversa mamlakatda ayollar huquqlari poymol etilishi statistikasi ham yo‘q. Garchi qonun darajasida jinslar tengligi masalasi tartibga solingan va mamlakatdagi umumiy vaziyat barqaror bo‘lsa-da. Bilasizmi, o‘zbek ayollari qaysidir organlarga murojaat qilishga iymanishadi, yaqinlari tomonidan bo‘ladigan tahdilardan qo‘rqishadi. Ular hamma dardini ichiga yutadilar va ayrim holatlarda bu juda yomon - o‘z joniga qasd qilish bilan yakunlanadi", - dedi Norboyeva.

Shu bilan birga O‘zbekistonda o‘z joniga qasd qilish holatlari darajasi eng past - yuz ming aholi soniga sakkizta holat.

O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayollarga yordam berish uchun bir nechta choralar ko‘rilishi lozimligini qayd etdi.

Ilk qadam - mas’ul mutaxassislarga murojaat bo‘lishi mumkin. Ayollar huquqlari himoyachisining so‘zlariga ko‘ra, har bir mahallada ayollar va oilalar masalasida mutaxassislar mavjud. Aynan shu xodimlar tomonidan qaltis holatlar va ayollar huquqlari buzilganligi holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qo‘mitagacha yetib keladi.

Zo‘ravonlik muammosini oldini olish: ayollar uchun “ishonch telefoni” ishga tushirildi

Ayni vaqtda esa respublika darajasida reabilitatsiya markazi tashkil qilinmoqda. U Toshkent shahrida joylashgan va hozirda binoda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

"Respublika markazi statistika olib borish, quyidagi markazlarning barchasida ish mexanizmini ishlab chiqish ustida ish olib boradi. Mamlakatimizning 14 regionida reabilitatsiya markazlari shu yildayoq tashkil etiladi. Qolgan 200ta tumanlarda bosqichma-bosqich yaratiladi, lekin 2019-yilning birinchi kvartaliga qadar ular barcha hududlarda ishga tushiriladi", - deya istiqboldagi rejalar bilan bo‘lishdi Norboyeva.

Huquq-himoyachisining so‘zlariga ko‘ra, ushbu reabilitatsiya markazlari prezident farmoni doirasida, biroq hokimiyatlar ko‘magida tashkil qilinmoqda: hokimliklar binolarni ajratish, jihozlar bilan ta’minlash, material-texnik bazasini mustahkamlash bilan shug‘ullanmoqda.

Markaz mutaxassislariga hozirdanoq, 1146 qisqa telefon raqami orqali murojaat qilishni boshlash mumkin. 

Xodjayeva: qishloq ayollariga oson emas, lekin hayot ularni tadbirkor bo‘lishga majbur qiladi

"Qo‘ng‘iroq qilgan har qanday ayolga yuqori malakali huquqiy, ruhiy va tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Qiyin vaziyatga tushib qolgan ayol bizning tashkilotlar tomonidan himoya qilinadi", - deydi Norboyeva.

Ushbu markazlarda malakali mutaxassislar: yuristlar, ruhshunoslar va shifokorlar faoliyat ko‘rsatishadi.

"Biz oilalarda psixologik muhitni tartibga solish ustida ish olib boramiz. Ayollarni himoya qilib, uning haq-huquqlarini muhofaza qilamiz", - deb ta’kidladi Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi.

Chunonchi, qo‘mita faqatgina inqirozli vaziyatlarda yordam ko‘rsatish bilan chegaralanmaydi, ayollarni kasb-hunarga tayyorlash va adaptatsiya markazlarini ham ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

Jenshina tkot kover - Sputnik O‘zbekiston
Ayollar bilan bog‘liq mavjud barcha muammolarni hal qilsa bo‘ladi - Sayyora Xodjayeva

Norboyeva, misol tariqasida yoshlar tashkilotlari qoshida tashkil etilayotgan kovorking-markazlarni keltirib o‘tdi.

"Biz xuddi shunday markazlarni yaratmoqchimiz, toki qiyin vaziyatga tushgan va buyog‘iga nima qilishni, qanday yo‘l tutishni bilmay qolgan ayollar bu yerda kasb-hunar o‘rganib, tadbirkorlik sirlarini o‘rgansin... Bunday kovorking markazlarini har bir ayol kelajakdagi hayotiga va o‘ziga bo‘lgan ishonch bilan tark etadi", - deydi Norboyeva.

Bu singari markazlar jinoyatlar profilaktikasida ham yordam beradi - amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, deb ta’kidlaydi Norboyeva, ayollar ko‘pincha oddiy qonunlarni bilmasliklari tufayli huquqbuzarliklarni sodir etadilar.

"Bizning markazlarimizga qo‘ng‘iroqlar anonim tarzda amalga oshiriladi. Qo‘ng‘iroq qiluvchilarning ismlarini va ularning yashash manzillarini sir saqlagan holda ularga yordam beramiz", - deb ta’kidladi xotin-qizlar raisi.

Darvoqe, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi xalqaro aloqalarni ham rivojlantirmoqda. Kuni kecha qo‘mita Shanxay Ayollar federatsiyasi bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi. Norboyevaning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hujjat Xitoy bilan ayollar huquqlari muhofazasi masalasida hamkorlikni kengaytirishga imkon yaratadi.

Yangiliklar lentasi
0