Kasaba uyushmalari xotin-qizlarga sanatoriyga bepul yo‘llanmalar berdi

© Ofitsialniy saytSanatoriy "Umid Gulshani"
Sanatoriy Umid Gulshani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kasaba uyushmalari tomonidan 6 ming nafardan ortiq xotin-qizlarning konsert va teatrlarga tashrifi, respublikamizning tarixiy shaharlariga sayohatlari tashkil etildi

TOShKENT, 9 mar — Sputnik. 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan "Kasaba uyushmalari — xotin-qizlarga" aksiyasi o‘tkazildi. Aksiya doirasida O‘zbekistonning turli hududlaridagi korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan 50 nafar xotin-qiz "Umid Gulshani" sanatoriysiga bepul yo‘llanma bilan ta’minlandi. Bu haqda Federatsiya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, barcha korxona, tashkilot va muassasalarda "Ayollari qadr topgan yurt", "Sog‘lom ona — millat tayanchi", "Ayol borki olam munavvar", "Ayol oila qo‘rg‘oni va charog‘boni" kabi mavzularda madaniy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar o‘tkazildi.

O‘zbekistonda bolali ayollarga moddiy yordam ko‘rsatiladi va ularning ish vaqti qisqartiriladi

Xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarida sportning voleybol, shaxmat, shashka, darts, stol tennisi turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi va g‘oliblar taqdirlandi.

Ishlab chiqarishda, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimida samarali faoliyat yuritayotgan, fermerlik va tadbirkorlik, kasanachilik va uy mehnatida band bo‘lgan hamda yurt ravnaqiga hissa qo‘shayotgan ilg‘or va faol xotin-qizlar, faxriy ayollar kasaba uyushmalari tomonidan rag‘batlantirildi.

Bundan tashqari, ijtimoiy himoyatalab, boquvchisini yo‘qotgan, jismoniy imkoniyati cheklangan ayollar, mehnat faxriylari holidan xabar olinib, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlandi.

Kasaba uyushmalari tomonidan shuningdek, 6 ming nafardan ortiq xotin-qizlarning konsert va teatrlarga tashrifi, respublikamizning tarixiy shaharlariga sayohatlari tashkil etildi.

Yangiliklar lentasi
0