Ayollar bilan bog‘liq mavjud barcha muammolarni hal qilsa bo‘ladi - Sayyora Xodjayeva

Obuna bo‘lish
Demokratiya va inson huquqlari instituti rahbari Sayyora Xodjayeva xotin-qizlarni va oilani, nogironligi bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining tashkil etilishi ayni muddao bo‘lganini ta’kidladi

TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Demokratiya va inson huquqlari instituti rahbari Sayyora Xodjayeva Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda O‘zbekiston prezidentining "Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni ahamiyati haqida gapirib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev na rasshirennom zasedanii Soveta bezopasnosti pri Prezidente Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda xotin-qizlar qo‘mitalari faoliyati qoniqarsiz ekani ta’kidlandi

"Uzoq yillardan buyon mamlakat ayollar harakatida ishtirok etayotgan shaxs sifatida aytishim mumkinki, O‘zbekiston prezidentining ushbu farmoni shubhasiz, nafaqat xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatidagi kamchiliklarni ko‘rsatib bergan, balki xotin-qizlar qo‘mitalarining keng ko‘lamli vazifalari zarur vakolatlarning yo‘qligi va tashkiliy-shtat birliklarining yetishmasligi sharoitida xotin-qizlarning eng muhim muammolarini hal etish borasida ularning kuch va imkoniyatlarini to‘liq safarbar etish imkonini bermayotganligi bois o‘z vaqtida qabul qilingan va ular oldiga yangi, aniq vazifalar qo‘ygan dolzarb hujjat hisoblanadi", dedi u.

Xodjayeva farmonda belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar va vazifalarni amaliyotda tatbiq etishni ta’minlashga qaratilgan "Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi" tasdiqlangani, jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishi va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan xotin-qizlarga beriladigan "Mo‘’tabar ayol" ko‘krak nishoni ta’sis etilishi ayollarning yanada faol va tashabbuskor bo‘lishlarida muhim omillardan bo‘lishini ta’kidladi.

Xotin-qizlar qo‘mitasi vakillarini "begona" tadbirlarga jalb qilish taqiqlandi

Uning e’tirof etishicha, mazkur farmon xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqib, ularning oila va jamiyatdagi o‘rni va mavqeyini mustahkamlashga, salohiyatini to‘la namoyon etishiga, oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi.

Xotin-qizlarni va oilani, nogironligi bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining tashkil etilishi ham ayni muddao bo‘ldi.

"Shu bilan birga, farmon matnida asosiy vazifalardan biri "xotin-qizlarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish" deb belgilangan bo‘lsada, unda buni qay tarzda amalga oshirish yo‘llari ko‘rsatilmagan.

2017 yil yanvarida bizning "Demokratiya va inson huquqlari" instituti "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi"ni ishlab chiqishda hayotning turli sohalari, jumladan, ayollar ahvolini yaxshilash, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish bo‘yicha ko‘plab takliflarini bergandi. Ammo bizning ayollar muammolari borasidagi takliflarimiz e’tibordan chetda qoldirildi, ular Strategiyani qabul qilish asnosida inobatga olinmadi. Shubhasiz, bundan o‘n yil ilgari ishlab chiqilgan va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga berilgan "Teng huquqlar va teng imkoniyatlar haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni" loyihasi yoki vaqtinchalik maxsus choralarning qabul qilinishi ayollar bilan bog‘liq mavjud barcha muammolarni hal qilgan bo‘lardi", dedi Xodjayeva.

Tanzila Narbayeva – zamestitel premyer-ministra Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Norboyevani qattiq tanqid qildi

Xodjayevaning so‘zlariga ko‘ra, vaqtinchalik maxsus choralarning ishlab chiqilishi va qabul qilinishi samaradorligini ta’minlash uchun davlat hokimiyati organlari tizimida bu choralarni ishlab chiqish, amalga oshirish, nazorat qilish, baholash va bajarilishini ta’minlashga mas’ul muassasa tashkil etish lozim bo‘ladi.

Qonunchilik, ijro, ma’muriy va boshqa yo‘riqnoma hujjatlar, strategiya va amaliy choralardan "vaqtinchalik maxsus choralar" sifatida foydalanish imkoniyatini mustahkamlash joiz.

"Bugungi kunda bizni quyidagi yo‘nalishlar tashvishlantiradi: "ayollarning o‘rni" haqida eskirgan stereotiplarning mustahkamligi, jamoat tasavvurida "ayollar muammolari" hal etilganligi haqidagi tushunchaning mavjudligi va jamiyatdagi gender tengligi masalalarida kam ma’lumotga ega bo‘lish;

ayollarning hokimiyat va boshqaruv sohalarida cheklangan miqdorda ekanligi, siyosatda yetarlicha ishtirok etmasligi;

past nufuzli va kam haq to‘lanadigan kasb va faoliyat turlarida ayollar ishtirokining yuqoriligi;

Plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Xodjayeva: davlat boshqaruv organlarida ayollar atigi 17 %ni tashkil qiladi

ayollarning ro‘zg‘or va jamiyat tomonidan qadrlanmaydigan mashg‘ulotlar bilan bandligi;

mulkka egalikning cheklanganligi va oqibatda erkaklarga nisbatan kam ta’minlanganligi;

parlament a’zolari, huquqni muhofaza qilish, davlat tuzilmalari xodimlari, ijtimoiy xizmatchilar, yoshlar va aholining ayollar huquqlari, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy jamiyat rivojida ayollar va erkaklarning tengligi haqida yetarlicha ma’lumotga ega emasliklari;

ayollar holati va huquqlari sohasida xususan jahon tajribasini o‘rganish asosidagi zamonaviy ilmiy-nazariy va amaliy tadqiqotlarning yetishmasligi;

gender tengligini ilgari surish uchun institutsional chegaralarning zaifligi", deya fikrini yakunladi Sayyora Xodjayeva.

Yangiliklar lentasi
0