O‘zbekiston bir nechta iqtisodiy maydonlarda o‘ynamoqda – ekspert

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFlag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarni diversifikatsiya qilish istagini aniq va ravshan tushunish mumkin.

Toshkent va Xitoy

2017 yil yakuniy holatiga ko‘ra, Xitoyning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalari miqdori 7,6 mlrd dollarni tashkil qildi. Dastlabki ma’lumotga qaraganda, 2018-yilda bu raqamga Janubiy Koreya ham yaqinlashib qoladi.

Vo vremya podpisaniya dokumentov po itogam rossiysko-uzbekistanskix peregovorov  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkorlari Rossiya va Xitoy bo‘ldi

Rasmiy Pekin va Toshkent o‘z munosabatlarini "bulutsiz" deb atamoqda. Muhim detallar: butun dunyoda Xitoy bilan iqtisodiy aloqalar juda kuchli xarakterga ega: Pekin har doim va har yerda ishlab chiqargan mahsulotlari va texnologiyalarini sotgan joyda o‘zing moliyaviy mablag‘larini kiritadi.

Bunday tajriba o‘zbek iqtisodiyotining rivojlanishiga yordam bermaydi. Istiqbolda esa davlatni Xitoyning xom ashyo qo‘shimchasiga aylantirib qo‘yadi. Toshkent ham albatta Xitoyning monopoliyasidan qanday qochish kerakligini o‘ylamoqda.

Toshkent va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi

Tabiiyki, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan munosabatlarga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekistonning yirik iqtisodiy sheriklari qatoriga Rossiya va Qozog‘iston kiradi.  

Toshkentning strategik maqsadi tushunarli – bu Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bozorida o‘zbek mahsulotlarining bojsiz kirishiga erishish.

Vladimir Norov - Sputnik O‘zbekiston
Norov: dunyo hamjamiyati O‘zbekistonni tan olmoqda

Shuni aytib o‘tish joizki, Toshkent yaqin vaqtlargacha qattik proteksionizm pozitsiyasida turgan va barcha choralar bilan o‘zining bozorini uchinchi davlatlar, shu jumladan, MDH davlatlari eksportidan himoya qilib kelgan. Rossiya mahsulotlari ham jiddiy import bojlariga tushgan.

Biroq so‘nggi vaqtlarda, O‘zbekiston qator bojxona cheklovlarini bekor qildi, bu esa, misol uchun, Rossiyadan qishloq xo‘jaligi texnikasi yetkazib berish hajmining sezilarli darajada ko‘payishiga olib keldi. "Rosspesmash" ma’lumotiga ko‘ra, yarim yilda bu ko‘rsatkich 7,6 baravarga ortdi.

Endi O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan erkin savdo zonasini tuzmoqchi. Biroq bu g‘oyaga munosabat noaniq.

Qozog‘iston bunda erkin iqtisodiy zona O‘zbekiston hududidan Xitoy tovarlarini reeksport qilinishi mumkinligidan qo‘rqmoqda.

Flagi stran-uchastnis ShOS - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyo - yangi katta o‘yin uchun maydon sifatida

Bu bo‘yicha Rossiya va Belarusda savollar bor. Bu ularning o‘z avtosanoatini himoya qilish bilan bog‘liq. O‘zbekistonda yig‘ilgan avtomashinalar nafaqat Rossiya Avtovaz mashinalariga balki Belarusda yig‘ilgan  Geely avtomashinalariga ham bevosita raqobat qilishi mumkin.

Shuning uchun yagona erkin iqtisodiy zonani tashkil qilish masalasi hozircha noaniq muddatga  qoldirildi.

Umuman olganda, O‘zbekiston bilan bo‘lgan holat Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan boshqa sobiq sovet davlatlari bilan muammoli aloqalarni tasvirlash uchun juda yaxshi misoldir.

Hozir Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi o‘zining kelgusida kengayishi haqida gap ochmayapti. Biroq bu yil Moldovaga Yevroosiyo Ittifoqi kuzatuvchi-davlati maqomi berildi. Lekin oldindan aytib o‘tish kerakki, bunday maqom  Nizomda nazarda tutilmagan va bu qaror ko‘proq siyosiy xususiyatga ega.

Bunday imkoniyat O‘zbekiston uchun ko‘rib chiqish mumkinmi? Juda qiyin.

Mejdunarodnaya konferensiya Sentralnaya Aziya – glavniy prioritet vneshney politiki Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Sharqshunos: Markaziy Osiyo birligi haqidagi gaplar - afsona

O‘zbekiston iqtisodiyoti Moldovanikidan ancha katta, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi o‘z ichki talablarini amaldagi O‘zbekiston qonunlari bilan uyg‘unlashtirishi ancha qiyin bo‘ladi.  

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi kelishuvlar jarayoniga g‘arq bo‘lib qolishi mumkin.

Toshkent va Afg‘oniston

Biroq O‘zbekiston vaqtni aniq boy bermayapti. Toshkent va Qobul davlatlari o‘rtasida erkin savdo rejimini yaratish, Afg‘oniston investitsiyalarini O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilish va chegaraoldi hamkorligini rivojlantirish  imkoniyatini muhokama qilishmoqda.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Afganistana Muxammad Ashraf Gani.  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi hukumatlararo bitim kuchga kirdi

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yangi iqtisodiy dastur doirasida Toshkent Afg‘onistonga bozor va tranzit hududi sifatiga qaramoqda.  

Bu yerda ikkita muommo bor: Qobulning barcha qarorlari u yoki bu tartibda Vashington bilan kelishiladi, amalda aynan AQSh bu erkin iqtisodiy zona taqdirini hal qiladi. Ikkinchisi: NATO kuchlari davlatni tark etgach, Afg‘onistonning iqtisodiyoti taqdiri qanday kechishi tushunarsiz. Xaos boshlanib, O‘zbekiston investitsiyalari yo‘qolib qolmasmikan?

Toshkent bu xatarlarni yaxshi tushunadigan ko‘rinadi.

Toshkent va Eron

O‘zbekiston va Eron o‘rtasida erkin iqtisodiy zona loyihasi o‘zaro manfaatli bo‘lishi mumkin. Lekin bu tashabbus haqida rasmiy ravishda e’lon qilinmadi.

Prezident Islamskoy Respubliki Iran Xasan Rouxani, foto iz arxiva - Sputnik O‘zbekiston
Eron prezidenti avgust oyida O‘zbekistonga keladi

Bu davlatlar bir-biriga nima bilan qiziq bo‘lishi mumkin?

AQShning yangi sanksiyalariga tushgan Eron uchun Osiyo bozorlariga o‘tish juda muhim. Tehron Markaziy Osiyo bozorlarida bir paytlar ancha barqaror pozitsiyalarga ega bo‘lgan. Biroq oxirgi vaqtlarda sezilarli darajada bo‘shashib qoldi. Bu birinchi navbatda Xitoyning iqtisodiy faoligi bilan bog‘liq.

Toshkent uchun Fors ko‘rfazi bozorlariga chiqish muhim bo‘lgandan keyin, Eron bilan hamkorlik qilmasdan buni amalga oshirish ilojisi yo‘q. O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – O‘man; Xitoy – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron  hamda Afg‘oniston transport yo‘lining rivojlanishida Eron asosiy davlat bo‘lib qolmoqda.

Aleksandr Gusev - Sputnik O‘zbekiston
Gusev: Rossiyasiz Markaziy Osiyoda yadroviy xavfsizlikni ta’minlab bo‘lmaydi

Eron tomoni ilgariroq Xaf – Hirot temir yo‘li qurilishi yakuniga barcha kuchlarni taklif qilganligini alohida urg‘u bergandi. Ushbu temir yo‘l Mozori-Sharif-Hirot liniyasi davomi bo‘lib, narx kamayishi va yetkazib berish muddatlari qisqarishi hisobiga mintaqa davlat o‘rtasida tovar tashish hajmini sezilarli darajada ko‘paytiradi.  

Shuningdek, Toshkent yoqilg‘i-energetika tarmog‘iga Eron investitsiyalarini kutmoqda. Bu Rossiyaning “Lukoyl” korxonasi faoliyatiga raqobat qilishi mumkin.

Har ikkala tomonda o‘zaro qiziqish bor. Biroq bu loyihaga to‘sqinlik qiluvchi obyektiv sabablar ham mavjud.

Birinchida, Eronning o‘zidagi iqtisodiy vaziyat. Tramp ma’muriyatining Eron yadroviy dasturi to‘g‘risidagi olti tomonlama bitimdan chiqishi mamlakatda iqtisodiy inqirozning yangi to‘lqinini keltirib chiqardi – mahalliy valyuta ikki baravarga tushib ketdi. Oziq-ovqat mahsulotlari keskin qimmatlashdi. Bu esa aholining ommaviy  noroziliklariga olib keldi.

Starshiy nauchniy sotrudnik Sentra Blijnego i Srednego Vostoka Instituta vostokovedeniya RAN Irina Fedorova - Sputnik O‘zbekiston
Fedorova Eron nima uchun bu qadar O‘zbekistonga qiziqib qolganini tushuntirdi

Ikkinchidan, O‘zbekiston va Eronda umumiy chegara yo‘q. Aloqalar faqat Afg‘oniston va Turkmaniston orqali bo‘lishi mumkin. Ashxobod bilan Toshkentda esa qator kelishmovchiliklar mavjud.

Xususan, so‘nggi oylarda Toshkent Turkmanistonda o‘zbek jamiyati muammolariga e’tiborni qaratdi. O‘zbekiston televidenie orqali ushbu mamlakatdagi iqtisodiy inqiroz haqida bir nechta reportajlar namoyish qildi. Ashxobod protest keltirdi.  

Biroq eng muhimi, Turkmaniston Eron bilan umumiy chegaraga ega bo‘lgan Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan afzalliklarni yo‘qotishni istamaydi.

Shuning uchun yaqin kelajakda O‘zbekiston va Eron o‘rtasida erkin iqtisodiy zonani yaratish g‘oyasi amalga oshirilishi dargumon.

Biroq aynan shu yerda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan manfaatlar kesishuvini topish mumkin. Ushbu tashkilot erkin iqtisodiy zona tashkil etish bo‘yicha Tehron bilan bir necha marta muzokalar o‘tkazdi. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida O‘zbekistondan farqli ularoq Armaniston orqali umumiy va dengiz bo‘yicha Kaspiy orqali Eron bilan chegaraga ega.

Yangiliklar lentasi
0