Fedorova Eron nima uchun bu qadar O‘zbekistonga qiziqib qolganini tushuntirdi

Starshiy nauchniy sotrudnik Sentra Blijnego i Srednego Vostoka Instituta vostokovedeniya RAN Irina Fedorova
Starshiy nauchniy sotrudnik Sentra Blijnego i Srednego Vostoka Instituta vostokovedeniya RAN Irina Fedorova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tarix fanlari nomzodi, RFA Sharqshunoslik instituti O‘rta Sharq markazi eksperti Irina Fedorova Eron nega O‘zbekistonga qiziqib qolgani va qaysi sohalarda hamkorlik qilishdan manfaatdorligi haqida o‘z fikrini bildirdi

TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Ekspert Irina Fedorova Sputnik O‘zbekiston radiosi efirida Eron O‘zbekistonga nega qiziqib qolganligi haqida gapirib o‘tdi. Ekspertga ko‘ra, agar Eron Yevropa bilan munosabatlarni uzadigan bo‘lsa, O‘zbekiston bilan aloqalar u uchun muhim o‘ringa ko‘tariladi.

Fedorovaning aytishicha, Toshkent Tehron uchun taraqqiy etishning alternativ yo‘nalishi bo‘lib xizmat qiladi.

"Eron hozirda murakkab geosiyosiy vaziyatda qolgan, AQSh bosimi tufayli ko‘plab mamlakatlar u bilan hamkorlikdan voz kechmoqda. Shu ma’noda O‘zbekiston u uchun o‘ziga xos alternativa, yoki Yevropa mamlakatlari bilan mavjud va istalgan vaqtda uzilib qolishi mumkin bo‘lgan aloqalar uchun qo‘shimcha bo‘lib xizmat qiladi", — deya izoh beradi Fedorova.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, Eron yangi texnologiyalardan va yangi ishlab chiqarish turlaridan manfaatdor. Ammo O‘zbekiston hozircha buni bera olmaydi.

Hamkorlikdagi yirik loyihalarning hayotga tatbiq etilishi haqida gapiradigan bo‘lsak, ekspert fikriga ko‘ra, hammasi Toshkent o‘z harakatlarida Vashingtonga qarash-qaramasligiga bog‘liq bo‘ladi.

Ilgariroq O‘zbekiston va Eron yirik ikkiyoqlama loyihalarni hayotga tatbiq etish uchun birgalikda investitsiya qo‘mitasini tashkil etishni rejalashtirayotganligi haqida xabar berilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0