O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi hukumatlararo bitim kuchga kirdi

© Foto: press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Afganistana Muxammad Ashraf Gani.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Afganistana Muxammad Ashraf Gani.  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur bitim 2017-yilning 5-dekabr kuni Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘anining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida imzolangan

TOShKENT, 6 avg - Sputnik. Joriy yil 2-avgust kuni O‘zbekiston Hukumati bilan Afg‘oniston Islom Respublikasi Hukumati o‘rtasida yuklarni tranzit tashish to‘g‘risidagi Bitim kuchga kirdi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Mazkur bitim 2017-yilning 5-dekabr kuni Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘anining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida imzolangan.

Prezident Islamskoy Respubliki Afganistan Ashraf Gani Axmadzay - Sputnik O‘zbekiston
Ashraf G‘ani 400-yildan keyin odamlar o‘zi va Mirziyoyev haqida nimalar deyishini aytdi

Bitim tomonlarning ikki davlat hududi orqali yuklarni tranzit tashishni amalga oshirishdagi rasmiyatchiliklarni qisqartirish va mexanizmlarini belgilash bo‘yicha hamkorligi uchun huquqiy asos yaratadi.

Ushbu hujjat qoidalariga ko‘ra tomonlar bir-birlariga o‘z davlatlari hududlari orqali yuklarni tranzit tashish huquqini taqdim etadilar hamda temir yo‘l orqali tranzit tashishda yuklar hajmining oldindan muvofiqlashtiruvini amalga oshiradilar.

Hujjat yuklarni tashish borasida qulay sharoitlarni yaratishga, O‘zbekistonning tranzit salohiyatini oshirish va ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga yo‘naltirilgan.

Yangiliklar lentasi
0