Vladimir Ardayev, RIA Novosti tahlilchisi
AQShda ellikka yaqin federal partiyalar bo‘lgani bilan, mana bir yarim asrdan ortiq vaqt o‘tibdiki mamlakat siyosatini ikkita yirik — Respublikachilar va Demokratlar partiyasi belgilab keladi. Respublikachilar agressiv qattiqqo‘llik, militarizm va muzokarasizlikni ifodalasalar, demokratlar "yumshoq kuch"ligi va diplomatiyasi bilan ulardan ajralib turadi.
RIA Novosti 20-asrdan boshlab AQShda qaysi prezidentlar davrida ko‘proq urush bo‘lganligini hisoblab chiqdi, va, demokratlarning "tinchlikparvarligi" — tarixiy va siyosiy afsonaligini aniqladi.
Har qanday qurbonlikka tayyor
XX va XXI asrda AQSh bir yuz ellikdan ortiq marotaba jang qilgan. Ko‘plab urushlar aynan Qo‘shma Shtatlar tufayli boshlangan. Bugungi kunda amerikaliklar bir yo‘la yetti mamlakatda jangovar harakatlarni olib borishmoqda — Afg‘onistonda, Iroqda, Suriyada, Yamanda, Somalida, Liviyada va Niger Respublikasida.
Partiyalar tomonidan nazorat qilinadigan OAVlarda va siyosatda respublikachilar — "qirg‘iy"lardir, ya’ni ular kuch harakatlari tarafdori va tashqi tahdidlarga nisbatan o‘zining qat’iy pozitsiyasiga ega. Misol uchun, amerika manfaatlarini himoya qilishda qat’iyatli bo‘lishga mudom chorlab keladigan senator Jon Makkeynni olaylik. Makkeyn oldida AQShning harbiy operatsiyalariga qarshi chiqadigan, barcha mojarolarni diplomatik yo‘l bilan, muzokaralar, "yo‘l xaritalari"ni yaratish orqali va hokazo usullar bilan hal qilish tarafdori bo‘lgan demokratlar — "musicha"ning o‘zginasi.
Ammo bu faqatgina gapda.
"Demokratlar butun dunyoni baxtli qilishni istaydi va buning uchun har qanday qurbonlikka borishga tayyor, respublikachilar esa butun dunyo evaziga AQShni baxtli qilishga intilishadi", — deb tushuntirdi RIA Novostiga IMEMO xalqaro xavfsizlik markazi rahbari Aleksey Arbatov. Shu bilan birga, bu qurbonliklar nafaqat Amerikaniki, balki aksariyat holatlarda "baxt ulashilish"dek "omad kulib boqqan" mamlakatlarnikidir.
Kim ko‘p urushgan?
So‘nggi 118-yilda Qo‘shma Shtatlarda 20ta prezident saylangan — 12 respublikachilar va 8 demokratlar. AQSh tomonidan yuzaga keltirilgan yoki amerika tomon ishtiroki bilan o‘tgan 55 ta urushlar, qurollangan mojarolar va harbiy operatsiyalardan 33 tasi respublikachi-prezidentlar vaqtida boshlangan, 23 tasi demokrat-prezidentlar rahbarligida.
Shu tariqa, bir nafar respublikachi prezidentga — 2,75ta urush, bir nafar demokrat-prezidentga — 2,88ta urush to‘g‘ri kelmoqda.
Respublikachilar partiyasidan saylangan 12 nafar davlat rahbarlarining 3 nafari birorta ham qurollangan mojaroni boshlashmagan va birorta harbiy operatsiyani o‘tkazishmagan. Bular Amerikani 1921-yildan 1923-yilgacha boshqargan Uorren Garding, Gerbert Guver (1929-1933) va Jerald Ford (1974-1977). Qolgan sakkiz nafar demokrat-prezidentlar u yoki bu tarzda boshqa davlatlarga qarshi harbiy kuchni qo‘llaganlar.
1901 yildan 1909-yilga qadar prezident lavozimida o‘tirgan Respublikachi Teodor Ruzvelt beshta harbiy operatsiyani tashkillashtirgan — Gondurasdagi fuqarolar urushiga aralashuv, Dominikan respublikasi va Kubaga nisbatan harbiy yo‘l bilan bostirib kirish, Gonduras va Nikaragua o‘rtasidagi urushga aralashuv, va nihoyat, 1925-yilgacha davom etgan Nikaragua okkupatsiyasi.
Oq uyni sakkiz yil davomida — 1913-yildan 1921-yilgacha — egallagan demokrat Vudro Vilson esa sakkizta urushni tashkillashtirgan. Bular Meksikaning ichki siyosatiga aralashuv va keyinchalik ushbu mamlakatga nisbatan amalga oshirilgan jazolash ekspeditsiyasi, Gaiti va Dominikan respublikasi okkupatsiyasi, Kubaga zo‘ravonlik bilan bostirib kirishdir. Bu Birinchi jahon urushi va fuqarolar urushi iskanjasida qolgan Rossiyaga harbiy yo‘l bilan bostirib kirishni hisobga olmaganda.
Kim ko‘proq: respublikachilarmi yo demokratlar
Gap faqatgina statistikada emas. Aksariyat vaqtlarda, aynan demokratlar davrida Vashington eng uzoq davom etgan va qonli qurolli mojarolarga kirishgan.
O‘sha vaqtda prezident vazifasini respublikachi Richard Nikson (1969-1974) bajargan bo‘lib, aynan u Vyetnamdagi urushni yakunlagan edi.
Vyetnamdagi urushni AQSh 1964-yilda boshlagan. O‘shanda mamlakat demokrat Lindon Jonson (1963-1969) boshqaruvida bo‘lgan. Bundan tashqari, amerikaliklar Laosga bostirib kirishgan (bu yerda 1973-yilgacha qolishadi), chegara oldi hududlarni bombardimon qilish orqali vyetnam urushiga Kambodjani ham tortishadi va navbatdagi bor Dominikan respublikasini okkupatsiya qilishadi.
Vyetnam urushi oldidan AQShliklar 1950-yilda demokrat Garri Trumen tomonidan boshlangan Koreya urushida ishtirok etishgan. Aytish joizki, o‘shanda amerikaliklar Koreya yarimoroliga BMT Xavfsizlik kengashi qarori bilan kirishgan, lekin ushbu qaror tashabbuskori aynan AQSh edi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin yuzaga kelgan eng xavfli va keng ko‘lamli harbiy-siyosiy inqirozlardan biri — Karib inqirozidan ilgari 1961-yilda Cho‘chqalar bo‘g‘ozida mag‘lubiyatga yuz tutgan operatsiya o‘tkazilgan.
O‘shanda amerikaliklar kubalik "kontr inqilobchilar" bilan birga Kubaga kirib, Fidel Kastro rejimini ag‘darmoqqa urinishgan.
Operatsiyaga tayyorlanish davomida yo‘l qo‘yilgan harbiy va siyosiy xatoliklar harbiy bosqinchilik yo‘li bilan kirganlarning tor-mor bo‘lishiga hamda dunyo hamjamiyati nigohida AQShning qoralanishiga sabab bo‘ldi. O‘shanda operatsiyani boshlash buyrug‘i demokrat Jon Kennedi (1961-1963) tomonidan berilgan. Oradan bir yil o‘tib, 1962-yilda, Qo‘shma Shtatlar uning buyrug‘i bilan Kubaga total harbiy blokada kiritiadi va bu dunyo hamjamiyatini yadro urushi xavfi ostida qoldirgan Karib inqirozini keltirib chiqardi.
Demokrat Bill Klinton davrida Yugoslaviya bombardimon qilindi. Barak Obama tomonidan Liviyada boshlangan urush hanuzgacha davom etmoqda.
O‘z navbatida, respublikachilardan bo‘lgan katta va kichik Jorj Bushlar — Iroq va Somalidagi uzoq davom etuvchi urushlar uchun mas’uldirlar.
Omadsizliklar kimni ta’qib qilmoqda
Demokrat-prezidentlar qurollangan harbiy mojarolar soni bo‘yicha emas, balki omadsizlikka yuz tutgan, katta shov-shular va jiddiy oqibatlarga olib kelgan harbiy mojarolar soni bo‘yicha ham yetakchilik qiladi.
O‘shanda, 1980-yilning aprelida amerika spesnazi sakkizta vertoletda Eron poytaxtiga harchand urinmasin, yetib bora olmagandi. Avianoses palubasidan uchgan mashinadan biri havoga ko‘tarilishi bilan dengizga qulagan, ikkinchisi adashib qolgan, uchinchisi zapravkachi-samoletga borib urilgan va ikki ekipaji ham halok bo‘lgan edi.
Oxir-oqibat spesnaz qo‘shinlari vertolotlar va o‘z safdoshlari tanalarini tashlab, Erondan evakuatsiya qilishga majbur bo‘lgan. Operatsiyaning omadsiz kechishi AQShda siyosiy inqirozga olib keldi: operatsiyaga qarshi bo‘lgan vitse-prezident Sayrus Vens iste’fo berdi. Mamlakat o‘sha davrda demokrat-prezident Jimmi Karter (1977-1981) boshqaruvida bo‘lgan.