TOShKENT, 15 apr — Sputnik, Grigoriy Duboviskiy. AQSh prezidentligiga nomzod Xilari Klintonning fikricha, Rossiya o‘zini tajovuzkorona tutmoqda va “Yevropa xaritasini qaytadan chizishga urinmoqda”, RIA Novosti xabari asosida.
"Bu bizning manfaatlarimizga mutlaqo zid. Axir o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, agar NATO tufayli Rossiyaning tajovuzkorligi to‘xtatilib qolmaganda, bu bizga qanchaga tushishi mumkin edi? NATO o‘shanda Rossiyaga u o‘ta olmasligini yaxshilab tushuntirib qo‘ygan edi”, — deb ta’kidladi u.
Klinton o‘zining bu fikri bilan NATOning naqadar zarurligi hamda AQShning alyansga a’zoligini saqlab qolish muhimligini isbotlashga harakat qildi.
AQSh sobiq Davlat kotibi ushbu so‘zlarni Donald Trampning NATO haqida aytgan janjalli gaplaridan so‘ng bir necha kundan keyin aytdi.
Gap shundaki, jizzaki milliarder NATO AQShga nisbatan tovlamachilik qilayotgani haqida bayonot qilgan edi. Bunga qadar esa Tramp alyansdan AQShdan olgan barcha qarzlarni qaytarishni talab qilgan, va uning bu so‘zlari ham katta janjalni keltirib chiqargan edi.