Tramp prezident bo‘lsa boshqa davlatlarda demokratiya o‘rnatmaslikka va’da berdi

© Sputnik / Nikita Shoxov / Mediabankka o‘tishDonald Tramp
Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Biz AQShdan tashqarida demokratiya qurish va tuzumlarni ag‘darishni bas qilamiz", - dedi Tramp

TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp agarda prezident etib saylanadigan bo‘lsa, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslikka va ularning tuzumini ag‘darmaslikka va’da berdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Mosulni ozod qilish operatsiyasini "butkul falokat" deb atadi

"Biz harbiy kuchdan faqatgina AQSh milliy xavfsizligi uchun o‘ta muhim bo‘lgan holatlarda foydalanamiz.Biz AQShdan tashqarida demokratiya qurish va tuzumlarni ag‘darishni bas qilamiz hamda aralashishga hech qanday haqqimiz yo‘q bo‘lgan holatlarga aralashmaymiz", — dedi u Shimoliy Karolinadagi tarafdorlari bilan uchrashuvda.

AQSh prezidentligiga saylovlar 8-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Trampga saylovlarda demokrat Xillari Klinton raqobatchilik qiladi.

Yangiliklar lentasi
0