Raul Kastro Barak Obamaning "akalik" qilishiga yo‘l qo‘ymadi

© REUTERS / Carlos BarriaBarak Obama va Raul Kastro
Barak Obama va Raul Kastro - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Barak Obama Kuba rahbarining yelkasiga “akalarcha” shapillatmoqchi bo‘lganida, noqulay vaziyatga tushib qoldi. Raul Kastro Obamaning qo‘lini chaqqonlik bilan tutib olib boshi ustida baland ko‘tarib silkitdi. Voqea o‘nlab jurnalistlar va kameralar oldida ro‘y berdi.

TOShKENT, 22 mar – Sputnik. Barak Obama Kubaga bo‘lgan tashrifi davomida noqulay vaziyatga tushib qoldi, RIA novosti xabari asosida.

AQSh va Kuba rahbarlari o‘tkazgan matbuot anjumanidan keyin Obama Kastroning yelkasiga “akalarcha” shapillatmoqchi bo‘ldi. Raul Kastro o‘girilmasdan turib Obamaning qo‘lini chaqqonlik bilan tutib oldi va  boshi ustida baland ko‘tarib silkitdi. Voqea o‘nlab jurnalistlar va kameralar oldida sodir bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Barak Obama Kubaga rasmiy tashrif bilan kelgan edi. Bu oxirgi 90-yil davomida AQSh rahbarlarining Kubaga bo‘lgan birinchi tashrifi. AQSh prezidentining so‘zlariga qaraganda bu tashrif ikki mamlakat orasidagi sovuq urushning butkul yakunlanganining ramzidir.

 

Yangiliklar lentasi
0