TOShKENT, 4 okt — Sputnik. AQShning "dunyo politsiyachisi" bo‘lishga intilishi xitoylik politsiyachilarning Nyu-Yorkka kelib, u yerda Xitoy qonun-qoidalari asosida tartib o‘rnata boshlashlari bilan barobardir, deb yozadi maqola muallifi. RIA Novosti xabari asosida.
"Misol uchun, Vashington odamlarga insonparvarlik yordamini ko‘rsatishi yoxud mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal etishda ko‘makdosh bo‘lishi mumkin", — deyilgan maqolada.
"Ammo Qo‘shma Shtatlar mojaroda qatnashuvchi tomonlardan birini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z harbiylaridan foydalanishi va o‘ziga maqbul bo‘lmaganlarni o‘ldirishi mumkinmas", — deya qo‘shimcha qilinadi maqolada.
AQShning jahonga "dunyo jandarmi" sifatida nechog‘lik kerak ekanligini anglash uchun Vashingtonning so‘nggi o‘n yillikda ushbu rolni o‘ynash uchun qilgan hatti-harakatlaridan nechog‘lik foyda bo‘lganini tahlil qilishning o‘zi kifoya, deb ta’kidlaydi maqola muallifi.
"Javob topish ko‘p vaqtni olmaydi — yo‘q. AQShning boshqa mamlakatlarga suqilib kirishi ko‘pdan-ko‘p hollarda vaziyatni yanada yomonlashtirgan. Amerika tomonidan amalga oshirilgan harbiy operatsiyalarning hech biri tinchlikni qayta tiklashga xizmat qilmagan", — deb yozadi The National Interest.
Qo‘shma Shtatlar o‘n yillar davomida "dunyo jandarmi" vazifasini bajarishga xarchand urinmasin, ammo hech qanday natijaga erishaolmadi va ular buni tan olishlari shart, deb xotima yasaydi maqola muallifi.