Sherzod Qudratxo‘jayev: hayhotday uy qurib gaz va svetdan noliymiz

© Flickr / David HoltJilie doma v Samarkande
Jilie doma v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jurnalist Sherzod Qudratxo‘jayev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Janubiy Koreya va Xitoydagi uy-joylar, binolar, imoratlar haqida o‘z fikrlarini bayon etdi

TOShKENT, 12 dek – Sputnik. Jurnalist, Xalqaro press klub raisi Sherzod Qudratxo‘jayev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida o‘zining Janubiy Koreya va Xitoyga safari haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu safar u bu mamlakatlardagi uy-joylar, binolar, imoratlar haqida o‘z fikrlarini bayon etdi.

Sherzod Kudratxodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Sherzod Qudratxo‘jayev: bizning boshqa falsafaga o‘tadigan vaqtimiz keldi

"Biz kenglikni yaxshi ko‘ramiz. Keng dalalar, ochiq maydonlar… Chunki bizda yer ko‘p. Ko‘pincha imorat qurganda hali tug‘ilmagan, yoki hali go‘dak bo‘lgan bolamiz shu yerda yashaydi, deb g‘isht qo‘yamiz. "Bir quribmiz-da" deb, katta yerto‘lalar quramiz. Nima uchun va kim uchun mo‘ljallanganini bilmasak-da, katta-katta xonalar qurib, vaqtida bir narsaga ishlatilar, deb quraveramiz. Buning fojiasi nimada?", deb yozadi Qudratxo‘jayev.

Uning fikricha, bir yilda quriladigan uyning bitishi bir necha yillarga cho‘zilib ketadi. Ikkinchidan esa, uy-joy deb yeyish-ichishdan, farzandlardan tejab, sayohatlar, dunyo ko‘rishdan voz kechib, o‘lik kapitalga, imoratga pul sarflanadi, ya’ni noto‘g‘ri xarjlanadi.

"Chet elda ishlayotgan vatandoshlarimiz boshida ne-ne mehnat bilan yaxshi pul topadi, keyin esa pul topish murakkablashadi va bu pullar behuda sarf qilinadi. Uy quraman topgan pulimga deb bankrot holatiga tushib qoladilar ham… afsus", deydi u.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 23-avgusta prinyal pervogo zamestitelya Predsedatelya pravitelstva Rossiyskoy Federatsii Igorya Shuvalova - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev uylar qurilishida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan rahbarlarga hayfsan e’lon qildi

U fikrida davom etar ekan, "bu uylarni hayhotdek, baland shiftli qilib qurganda biz uni na qishda isitishni, na yozda sovutishni o‘ylamaymiz. Keyin esa gaz va svetdan nolib, davlatni ayblaymiz. Biroz qimmat, lekin sifatli va issiqni tejovchi texnologiyalarni esa umuman qo‘llamaymiz. Masalan, issiqlikni tejovchi maxsus g‘ishtlar, shift ustini penoplast va poliuretan emas, qamish, bo‘yra va yupqa loy bilan lo‘mboz qilamiz. Ko‘pchilikning chordog‘i qishin-yozin shamol, chang va sovuq uchun ochiq bo‘lib, hangillab yotadi. Gaz boyligimiz Rossiyanikidan ko‘p bo‘lgan taqdirda ham, bunday uylarni isitish uchun albatta Rokfeller yoki Rotshildlar bo‘lishimiz kerak… Ammo ular ham bunday qilmasa kerak", deydi.

Qudratxo‘jayevning fikriga ko‘ra, plastik romlar qo‘yilmaganda issiqlik yo‘qotish ko‘p bo‘ladi.

Uning yozishicha, koreys va xitoyliklarning har bir xonasi kichkina emas, balki shinam va qulay. Har bir narsa hisoblab chiqilgan. Ortiqcha biror xona qurilmaydi. Mebel turadigan joy, odam uchun ajratilgan yo‘lakcha, bolasining xonasi, sanuzeldek bitta xonada ham unitaz, ham dush, ham ixchamgina vanna joylashgan. Qo‘shniga achchiq qilib dang‘illatib qurish, undan balandroq bo‘lish hissi ularga yod.

Batareya v podyezde jilogo doma - Sputnik O‘zbekiston
Qishgi mavsumga tayyorgarlik har bir mahalla, har bir uy miqyosida olib borilishi kerak - prezident

"Ularda Yevropadagidek balkonlar ham deyarli yo‘q. O‘zbekiston sharoitida esa, mahallalarda binolar bir-biriga yaqin joylashganini hisobga olganda, xususiy uyda balkonga hojat yo‘q aslida. Uning ustiga, qo‘shnilar bir-birini kuzatib turishi ham tarbiyamizga to‘g‘ri kelmaydi. Rosti men hali bizni balkonlarda odamlar suhbatlashib o‘tirganini hech ko‘rmadim. Vaholanki, ularni qurish uchun qanchadan-qancha mablag‘ni behuda sarflaymiz. Balki biz bu pullarni bolalarimizga kitob, uyimizdagi internet trafigi uchun ayamasak bo‘larmidi? Biz bu mablag‘larni qimmatbaho kafel, marmar va boshqa anjomlarning chang bosib yotishi uchun sarfladikmi?!", deya savol beradi u.

Jurnalist ba’zi uy qurganlar balkon va uy ostonasi, yo‘lagini qorda yaxlamasligi uchun "topliy pol" qilishlarini, lekin bu ham pulni havoga sovurishga tengligini aytadi.

"Chunki bizda uncha ko‘p qor yog‘maydi. Endi "davlat o‘zimizniki, gaz o‘zimizniki, milliy boyligimiz" qabilidagi gaplar o‘tmaydi. Achchiq bo‘lsa ham aytish kerak, bundan buyog‘iga O‘zbekiston va dunyodagi boshqa mamlakatlarda gaz va boshqa tabiiy resurslar narxi oshsa-oshadiki, tushmaydi. Keling, o‘zimizni ham, MIBni ham, davlatni ham qiynamaylik. Inspektorlar bilan gaz va elektr bo‘yicha schetchiklarsiz ishlash yoki ortga aylantirish payti o‘tmishda qoldi", deydi u.

Sherzod Qudratxo‘jayev bugungi kunda butun dunyoda keng ommalashayotgan muqobil energiya masalasiga to‘xtalib o‘tadi. Uning yozishicha, Xitoy, Koreya va Turkiyadagi uylarning deyarli barchasida oftobdan energiya oladigan qurilmalar o‘rnatilgan.

Ten Aleksey Trofimovich, kommercheskiy direktor sp ooo Quyosh issiqlik energiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Quyosh energiyasidan foydalanganlik uchun davlatga to‘lov to‘lanmaydi - ekspert

"Biz esa bu haqida o‘ylab ham ko‘rmasdan, faqat gaz bilan svet haqida gapiramiz… Vaholanki, O‘zbekiston serquyosh zamin, Solar-texnologiyalar ham bozorimizga va hayotimizga keng kirib kelyapti. Narxi ham uncha qimmat emas. Uch million so‘mdan boshlanadi. Bir yarim-ikki yilda o‘zini oqlaydi va buyog‘iga beminnat, bepul ishlaydi. Lekin biz gaz yo‘q deb noliyveramiz… Yo‘q narsa bo‘lsa aql boshqa muqobil narsani qidirishi kerak. Bu qobiliyat va xususiyat nafaqat yahudiy, balki boshqa millatlarda bo‘lishi ham foydalidir. Axir quyosh texnologiyalari bor-ku! Quyosh bepul-ku, bir marta pul sarflaymiz, xolos", deya o‘z taklifini bildiradi u.

U maqsadi chet elni maqtab, o‘zimizni kamsitish emasligini, ularda ham muammo yetarli ekanligini aytarkan, O‘zbekiston fuqarolari, odamlari bundan ham yaxshi yashashini xohlashini bildiradi.

Izgotovlenie solnechnix batarey na predpriyatii - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi uylar quyosh nurida ishlaydigan issiqlik tizimi asosida isitiladi

"Ba’zi narsalarni va jarayonlarni ko‘rib kuzatsam ich-ichimdan kuyinalaman, yuragim eziladi. Bir haqiqatni anglaymanki, mamlakatimizning taraqqiyoti, har bir odamning muvaffaqiyati tinmasdan izlanishiga bog‘liq. Muammo bo‘ldimi, muammoni yechish yo‘llarini qidiraylik. Yo‘llari ko‘p, qo‘rqmaylik, aslida muammoni aql bilan yechish zavq va ilhom bag‘ishlaydi ijodkor kishiga. Biznes va hayotdagi muvaffaqiyatning poydevori – bu insonning qobiliyati va yetukligi. U yetarli ta’lim, bilim, qat’iyat, iroda, xohish ega bo‘lishi kerak kabi tushunchalarni qamraydi. Har bir bunday odamning muvaffaqiyati – bu oilaning muvaffaqiyati. Oilaning muvaffaqiyati esa jamiyat muvaffaqiyatidir. Bunday insonlar, oilalar qancha ko‘paysa, jamiyatimiz shuncha rivojlanadi", deydi Qudratxo‘jayev.

Yangiliklar lentasi
0