Toshkentdagi uylar quyosh nurida ishlaydigan issiqlik tizimi asosida isitiladi

© IA "Jaxon"Izgotovlenie solnechnix batarey na predpriyatii
Izgotovlenie solnechnix batarey na predpriyatii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Oybek ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarda ishga tushirilgan zamonaviy, energiyatejamkor lokal qozonxonalarni borib ko‘rdi

TOShKENT, 6-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun poytaxtning Oybek ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarda ishga tushirilgan zamonaviy, energiyatejamkor lokal qozonxonalarni borib ko‘rdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali xabar bermoqda.

Shu yil 20-aprelda davlat rahbarining "2018-2022 yillarda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida"gi qarori e’lon qilingandi.
Ushbu qarorga muvofiq Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti tizimini yangilash va modernizatsiya qilish, energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan mahalliy qozonxonalar qurish, xonadonlarga yakka tartibda ichki issiqlik tarmog‘ini o‘rnatish, ko‘p qavatli uy-joy fondi va ijtimoiy soha obyektlarining lokal issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli vazifalar belgilangan.

Batareya v podyezde jilogo doma - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimi tubdan yaxshilanadi

Yuqoridagi qarorga asosan poytaxt tumanlarida zamonaviy qozonxonalar qurish, quyosh energiyasi bilan suvni isitadigan gelioqurilmalar negizida uy-joylar va ijtimoiy obyektlarni issiqlik bilan ta’minlash tizimini barpo etish bo‘yicha dastur ishlab chiqilmoqda.

Unga ko‘ra joriy yilda Toshkent shahrida jami 211, jumladan, ko‘p qavatli uylar tom qismida 134, mavzelar hududida 77 mahalliy qozonxona quriladi. Ushbu maqsadlar uchun sarflanadigan 170 milliard so‘m mablag‘ tijorat banklari kreditlari hisobidan moliyalashtiriladi.

Oybek ko‘chasidagi 40- va 42-uylarda ishga tushirilgan qozonxonalar gelio suv isitgichlari bilan jihozlangan. Ushbu qozonxona an’anaviy markazlashgan isitish tizimiga qaraganda birmuncha afzalliklarga ega. Qozonxonada zamonaviy texnologiya asosida quyosh nuridan issiqlik energiyasi ishlab chiqarilib, xonadonlarga kerakli miqdorda taqsimlanadi. Bu yoqiladigan tabiiy gazni tejash, iste’molchilarga issiqlik energiyasi yetkazib berishda yo‘qotishlar va qish mavsumida avariya holatlarining oldini olish, ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.

Elektron komponentlar ishlab chiqarish - Sputnik O‘zbekiston
General Electric O‘zbekistonda quyosh panellari ishlab chiqaradi

Loyihaning qiymati 460 million so‘m bo‘lib, xarajatlar "Toshissiqquvvati" ishlab chiqarish birlashmasi unitar korxonasi hisobidan qoplangan.

Davlat rahbari ushbu lokal qozonxonani ko‘zdan kechirdi.

"Mazkur sohadagi ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi uchun qulay shart-sharoit yaratishdir, —dedi Shavkat Mirziyoyev. —Kommunal sohani yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish uchun quyosh energiyasi asosida ishlaydigan issiqlik energiyasi tizimiga o‘tishni hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Shu nuqtayi nazardan, Toshkent shahrida kelgusi uch yilga mo‘ljallangan alohida tizim ishlab chiqamiz. Bu tizim quyosh energiyasi yordamida uy-joylar va ijtimoiy obyektlarni issiq suv va energiya bilan uzluksiz ta’minlash, energiya resurslarini tejash va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi".

Davlat rahbari gelioqurilmalar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar mahsulotlari namunalari bilan ham tanishdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0