Mirziyoyev uylar qurilishida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan rahbarlarga hayfsan e’lon qildi

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 23-avgusta prinyal pervogo zamestitelya Predsedatelya pravitelstva Rossiyskoy Federatsii Igorya Shuvalova
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 23-avgusta prinyal pervogo zamestitelya Predsedatelya pravitelstva Rossiyskoy Federatsii Igorya Shuvalova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tkazilgan tekshiruvlar davomida asosan uch xil kamchiliklar aniqlandi: shahar qurilish qoidalarining buzilishi, qurilish-montaj ishlarining sifatsiz bajarish, qurilish loyihalaridan chetga chiqish.

TOShKENT, 25 okt — Sputnik. O‘zbekistonda arzon va qulay bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joylarni qurilishida bir qator jiddiy kamchiliklar aniqlandi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Rabota Kombinata stroitelnix materialov - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatida qurilish materiallar sanoatiga 1 milliard dollar ajratiladi

O‘tkazilgan tekshiruvlar davomida asosan uch xil kamchiliklar aniqlandi: shahar qurilish qoidalarining buzilishi, qurilish-montaj ishlarining sifatsiz bajarish, qurilish loyihalaridan chetga chiqish.

Bundan tashqari, tashqi injenerlik kommunikatsion tarmoqlarni qurilishi hamda Nukus, Andijon, Buxoro, Termez, Samarqand, Guliston, Olmaliq, Chirchiq, Bekobod shaharlarda infratuzilma va hududlarni obodonlashtirish ishlarining bajarish muddatlari cho‘zilmoqda. Shuningdek, 41 ta (Toshkentda — 24 ta, Nukusda — 7 ta, Buxoro 6 ta, Urganchda — 4 ta) ko‘p qavatli uy-joy qurilish rejalaridan ortda qolish holatlari mavjud.

Barcha aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha 761 ta taqdimnomalar (buyurtmachiga — 205 ta, pudratchi tashkilotlarga — 399 ta, loyihachi tashkilotlarga — 157 ta) asosida 34 ta obyektalar bo‘yicha qilingan ishlar hajmidan 1 milliard so‘m ushlab qolingan.

O‘zbekiston prezidenti yuzaga kelgan vaziyat uchun bir qancha yuqori darajadagi amaldorlarga intizomiy jazo choralarini ko‘rdi.

Vstrecha prezidenta RF V. Putina s premyer-ministrom Indii N. Mod - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov Buxoroda zamonaviy sayyohlik majmuasini barpo etadi
Jumladan, Mirziyoyev tomonidan ko‘p qavatli uy-joy qurilish dasturlar ijrosini yetarli darajada nazoratni tashkil etmaganligi natijasida qurilish rejalardan ortda qolish holatlari yuzaga kelganligi uchun Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi Kahramon Sariyevga, Buxoro hokimi Uktam Barnoyevga, Xorazm viloyati hokimi Ilgizar Sobirovga, Toshkent shahar hokimi Raxmonbek Usmonovga alohida ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, injiniring kompaniyasiga yuklatilgan buyurtmachi vazifalarini yetarli darajada amalga oshirilmaganligi, qurilish ishlari yuzasidan texnik nazorat qilinmaligi tufayli ayrim bosh pudratchi tashkilotlar tomonidan belgilangan muddatlar cho‘zilgan va qurilish-montaj ishlari sifatsiz bajarilishiga yo‘l qo‘yganligi uchun "O‘zshahar qurilish invest" korxona direktori Narzullayevga hayfsan e’lon qilindi.

Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, loyiha institutlari rahbarlari ham chetda qolmadi. Ular davlat rahbaridan qattiq tanbeh olishdi. Ular tomonidan loyiha-smeta hujjatlarining asosiy parametrlarining sifatli ishlab chiqilmagan hamda qurilish-montaj ishlarini sifatli bajarilishi va qoidalarga to‘liq amal qilinishini ustidan yetarli darajada nazorat qilinmagan.

Yangiliklar lentasi
0