Qishgi mavsumga tayyorgarlik har bir mahalla, har bir uy miqyosida olib borilishi kerak - prezident

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishBatareya v podyezde jilogo doma
Batareya v podyezde jilogo doma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti qishgi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish tizimini qayta ko‘rib chiqishni topshirdi. Asosiy e’tibor ko‘p qavatli uylarga, ijtimoiy soha obyektlariga, ichimlik suvi, elektr, issiqlik va gaz bilan ta’minlashga qaratishi kerak bo‘ladi.

TOShKENT, 3 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentda aholiga kommunal xizmatlar ko‘rsatish, ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy soha obyektlarini qishgi istish mavsumiga tayyorlashga bag‘ishlangan majlis o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Majlisda prezident belgilangan choralar kerakli joylar va obyektlarda qo‘llanilishi, mablag‘lardan va energiya tejovchi texnologiyalardan samarali foydalanish kerakligini ta’kidladi.

“Ushbu sohada ishlar viloyat va sohalar kesimida emas, har bir mahalla har bir uy miqyosida o‘tkazilishi kerak”, — dedi prezident.

Eslatib o‘tamiz, kommunal xizmatlar sohasidagi vaziyatni o‘rganish maqsadida respublika bo‘yicha turli vazirliklar vakillaridan iborat bo‘lgan ikkita maxsus guruh tashkil qilingan edi. Birinchi guruh Andijon, Farg‘ona, Namangan, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent  viloyati va Toshkent shahrida, ikkinchi guruh esa — Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridagi vaziyatni o‘rgangan.

Radiator sentralnogo otopleniya v kvartire - Sputnik O‘zbekiston
Barcha viloyatlar markazlarida issiqlik ta’minoti tizimi deyarli ishlamaydi

“O‘rganish jarayonida asosiy e’tibor ko‘p qavatli turar joy fondiga, ijtimoiy soha obyektlariga, ichimlik suvi, elektr toki, issiqlik, tabiiy gaz va ko‘mir bilan ta’minlash masalalariga qaratildi”, — deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida.

O‘tkazilgan monitoringga ko‘ra, yuqorida keltirilgan obyektlarda kuzgi-qishgi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni o‘tkazilgan. Uylarning tomi ta’mirlangan, podyezd va podvallar, bolalar maydonchalari tartibga keltirilgan, maishiy chiqindilar olib chiqilgan.

Undan tashqari ta’lim muassasalari, bolalar bog‘chalari, kasalxonalar va boshqa ijtimoiy obyektlarda ta’mirlash ishlari o‘tkazilgan. Tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan obyektlarga gaz ballonlari va ko‘mir bilan ta’minlangan.

Yangiliklar lentasi
0