Moskvadagi ulkan qurilish ishlarini kim bajardi?

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishRekonstruksiya Sadovogo kolsa Moskvi
Rekonstruksiya Sadovogo kolsa Moskvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik Moskvadagi "Sadovoe kolso" halqa yo‘lini qayta qurish ishlarini bajargan ishchilar bilan suhbatlashdi. Ular ko‘pchiligi Armaniston va ozarbayjonliklar ekan.

TOShKENT, 18 sen — Sputnik, Lev Rijkov. Ushbu yilning 9-sentabr kuni "Moskvada kuni" bayrami nishonlandi. Ushbu kun Moskva markazida bir necha yil davom etgan yirik qurilish ishlarining nihoyasiga yetgani ham tantana qilindi.

Shavkat Mirziyoyev, Emomali Raxmon i Nursultan Nazarbayev na sammite v Er-Riyade - Sputnik O‘zbekiston
Faol Toshkent: Mirziyoyev nega Markaziy Osiyo bo‘ylab safar qilmoqda

Ulkan qurilish ishlari haqida

Haqiqatdan Moskvada misli ko‘rilmagan ta’mirlash ishlari bajarildi. Maqolaning muallifi hech qachon bunday hashamatli qurilish ishlarini ko‘rmagan ekan. Eng chekka qishloqlardagi yirik vayrongarchiliklarni ko‘rganu, lekin shaharning o‘rtasida bunday ulkan qurilish ishlarni hech qachon ko‘rmagan.

Shu yil yoz faslida Moskva markazida qurilish ishlari bilan deyarli hamma joyda to‘qnashish mumkin edi. Qurilish ishlari har bir ko‘chada, tor ko‘chalarda, bog‘larda olib borildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Moskva rekonstruksiya ishlarida 300 ming ishchi jalb qilingan.

Ushbu qurilishi jarayonini qadimgi Mirsdagi piramidalar qurilishi bilan taqqoslash mumkin. Moskvadagi marmar plitalar piramidalar xarsang toshlariga nisbatan yengilroq bo‘lsada, lekin qurilish umumiy jarayonning hajmi jihatidan bir xil bo‘lgan.

Rekonstruksiya davomida qulay sharoitda yashashga o‘rganib qolgan moskvaliklar yog‘och ko‘priklardan, ayniqsa tuproqdan, chagdan va balchiqdan oshib o‘tishni,  shovqin-suroniga ostida yashashni o‘rganishdi. "Sadovoe kolso" halqa yo‘li ichida tunu kun tosh kesuvchi arralarning tovushi eshilib turdi.

Ba’zan shahar aholisiga ushbu ta’mirlash ishlari hech qachon tugamaydgan o‘xshasa-da, lekin har qanday katta ishning ham o‘z chegarasi va meyori bo‘ladi.

Lyudi na rinke v Buxare - Sputnik O‘zbekiston
Moskvadan Buxoroga sayohat: bozor, vokzal, Rossiya
Maqola muallifiga ushbu qurilish ishlari Sovet Ittifoqi davri qurilishlari aks etgan kinolentani eslatdi. Masalan, Spitak shahrida sodir bo‘lgan zil-zilziladan keyingi yoki undan yigirma yil oldin Toshkentdagi qurilish ishlarini yaslatdi. O‘sha vaqtlarda yonma-yon moldovanlar va belaruslar, o‘zbeklar va ruslar birgalashib mehnat qilishgan. Xuddi shu qurilish jarayoni tantanali shiorlarsiz hozir ham ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ldi.

Jaziramada, yomg‘irda va desantchilar bayrami kunida ham…

Ta’mirlash ishlarining so‘ngi kunlaridan birida biz fotosuratchi bilan ishchilar bilan suhbatlash uchun bordik. "Sadovoe kolso" halqa yo‘lidagi  asosiy ta’mirlash ishlari yakuniga yetgan edi, ishchilar faqat so‘nggi "pardozlarni" berishmoqda.

Qurilish maydonchasida ish avjida. Ba’zi ishchilar toshli plitalarni belgilangan o‘lchamda arralab, yerga joylashtirmoqda. Ayrimlar rezina bolg‘achalar bilan urib to‘g‘rilashmoqda. Boshqalar zambilda qum tashimoqda. Yana kimdir yerni xaskash bilan tekishlashmoqda. Kimdir dam olib ovqatlashmoqda.

Qurilish maydoni yaqinida piyodalar tinimsiz o‘tib qaytib turishibdi. Ularning ko‘pchiligi Moskva ko‘chalarida keti uzilmaydigan qurilish ishlariga ko‘nikib qolgan.

Ivanushki International vokalisti Oleg Yakovlev - Sputnik O‘zbekiston
Sobiq "Ivanushki" guruhi solisti: menda sharqona xususiyatlar ko‘p
Muallif oldin ham turli joylarda ishchilar bilan suhbatlashgan. Odatda ishchilar savollarda qisqacha "ha" yoki "yo‘q" deb javob berishar, boshqalar boshliqlari gaplashishga ruxsat bermaganini aytishar edi. Hozir esa, biz suratga olishni boshlagandan gaplashishni istaydiganlar topilib qoldi. Hech kim jim turgani yo‘q, hech kim hech narsadan qo‘rqmayapti.

Bizga o‘zini Mixail deb tanishtirgan ishchi, gruziyalik armani bo‘lib chiqdi. Anchadan beri Moskva viloyatida yashar ekan.

"Bizda shunday: bugun bu yerda ishlaymiz, ertaga u yerda. Bugun ish bor, ertaga yo‘q… Bu ishga juda ko‘p odam to‘plandi. Ish bo‘lmaganda hammamiz uyda aroq ichib o‘tirar edik. Moskva meri yaxshi odam ekan — hammani yig‘ib ish berdi" — dedi Mixail.

Ish boshqaruvchi Levon Abayan bilan tanishdik. "Yarim yil davomida shu yerda ishlaymiz, shu ko‘cha o‘zmizniki bo‘lib ketdi"- deb ta’kidladi Abayan.
Qurilish ishlari bir kunga ham to‘xtagani yo‘q.

"Shanba-yakshanba kunlari ham odamlar ishlashdi. Yomg‘irda ham ustimizga kiyim kiyib ishladik. Aks holda belgilangan muddatga ulgurmas edik"- dedi Abayan.
Aytishlariga qaraganda, Gorkiy nomidagi istirohat bog‘i yaqinida 2-avgust kuni havo harbiy desant kuchlari kuni bayramida to‘qnashuvlar oldini olish maqsadida qurilish ishlari to‘xtatilgan ekan. Lekin ish boshqaruvchi buni tasdiqlamadi.

"Biz har doimdek ishladik. Shu kuni hech qanday dam olish kuni bo‘lgani yo‘q" — deb ta’kidladi Abayan.

"Moskva aholisi bilan muomala qildingizlarmi? Hech tugamaydigan qurilish ishlari bo‘yicha g‘azablanishmadimi? Yoki ular aksincha, "baraka topinglar!" deb qo‘llab-quvvatlashganmi?" degan savollarga quydagicha javob berishdi.

Kazaxstanskaya step: verblyudi, kozi i beskraynie prostori - Sputnik O‘zbekiston
Moskvadan Buxoroga sayohat: Qozog‘iston cho‘lidagi mashaqqatli yo‘l
"Hamma narsa bo‘ldi, har kuni moskvaliklar bilan muomala qildik. Hammaga birdek yoqib bo‘lmaydi. Kimgadir yoqadi, kimgadir yoqmaydi" — deb javob berdi ish boshqaruvchi.

Mixail o‘z so‘zida, ikki uch kun avval qurilish ko‘prigidan yiqilib tushgan bir ayolga taksi chaqirib bergan ekan.

"Yo‘lgacha uni kuzatib qo‘ydim, taksi to‘xtatib berdim. Axir odamga yordam berish kerak-ku", — deb javob berdi Mixail.

Shundan so‘ng, Mixail bizga murakkab dastgohlarni ko‘rsatib berdi.

"Mana. Arra uchun noyob motorlar. Bular yordamida tosh plitalarni arralaymiz. Bunday arralar boshqa hech qanday joyda ishlatishmaydi", — dedi Mixail.

Bir dona toshli plitaning og‘irligi taxminan 45 kilo. Ishchilar toshning aniq og‘irligini aytay olmadi, lekin uning o‘lchamini yaxshi bilishar ekan.

"Ha, biz ko‘nikib ketganmiz. O‘lchamini tunda uyg‘otib so‘rasangiz ham javob bera olamiz. Lekin og‘irligiga kelsa, 40 kilo, yoki undan sal ko‘proq bo‘lishi mumkin".

Gruziyalik armanlar juda ko‘p

Suhbatdoshlarmizning aytishlaricha, "Sadovoe kolso" halqa yo‘li qurilishida ko‘proq armanlar ishlaydi. Mixail iftixor bilan "Gruziyalik armanlar juda ko‘p. Ulardan ko‘pchiligi anchadan beri Moskvada. Moskva yoki Moskva viloyati propiskasi bor", — deb ta’kidladi u.

Ikkichi o‘rinda — ozarbayjonliklar. Ular ham ko‘plari propiskasi bo‘yicha Moskvaliklar.

Men ularga savol berdim. "Armaniston va Ozarbayjon bir bir bilan to‘qnashuvlar bo‘ladiku! Qurilishda janjal qilmaysizlarmi?".

"Hukumatlar o‘rtasida pul sababli kelishmovchiliklar bo‘ladi. Qurilishda nimani talashamiz? Ular ishlaydilar, biz ham ishlaymiz. Hammasi yaxshi bizda"- deb javob berdi Abayan.

Avtomobili na trasse - Sputnik O‘zbekiston
Yo‘l bo‘yidagi karvonsaroy, tirband bojxona yoxud Moskvadan Buxoroga sayohat
Uchinchi o‘rinda — ruslar. Moskvaliklar emas, balki ko‘pchiligi Moskva viloyatidan va Rossiyaning boshqa viloyatlaridan kelganlar. Asosan professional quruvchilardir. Shuningdek, Qirg‘izistondan, Tojikistondan, O‘zbekistondan va Moldovadan kelgan ishchilar ham ishlamoqda. Suhbatdoshimizning so‘zlariga ko‘ra, qurilishda belaruslar yo‘q.

"Ularni hech kim bilmaydi. Axir ularni ruslardan ajratib bo‘lmaydiku. Lekin bu yerda belaruslar ham bo‘lishi mumkin", — deb javob berdi.

Uylaymanki, Moskva shahrida istiqomat qiluvchilar va uning mehmonlari shahar tubdan yaxshilanganligini e’tirof etishmoqda.

Ayrimlarga shaharning yangi qiyofasi — ko‘chalar keng va toza bo‘lganligi yoqqan bo‘lsa. Boshqalar esa oldingi holati yaxshiroq bo‘lganligi, yangi plitka qiyshiq va hunuk ekanligini aytishlari mumkin.

Lekin shaxsan men uchun ushbu qurilish noyob kashfiyot bo‘ldi: odamlar birga qurilish qilsa — urush qilishmas ekan. Ular talashadigan narsaning o‘zi qolmas ekan.

Qurilish sohasining allaqayerida, Rossiyaning milliy g‘oyasi yashiringan bo‘lsa ajab emas, lekin negadir uni o‘nlab yillar davomida eng yetakchi olimlar ham topa olmayaptilar…

Yangiliklar lentasi
0