Moskvadan Buxoroga sayohat: Qozog‘iston cho‘lidagi mashaqqatli yo‘l

Obuna bo‘lish
Qozog‘iston o‘zining bir xil ko‘rinishdagi tabiati, mahalliy jonivorlarining uyushqoqligi va asabni egovlaydigan avtoinspeksiya xodimlari bilan yodda qoldi

Anton Kurilkin

Sputnik muxbirining Moskvadan Buxoroga qilgan sayohatidan ikkinchi reportaj

So‘roq-savol va echkilar

Chegarada o‘tish asabiy va og‘ir jarayon, shu bois neytral hududda uxlab olgan bo‘lsak-da. Nonushta qilish va tin olish maqsadida yo‘l bo‘yidagi choyxonada to‘xtashga qaror qildik.

Qudratning eski tanishi bo‘lgan choyxona egasi kimligim, bu yerlarda nima qilib yurganim haqida meni savollarga ko‘mib tashladi. Buxoroni tomosha qilishga ketayotganligimni eshitgach, u boshini chayqab tilini taqillatdi va dedi: "E, menimcha sen xotiningni oldiga ketapsan".

© Sputnik / Anton KurilkinQozog‘iston-Rossiya chegarasidagi yuk avtomobillari
Gruzovie avtomobili na kazaxsko-rossiyskoy granitse - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston-Rossiya chegarasidagi yuk avtomobillari

Yo‘l ezib yuborgani bois savol-javobga toqatim yo‘q edi, shuning uchun fotoapparatimni mashinada unutib qoldirganimni bahona qilib tashqari chiqdim. Tashqarida esa ajoyib manzaraning guvohi bo‘ldim: bir suruv echki va qo‘ylar yo‘l bo‘ylab suv ichgani ketayotgandi. O‘zlari. Yo‘l harakati qoidalariga amal qilgan holda va burilishlarda mashinalarni o‘tkazib.

Jonivorlarning uyushqoqligi hayratlanarli edi: takalar to‘dadan o‘ynab chiqib ketgan yoki ortda qolgan uloqlarni joyiga qaytarar, suruvni oldinga boshlab ketardi, orqada esa shoshilmasdan qo‘ylar kelardi. Suvga yaqinlashganidan jonivorlar tartibi buzildi va hammasi chanqoq qondirish uchun suvga tashlanishdi.

© SputnikQo‘y-echkilar suv ichgani kelishdi
Stado koz i oves napravlyayutsya na vodopoy - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘y-echkilar suv ichgani kelishdi

Suv ichish marosimi besh daqiqa davom etdi va o‘zlariga kelgan jonivorlar yana uyushqoqlik bilan ortiga qaytishdi. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, jamoaviylik va uyushqoqlik nafaqat echki va qo‘ylarga, balki Qozog‘istondagi barcha jonivorlarga xos ekan – chunki A-28 trassasidan boshqa hech qayerda mashinalarni yo‘ldan o‘tkazib yuborib keyin kesib o‘tadigan tuya va otlarni ko‘rmaganman. Ular go‘yoki yo‘l belgilarini biladigandek taassurot uyg‘ondi.

© SputnikTuyalar yo‘lni kesib o‘tishmoqda
Verblyudi perexodat dorogu v stepi Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
Tuyalar yo‘lni kesib o‘tishmoqda

O‘zimizga kelib olgach, yo‘lga otlanamiz. Tashqarida yo‘lning ikki tomonini egallab olgan cho‘l, uzoq-uzoqlarda kichik qishloqlar ko‘zga tashlanadi. Sahro sukunatini kutilmaganda yo‘l patruli sirenasining keskin tovushi buzdi.

Katta yo‘l gaichilari

Internet qidiruv tizimida "Qozog‘iston GAIsi…" degan yozuvni kiritsangiz, tizim yana bir so‘zni qo‘shishni taklif qiladi: "boshboshdoqlik". Qozoq avtoinspektorlarining surligi va qanday ishlashlariga biz ham guvoh bo‘ldik.

Avtomobili na trasse - Sputnik O‘zbekiston
Yo‘l bo‘yidagi karvonsaroy, tirband bojxona yoxud Moskvadan Buxoroga sayohat

Uralskdan Atiraugacha bo‘lgan yo‘l davomida bizni to‘qqiz marta to‘xtatishdi. Taqqoslash uchun, Rossiyada to‘rt marta to‘xtatildik. O‘zbekistonda esa faqatgina chegaradan Buxorogacha yo‘limizda uchragan atigi uchta ko‘chma postda hujjat tekshirishdi.

Qozog‘istonlik hamkasblaridan farqli o‘laroq, o‘zbek va rus gaichilari har doim qoida bo‘yicha o‘zlarini tanishtirishadi va mashina raqami qayerniki bo‘lishidan, rulda kim o‘tirishidan qat’i nazar hurmat bilan muomala qilishadi. Lekin Qozog‘istonda hammasi boshqacha.

Bizni to‘qqiz marta to‘xtatishgan bo‘lsa, avtoinspeksiya xodimlari atigi ikki marta o‘zlari mashinamiz oldiga kelishdi, bitta ko‘chma postdagina polkovnik hamma bilan so‘rashib qayerga ketayotganimizni so‘rab qo‘ydi.

Eng surbet inspektorlar Atiraudan uch yuz kilometr masofadagi yo‘lda uchradi – mashinamiz ortidan tushib olgan politsiyachilar signal berib mashinani to‘xtatishni buyurishdi va xizmat avtomobilida haydovchimiz ularning oldiga borishini kutib o‘tirishdi.

Ular asosan aynan O‘zbekiston davlat raqamili mashinalarni ko‘p to‘xtatisharkan. Keyinroq Bahodirning aytishicha, undan har safar pul so‘rashadi, lekin u Qozog‘istonning barcha qonunlarini suv qilib ichib yuborgan va politsiyachilarning xiraliklaridan qutulish yo‘llarini biladi.

Tuzli yer

Qozog‘iston cho‘li rus o‘rmon va tekisliklaridan farqli o‘laroq, keskin o‘zgarmaydi – u xuddi maktab fizika xonasidagi ranglar spektri haqidagi plakatga o‘xshab asta- o‘zgaradi – manzaralar orasidagi chegarani payqash mushkul.

Qozog‘istonning shimoli-sharqi yo‘lovchilarni u yer bu yerda yetimchalardek mung‘ayib turgan uychalardan iborat cheksiz yashil dengiz bilan qarshi oladi. Uralskdan Atiraugacha bo‘lgan yo‘lning yarmida yashillik siyraklashadi va uning o‘rnini tuz bilan qoplangan qurigan irmoq va ko‘lchalardan tashkil topgan yer egallaydi.

© SputnikQozog‘iston cho‘li
Kazaxskaya step - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston cho‘li

Shamol ham qahrli esa boshlaydi – agar oldin yengil shabada tanga rohat bag‘ishlagan bo‘lsa, endilikda shamol faqatgina issiq havo va chang purkaydi – hattoki zich yopilgan oynalar ham yordam bermaydi.

Tun ham beorom o‘tadi – yoqimli salqin havo bir zumda sovuq bilan almashadi, quyosh botganidan bir soat o‘tiboq kurtka va jemperlarni olishga majbur bo‘ldik. Havo ochiq, osmonda yulduzlar shunchalar ko‘pki, xuddi osmonda millionlab chiroqlarga ega ulkan shahar bordek tuyuladi.

Uchinchi kun saharga yaqin Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasiga yetib keldik va uzunligi bir kilometrdan ortiqqa cho‘zilgan avtomobillar navbatiga kelib qo‘shildik. Agarda menga o‘shanda faqatgina ikki sutkadan keyin sillamiz qurigan holda O‘zbekistonda uyg‘ur lag‘mon yeb, qoraqalpoqlarning "Karatau" arog‘ini ichib o‘tirishimizni aytishganida ishonmagan bo‘lardim.

Yangiliklar lentasi
0