Sobiq "Ivanushki" guruhi solisti: menda sharqona xususiyatlar ko‘p

© Sputnik / Stringer"Ivanushki International" vokalisti Oleg Yakovlev
Ivanushki International vokalisti Oleg Yakovlev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ota tomonidan kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan, taniqli xonanada Oleg Yakovlev Moskva restoranlaridan birida o‘z tug‘ilgan kunini yangi klip bilan kutib oldi.

TOShKENT, 30 noya — Sputnik, Lev Rijkov. Sobiq "Ivanushki International" guruhi vokalisti Oleg Yakovlev o‘z tug‘ilgan kuni va "Maniya" nomli yangi klipi taqdimot marosimini birga o‘tkazdi.

Tantana Moskvadagi "Kalina-bar"da juda ko‘p shou-biznes arboblari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Tantana so‘ngida shokoladli fontan ishga tushdi, Oleg esa sobiq hamguruhi  Andrey Grigoryev-Apollonov bilan mashhur eski xitlaridan bir nechasini ijro etdi.

Sputnik muxbiri Lev Rijkov Oleg bilan uning kelib chiqishi, O‘zbekiston haqidagi taasurotlari va Moskvadagi ilk hunari — farroshlik haqida suhbat qildi.

Toshkent — non shahri

- Sizning otangiz o‘zbek. Kelib chiqishingiz ijodingizga ta’sir ko‘rsatdimi?

— Birinchidan bu mening tashqi ko‘rinishimga ta’sir qildi. Ikkinchidan, men Sharq madaniyatini yaxshi ko‘raman. Men Toshkentni, Umar Xayyomni va o‘zbek taomlarini juda sevaman. Albatta tomirimda oqayotgan sharqona qon mening hatti-harakatlarimda va fikr yuritishimda ham seziladi.Menda juda ko‘p sharqona xususiyatlar bor.

Mening fikrimcha, ota va onasi turli millatga mansub bulgan insonlar (Olegning onasi — burat, otasi — o‘zbek) talantga boy bo‘ladi. Shuning uchun men o‘z ota-onamga meni mana shunday qilib yaratganlari uchun minnatdorman. Men o‘zimni juda yaxshi va juda chiroyli inson deb hisoblayman.

- Siz, mashhur, o‘zbek mehmondo‘stligini his qilganmisiz?

— Albatta-da! Men Toshkentda ko‘p marta konsert berganman. U yerdan 6 kilo semirib qaytganman. Bizlarni u yerda ertadan kechgacha mehmon qilishgan. Ular judayam mehmondo‘st, hamma narsa juda mazali va juda ko‘p. Mehmonlarga shunday iltifot ko‘rsatishadiki, sening har bir xoxishing — qonunga aylanadi! Bu juda ham ko‘ngilga xush, insoniy  va yashxi xususiyat. Albatta, meni buni doimo sog‘inaman.

Mana hozir men sovuqda qotgan Moskvadaman. Bu yerda hamma hislar bosiq va tiyiq, ortiqcha his-tuyg‘ular namoyish qilinmaydi.

- Toshkentda muxlislaringiz ko‘p bo‘lsa kerak-a?

— Menimcha ular bor. Ularga mendan katta salom. Umuman mening muxlislarim butun sobiq SSSR hududida bor. Meni Toshkentda ham yaxshi ko‘rishlariga ishonaman. Uyda mening katta sandig‘im bor, u yerda turli sovg‘alar bor. Har xil otkritkalar, rasmlar, tavirlar va boshqa narsalar. Men ba’zan ularni birma-bir ko‘zdan kechirib, ushbu voqealar qachon bo‘lganini, kimlar bularni menga sovg‘a qilganini eslayman. Ularning har biri mening esimda.

Ko‘cha supurish — kelishgan qomat kafolati

- Armen Jigarxanyan teatrida ishlagan vaqtlaringiz farrosh bo‘lib ishlaganingiz rostmi?

— Ha. O‘sha paytlar Moskvada yashashga joyim yo‘q edi. Shuning uchun ham men ko‘cha supurar edim. Bu o‘sha vaziyatda muammoni hal qilishning eng qulay usuli edi. Menda kvartira ijaraga olish uchun pul yo‘q edi. Ertalabdan ko‘cha supurgan studentlarga esa kvartira berilar edi, natijada talaba boshpana topishi mumkin edi. Shunday qilib menda Moskva markazida bo‘sh besh xonali kvartira paydo bo‘lgan edi.

Ertalabdan men ko‘cha supurar edim, keyin repetitsiyaga yugurar edim. Men bunning or qiladigan joyi yo‘q deb hisoblayman. Bu juda oson va qiziqarli edi. Men uchun asosiysi — hamma narsaga ulgurish edi:  menga ajratilgan hovlini supurib, dush qabul qilish  va repetitsiyaga yugurish. Eng qo‘rqqanim — repetitsiyaga kech qolish edi. Lekin shuning hisobidan haligacha qaddi qomatim kelishgan.

© Sputnik / Stringer"Ivanushki International" vokalisti Oleg Yakovlev
Oleg Yakovlev na prezentatsii novogo klipa - Sputnik O‘zbekiston
"Ivanushki International" vokalisti Oleg Yakovlev
- Siz supurgan hovli qayerda edi?

— Moskva markazida. Vorotnikovskiy kichik ko‘chasida. "Minsk" mehmonxonasi orqasida. Hozir u joyning nomi o‘zgargan.

- Kutilmagan ob-havo yoki boshqa sabablarga ko‘ra repetitsiyaga kechikkan hollaringiz ham bo‘lganmi?

— Ha! Bo‘lgan albatta. Bunday hollarda mening kayfiyatim tushib ketardi.

- Bizning mushtariylarga biror niyatlaringiz bormi?   

— Men o‘zimning Toshkentdagi va butun O‘zbekistondagi do‘stlarimga, meni ijodimni sevib tinglaydigan muxlislarimga, meni hurmat qiladigan barchaga — chuqur ta’zim qilaman. Men barchangizning ota-onangiz, qarindoshlaringiz sog‘-salomat bo‘lishini, uyingiz to‘la mehmon bo‘lishini istayman. Sizlarda hammasi yaxshi bo‘lsin!

Yangiliklar lentasi
0