Moskvadan Buxoroga sayohat: bozor, vokzal, Rossiya

© Sputnik / Anton KurilkinLyudi na rinke v Buxare
Lyudi na rinke v Buxare - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir haftalik sayohat rejalashtirilayotgan joyda yakuniga yetmadi - bu haqda sayohatnomaning so‘nggi qismida o‘qiysiz

Anton Kurilkin

G‘aroyib kimogarlik va sho‘rdanak

Turistik dasturimning alohida bo‘limi bozor uchun ajratilgandi. Sharq bzori shunchaki bozor emas, balki butun bir o‘ziga xos xususiyatga ega va takrorlanmas madaniy hodisadir. Buxoroga do‘stlarimning ko‘plab buyurtmalari bilan yo‘l olgandim: kimdir ziravor, yana kimdir choy yoki quritilgan mevalar olib kelishimni so‘ragandi.

Bozorda ziravor sotib olish ham pulga mahsulot sotib olish emas, to‘laqonli marosimga o‘xshaydi.

© Sputnik / Anton KurilkinBuxorodagi bekat
Lyudi na avtobusnoy ostanovki radom s rinkom v Buxare - Sputnik O‘zbekiston
Buxorodagi bekat

Har qanday Sharq bozorining o‘ziga xosligi savdolashish imkoniyatining mavjudligidir. Bunda nafaqat pulingizni tejaysiz, balki savdolashish jarayonining o‘zidan rohat olasiz. O‘zingizga ma’qul kelgan mahsulotning narxini pasaytirish uchun sotuvchi bilan muloqotga kirishasiz. Bu muloqot judayam zavqli.

Sotuvchi avvaliga ziravorni nima uchun sotib olayotganingizni so‘raydi, nimalar olishingizga qiziqadi — va ko‘z oldingizda idishlardagi ziravolardan qoshiqchasida olib kerakli aralashmani tayyorlab beradi.

Tashqaridan qaraganda bu xuddi o‘rta asr kimogarlarining amallariga o‘xshab ketadi, lekin falsafiy tosh o‘rniga dimog‘ingizni qitiqlovchi, taomingizga ajoyib ta’m bag‘ishlovchi aralashma paydo bo‘ladi.

Quritilgan mevalar alohida mavzu. Rastalarda yo‘q narsaning o‘zi yo‘q: turli-tuman va ta’mga ega turshaklar, har xil rang va kattalikdagi mayizlar, yong‘oq, aralashmalar — sotib olishdan oldin har birini tatib ko‘rish mumkin.

Ammo eng ajoyib va asosiy mahsulot — sho‘rdanak — ular alohida joyda sotiladi. To‘g‘ri, ichi jigarrang narsa bilan to‘ldirilgan bir xil qoplardan iborat rasta alohida taassurot qoldirmaydi, lekin bizga qop emas, qop ichidagi narsa muhim.

Tajribamdan kelib chiqib aytishim mumkinki, aynan sho‘rdanak barcha do‘stlarimda bir xil holat kelib chiqishiga sababchi bo‘ldi: ular avvaliga tatib ko‘rishadi, keyin buning nima uchun bunday ajoyib ta’mga ega ekanligini tushunishga harakat qilishadi, keyin esa qayerdan olganingni, buni qanday tayyorlash mumkinligini so‘rashadi va nihoyat, Rossiyada tashlab yuborishadigan oddiygina danak ekanligini bilishgach, hayratga tushishadi.

Pul bozori

Barcha kerakli narsalarni sotib olgach, ozgina afsuslanish bilan bozorni tark etaman — hali qaytish uchun bilet sotib olishga ulgurishim kerak.

Buxara - Sputnik O‘zbekiston
Moskvadan Buxoroga sayohat: ertak-shahar, obidalar shahri

Yo‘lda yana bir mahalliy xususiyatni uchrataman — ko‘cha sarroflari. Aviakassalar oldida qo‘llarida bog‘lam-bog‘lam so‘mlarni ushlagancha o‘rta yoshli erkaklar yurishadi va valyuta sotib olishni taklif etishadi. Tashqaridan pul almashtirilayotganini ilg‘ash qiyin — operatsiya bir necha sekund davom etadi, faqat bir kishi boshqasiga bir bog‘lam pul berayotganini ko‘rish mumkin xolos. Qonun posbonlari qo‘liga tushib qolmaslik uchun pulfurushlar ham, ularning mijozlari ham ish bitishi bilanoq ajralishadi. Rasmiy kurs bilan farq anchagina kattaligi bois mijozlar ko‘p.

Sarroflarni bog‘lam pullaridan bilib olish mumkin — ular ko‘chada pulni yashirib o‘tirishmaydi. Bozorda esa valyutachilarni aniqlash qiyinroq — katta pul aylangani bois ular pullarni qo‘llarida emas, qora sellofan xaltalarga solib ko‘tarib yurishadi.

© Sputnik / Anton KurilkinSuvenir idishlar
Suvenirnie tarelki v Buxare - Sputnik O‘zbekiston
Suvenir idishlar

Buxorodan bilet topolmadim — arang ertaga Samarqanddan bo‘ladigan reysga bilet olishga ulgurdim. Rejalarim o‘zgardi — aeroportga yetib olishga ulgurishim kerak — bu oz-emas ko‘p emas 300 kilometr yo‘l degani.

Bu safar ham hafta oxirida Samarqandga borishi kerak bo‘lgan Bahodir jonimga oro kirdi, u meni deb safarini oldga surdi va o‘sha oqshomdayoq yo‘lga otlandik.
Uzoq yo‘l oldidan Buxorodagi qishloqlardan biridagi choyxonaga kirdik. Qishloqdagi kechki ovqat shahardagi ziyofatlardan keskin farq qiladi: bu yerda na palov, na sho‘rva taklif qilishadi — buning o‘rniga shashlik va choy berishadi. Bu yerda hamma bir-birini taniydi, shu bois choyxona nafaqat ovqatlanish muassasasi, balki o‘ziga xos madaniy markaz, qishloq ahlini o‘ziga chorlovchi maskandir.

Na ichkarida, na tashqarida bo‘sh joy topildi, ofitsiant yigitcha qayerdandir stol topib keldi va bizni joylashtirdi. Uzoq o‘tirishga vaqt yo‘q, tezda ovqatlanib, yo‘lga tushdik.

Trassa oldidagi shlagbumda bizni militsioner, mahalla uchastka noziri to‘xtatdi. Hujjatlarimizni tekshirgach, Bahodir bilan bir oz gaplashib turdi. So‘ngra jilmayganicha bizni o‘tkazib yubordi.

"Qayerdan kelayotganligingni so‘radi, — dedi Bahodir mashinaga o‘tirarkan. — Mehmon ekanligingni bilgach, seni yaxshilab kuzatib qo‘yishimni, O‘zbekistonni sharmanda qilmasligimni buyurdi".

Ulug‘bek yulduzi ostida

Samarqandga tunda kirib keldik. Parvozgacha bir necha soat vaqt bor, shuning uchun dam olishga ulguramiz. Ulug‘bek rasadxonasidan sal nariroqda to‘xtadik, bu yerni mahalliy aholi Ulug‘bek deb atarkan.

Pastux peregonyayet stado cherez dorogu - Sputnik O‘zbekiston
Moskvadan Buxoroga sayohat: Qoraqalpog‘iston va burgut bilan poyga

Bu yerda tun bo‘lishiga qaramasdan hayot qaynaydi: magazinlar ishlab turibdi, erkaklar beton supa ustida narda o‘ynab o‘tirishibdi (biz bu yerda to‘rt soat turgan bo‘lsak, ular narda o‘ynashdan bo‘shashmadi). Kimlardir Toshkent va Andijonga mashina borligini aytib yo‘lovchilarni chaqiradi, yo‘lovchilar joy egallash uchun shoshiladi.

Mashinada bir soatcha mizg‘igach, chigil yozish uchun pastga tushaman va oldimga bir yigit kelib so‘z qotdi. Moskvadan kelganimni bilgach, o‘zini Anvar deb tanishtirgan yigit Moskva viloyatida ishlaganini aytdi: bir necha yil ichida u santexniklikdan tortib Balashixada taksichilik ham qilibdi. Oktabrda yana bormoqchi ekan, lekin ikkilanib turibdi.

"Prava"larni taqiqlashdi. Ishlashga qo‘yishmayapti, "prava"ni qayta rasmiylashtirish bir necha o‘n mingga tushadi. Yana patentga to‘la, sug‘urtaga to‘la, yotoqqa to‘la — o‘zingga pul qolmaydi. Qanaqa ishda ishlashga ham hayronman", — deydi Anvar.

Suhbatimiz kutilmaganda bo‘lindi- uning yoniga bir necha kishi keldi va undan Toshkentga borishini so‘rashdi. U mashinaga o‘tirarkan, meni yana kelishga va unikida mehmon bo‘lishga taklif qildi.

"Anvar desang bu yerda meni hamma taniydi, shu atrofda yashayman", — dedi u.

Tong yorishdi, sotuvchilar issiqqina nonlarni keltira boshlashdi. Yangi kun boshlanmoqda.

"Men albatta qaytaman"

Quyoshning ilk nurlari ostida Samarqand aeroportiga yo‘l olamiz — shahar manzarasi mo‘’jizakor, qaytishga to‘g‘ri kelganidan, Sharq marvaridi bo‘ylab sayr qilishga vaqtim yo‘qligidan ko‘nglim g‘ashlanadi. Men ko‘rmagan, bilmagan yana qancha narsalar qolib ketapti. Uylar, ko‘chalar, bozorlar, odamlar — barcha-barchasi e’tiborni tortadi. Hattoki uylarning oddiygina darvozasini ham soatlab tomosha qilish mumkin — ularning bari bir-biridan boshqacha, ajoyib naqsh va gullar bilan bezatilgan.

Aeroportning o‘zi ham tongda shu qadar go‘zalki — yashillika burkangan oynavand bino. Ichkarida hammasi yuqori darajada tashkillashtirilgan. Hattoki odatda tartibsizlikka aylanadigan samolyotga o‘tirish ham tezda va ortiqcha daxmazalarsiz o‘tadi.

Kazaxstansko-uzbekskaya granitsa - Sputnik O‘zbekiston
Moskvadan Buxoroga sayohat: chegarada yoxud chegarasiz sabr

Bojxonada kutilmagan hol yuz berdi: agar mamlakatga kirayotganimda buyumlarimni tekshirishmagan bo‘lishsa, ketayotganimda hamma narsamni tekshirishdi: rukzagimni ochib ko‘rishdi, kitobimni varaqlashdi, ziravorlar solingan xaltani ochishdi, hattoki hamonimning har bitta bo‘lmasini ko‘rib chiqdi. Hech qanday qonunga xilof ish qilmagan va hech qanday taqiqlangan narsa olib ketmayotgan bo‘lsangiz ham bu jarayon asabingizni buzadi. Lekin tartibga bo‘ysunish kerak.

Shaxsiy tekshiruv ham sinchkovlik bilan o‘tdi: buyumlarim rentgen skaneri va metall qidirgichdan o‘tganidan keyin kiyimlarimni paypaslab ko‘rishdi va barcha texnikani ko‘rsatishim hamda yoqishimni so‘rashdi — xodim uning ishlashiga va kontrabanda tashish vositasi sifatida foydalanmayotganimga ishonch hosil qilishi kerak ekan.

Shunday ekan, bu mo‘’jizakor shaharga kelgan turistlar mana shunday jarayonlarga tayyor turishlari kerak. Buning hech qanday qo‘rqinchli tomoni yo‘q va ko‘p vaqtni olmaydi, lekin bunday holatga ko‘nikmaganlar o‘zlarini noqulay his etishlari mumkin. Biroq xavfsizlik hamma narsadan ustun turadi.

Nihoyat barcha tekshiruvlar ortda qoldi va men keng va yorug‘ kutish zalida o‘tiribman. Bir bufet ishlab turibdi, ofitsiant yo‘lovchilarga choy va kofe tayyorlayapti. Kofe yaxshi ekan, narxi ham aeroportlarning yovvoyi narxlaridan ancha arzon.

Harbiy libos kiygan kishilar nigohi ostida laynerga yo‘l olamiz. Samolyot belgilangan vaqtda mehmondo‘st o‘zbek zaminidan ko‘tariladi va meni Moskvaga olib ketadi. Qadim shahar masjid va madrasalarining moviy gumbazlariga ko‘zim tushar ekan, bu shaharga yana albatta qaytaman degan fikr xayolimdan o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0