TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. O‘zbek avtosanoati so‘ngi olti oy mobaynida o‘tgan 25-yilda duch kelmagan sinovlarni boshdan o‘tkazmoqda. Mamlakatga yangi rahbar kelishi bilan mahalliyt avtomobil sanoati sekin-asta bo‘lsada, ammo mijozlartomon eltadigan yo‘lga burila boshladi.
Avtosalonlarni qachonlardir, ulkan navbatlarda turib bo‘lsa ham, ishg‘ol qilgan o‘zbekistonliklar shu kechayu-kunduzda salonlar yonidan beparvo o‘tib ketishmoqda. Sputnik O‘zbekiston muxbirlari nega bunday holat yuzaga kelganiga aniqlik kiritishga harakat qildi.
"Shapka"sini tayyorlang…
O‘zbek avtosanoatining bundan oldingi davriga izoh beradigan bo‘lsangiz "shapka" so‘zidan boshqa mos so‘z topa olmaysiz. Ha, to‘g‘rida, nima deb o‘ylagandingiz, faqat nemis yoki yaponlar o‘z mashinalarini sotishga ustami? Yanglishdingiz, bu borada o‘zbeklar oldiga tushadigani yo‘q. Buni isbotlash uchun oddiy ekperimentni amalga oshirdik va bir nechta chet elliklarga O‘zbekistonda mahalliy avtomobillar savdosi qanday amalga oshirilishini tushuntirdik. Xorijliklarga O‘zbekistonda mijozlar avtomobil xarid qilish imkonini beruvchi shartnomani qo‘lga kiritish uchun sotuvchilarga "shapka" berishini aytganimizda, ular bizning gaplarimizni hazil, deb o‘ylashdi.
Chunki boshqa davlatlarda dilerlar mijoz ulardan avtomobil xarid qilishi uchun turli chegirma va opsiyalarni taklif qiladilar, bizda esa hammasi aksincha…
Bu ish so‘nggi yillarda o‘lik nuqtadan bir oz siljidi ham: hukumat Rossiya va Ukraina mashinalariga nisbatan stavkalarni qaytadan ko‘rib chiqdi. Ammo hatto shunga qaramay, bu mashinalar mahalliy avtomobillardan qimmatroq bo‘lib qolaverdi. Natijada, raqobatdan chetda qolgan avtosanoati ochiqchasiga xaddidan osha boshladi. (Mijozlar baribir aylanib-aylanib sizning oldingizga kelar ekan, mahsulot sifati haqida qayg‘urish yoxud mijozlarni eshitishning nima keragi bor)
Shu tufayli avtosanoat o‘zining bozordagi mavqeyini diskriminatsiya usullari bilan mustahkamlay boshladi: shartnoma to‘lovini 85% oldindan to‘lash talabini qo‘yishgacha bordi.
Yana bir qiziq jihati — mijozlarga, ular o‘z peshona teri bilan topgan pullariga sotib olgan avtomobillarini xarid qilingan kundan boshlab bir yil davomida sotish ta’qiqlandi. Bu olib sotarlarga qarshi kurash uchun amalga oshirilayotgani idddao qilindi. Xaridorlar bunga javoban, agar rasmiy dilerlik tizimi yaxshi ishlaganida, hech kim olib sotar va o‘rtakashlarga murojaat qilmasligini ta’kidlashardi.
Do‘zax azoblari
Mashina xarid qilish uchun kishi deyarli do‘zaxdan o‘tishga majbur etiladi. Avvaliga mijoz xalqqa shartnomalar qachon tarqatilishini kutib ydi. Odatda bu — bir yilda ikki marta ikki-uch kundan muddatda amalga oshirilardi.
Shu bilan birga xaridor avtomobil komplektatsiyasi va rangini tanlash imkonidan mahrum etilgandi, ya’ni berishganini olishga mahkum edi.
Mashina uchun to‘lov
Bu tizim shu qadar alg‘ov-dalg‘ov ediki, beixtiyor xayolingizga butun tizim korrupsiya botqog‘iga botgani haqida yomon o‘ylar kelardi, xolos. Avtomobillarning aksariyati O‘zbekiston banklarida rasman sotilmaydigan valyuta — dollarga sotilardi.
Odamlar valyutani qora bozordan bozor kursida olib, so‘ngra banklarga olib borib, rasmiy kurs bo‘yicha topshirishardi.
Bunday ikir-chikirlar tufayli avtomobilning ikkilamchi bozordagi narxlari yangi avtosalondagiga nisbatan 10-20 % qimmat turardi.
Shu tariqa O‘zbekistonda biznesning alohida bir turi paydo bo‘ldi. Bunda odamlar avtomobillarni salonlarda xarid qilib, bir yil kutib, ularni mashina bozoriga olib chiqib, ustiga yaxshigina pul qo‘yib sota boshladilar.
Ammo odamlar bu yerda ham bir yildan ortiq navbatda turishlar bo‘layotgani, hatto bu muddatdan keyin ham ular o‘z avtomobillarini salondan chiqara olmayotganliklari haqida shikoyatlar qila boshladilar. Navbatni tashkil qilishda shaffoflik yo‘qligi ta’siridanmi, dillerlar yana bemalol "shapka" olish bilan shug‘ullana boshladilar.
Ammo shunda kutilmaganda o‘zbek avtosanoati asosiy tashqi bozori bo‘lmish — Rossiyada krizis vujudga keldi.
Savdo hajmi bir necha marotaba qisqardi va mashinalarni qo‘yishga joy topilmay qoldi.
Mana shundagina dilerlar o‘zlari istamagan tarzda odamlarga qayta boshladilar va bu ish avvalida savdoda so‘m evaziga sotiladigan avtomobillar paydo bo‘ldi. Avvaligatalab unchalik katta bo‘lmagan avtomobillar so‘m evaziga sotila boshladi. Bora-bora avtomobil yetkazib berish muddati —2-3oygacha qisqardi, ayrim talab katta bo‘lgan avtomobillar esa olti oy deganda o‘z manziliga yetkazib berila boshladi.
2017 yilning 1-iyunidan boshlab GM Uzbekistan o‘zining barcha avtomobillari faqat so‘mda sotilishi e’lon qildi.
To‘g‘ri, odamlarning hammasi so‘m evaziga mashina xarid qilishni xohlardi, ammo so‘mga sotiladigan avtolar narxi 30%ga oshirilgani ko‘pchilikda xarid qilish istagini o‘z-o‘zidan yo‘qqa chiqardi.
Bundan tashqari, mashina narxi Markaziy bank tomonidan e’lon qilinadigan dollar narxiga bog‘dab qo‘yildi. Bu — avtomobil narxi dollar oshgani sayin ko‘tarilib boraveradi deganidir. Masalan "Kaptiva" 10-iyun holatiga ko‘ra 211 million 523 ming so‘m tursa (54 594 dollar), kelgusi haftada, dollar deylik 30 so‘mga oshsa, "Kaptiva"ning narxi o‘z o‘zidan 213 million 213 ming so‘mni tashkil qiladi.
Bilib qo‘ygan yaxshi
Avtomobil xarid qilish uchun chiqarilgan yangi tartib xaridorni quvontirayotgan yagona holat bo‘lib qolmoqda. Misol uchun GM Uzbekistan o‘z tarixida birinchi marta sotuvda mavjud bo‘lgan avtomobillar soni aniq ko‘rsatilgan avtosalonlar ro‘yxatini e’lon qilib bormoqda. Endilikda mijozdan talab qilinadigani — u salonlarning biriga pasporti va INN bilan borishi lozim. U yerda diler uni maxsus portalda ro‘yxatdan o‘tkazadi va bu bilan o‘ziga xos elektron navbatga qo‘yadi.
Joriy yil oktabr oyidan boshlab esa avtomobil xaridini internet yordamida amalga oshirish mumkin. Buning uchun mijozdan GM Uzbekistan portalida ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Buning uchun so‘ralayotgan ma’lumotlar — pasporti seriyasi va raqami, INN raqamini kiritish kerak bo‘ladi. Yuridik shaxslar esa avtorizatsiya davomida elektron raqamli imzodan foydalanishlari kerak bo‘ladi.
Portal u tariqa avtomatik tartibda navbatga qo‘yishni amalga oshiradi. Shundan so‘ng portal tomonidan generatsiya qilinadigan navbatga muvofiq, diler xaridorni shartnoma tuzish imkoniyati haqida oldindan xabardor etadi.
Ikkala holatda ham — ya’ni shaxs yoki internet yordamida navbatga qo‘yilgan taqdiringizda — diler sizni ikkita yo‘l bilan sharnoma tuzish imkoniyati haqida xabardor etadi — telefon aloqasi yordamida, elektron pochta yoki SMS orqali.
Bu yerda e’tibor qaratishingiz lozim bo‘lgan narsa — diler tomonidan ogohlantirilgach uch kun ichida mijoz diler bilan bog‘lanmasa avto xarid qilish haqidagi ariza bekor bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Mashina xarid qilish uchun sharnoma faqatgina ariza bergan shaxs bilan tuziladi.
Ya’ni GM Uzbekistan portali orqali o‘tmagan shartnomalar haqiqiy deb tan olinmaydi.
O‘z navbatida mijozlar portal orqali onlayn tartibda o‘z navbati holatini kuzatib borishlari mumkin.
Avtomobil sotish nizomida endilikda ularni naqd pul, pul o‘tkazish yoki platik kartochkalar yordamida xarid qilish mumkinligi ham aytib o‘tilgan. Yetkazib berish muddatlari ham aniq belgilangan: misol uchun avtosalonda mavjud mashina mijozga pul o‘tkazilganidan so‘ng bir kun davomida yetkazib berilishi lozim, yig‘iladigan avtomobillar esa 60 yoki 90 kun davomida yetkazib beriladi.
Agar mijoz o‘zi buyurtmasi asosida yig‘dirsa avtomobilni yetkazib berish muddati 120 kunga cho‘zilishi mumkin.
Yetkazib berish muddatiga amal qilinmagan taqdirda bosh kompaniya diler bilan shartnomani bekor qilishi mumkin.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.