TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. GM Uzbekistan ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil narxini to‘lash turlariga aniqlik kiritdi.
Xabarda keltirilishicha, jismoniy shaxslarga avtomobil yetkazib berish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
— Jismoniy shaxslarga tijorat banklari tomonidan avtomobilni xarid qilish uchun beriladigan iste’mol krediti hisobidan yoki jismoniy shaxslarning omonat (depozit) hisob raqamlaridagi mablag‘lardan pul o‘tkazish yo‘li orqali;
— Faqatgina xaridor nomiga rasmiylashtirilgan jismoniy shaxsning plastik kartochkasi orqali.
Yuridik shaxslarga avtomobilni yetkazib berish quyidagicha amalga oshiriladi:
— Yuridik shaxslarning banklardagi depozit hisob raqamlaridan, pul mablag‘larini qonunda belgilangan tartibda pul o‘tkazish yo‘li orqali;
— Tijorat banklari tomonidan yuridik shaxslarga yoki yakka tadbirkorlarga avtomobil xarid qilish uchun berilgan kredit hisobidan, ssuda hisob raqamlaridagi mablag‘lardan pul o‘tkazish yo‘li orqali.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.