TOShKENT, 25 apr — Sputnik. GM Uzbekistan kompaniyasining gmuzbekistan.uz saytida yangi elektron xizmat paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda carzone.uz.
Xabarda aytilishicha, endi mijozlarda tuzilgan shartnoma bo‘yicha elektron navbatda turish imkoni mavjud.
Buning uchun quyidagi sahifaga o‘tiladi hamda shartnomaning tartib raqami va pasportning seriya raqami (yuridik shaxslar uchun STIR) kiritiladi.
Kiritish oynachasining ostidagi "Natija" (Rezultat) tugmasi bosilgach, tegishli ma’lumot oynada aks etadi, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda O‘zbekiston televideniyesi orqali O‘zbekiston avtosanoatidagi muammolarga bag‘ishlangan ko‘rsatuvda avtosalonlardan mashina olish hamda navbatlar borasida aholidan ko‘plab e’tirozlar tushayotganligi e’tirof etilgandi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.