TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. GM Uzbekistan kompaniyasi urush qatnashchilarining korxonada ishlab chiqarilgan avtomobillarni olishlari tartibiga oydinlik kiritdi.
Bu haqda kompaniyaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilindi.
"Kelib tushayotgan ko‘p sonli savollarni inobatga olib, iste’molchilarga quyidagini ma’lum qilamiz: 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilariga berilgan nomli sertifikatlar asosida tuziladigan yangi shartnomalarda 2017-yil 31-mayigacha amal qilgan narxlar qo‘llaniladi. Bundan tashqari avtomobillar veteranlarga navbatsiz beriladi", deyiladi xabarda.
Kompaniya qo‘shimcha ma’lumotlarni olish uchun +99871 141-77-77 telefon raqamiga murojaat etishni so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 1-iyunidan boshlab GM Uzbekistan kompaniyasi o‘z avtomobillari narxi oshganligini e’lon qilgandi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.