GM Uzbekistan avtomobillarining so‘mdagi narxlari paydo bo‘ldi

© Gazeta.uzPartiya avtomobiley GM Uzbekistan
Partiya avtomobiley GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtomobillar so‘mda sotilsada, lekin ularning narxi dollarning rasmiy davlat kursiga bog‘liqligicha qoladi. Yangi narxlar avvalgilariga nisbatan o‘rtacha 30% ga oshirilgan, ayrim OAVlar xabariga ko‘ra narxlar yana 25-30 %ga oshishi mumkin.

TOShKENT, 1-iyun – Sputnik. O‘tgan haftada O‘zbekiston prezidentining 85-sonli GM Uzbekistan avtomobillarini O‘zbekiston ichida milliy valyutada sotish haqida qarori chiqqan edi.

Avtbomobil Chevrolet Malibu - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan 1-iyundan boshlab avtomobillari so‘mda sotishni boshlaydi

Bugun internnetdagi “Voditeli Tashkenta”  ijtimoiy guruhi sahifalarida mahalliy dilerlar uchun belgilangan  avtomobil narxlari paydo bo‘ldi. Preyskurantdan ko‘rinib turibdiki, GM Uzbekistanavtomobillarining  yangi narxlari so‘mda ko‘rsatilgan.

Uning yonidagi qatorda, narxlar dollarda ko‘rsatilgan, varaqning yuqori qismida dollarning bugungi rasmiy kursi ham qayd etilgan.Bundan ko‘rinib turibdiki yangi so‘mdagi narxlar dollar kursiga bog‘liq va uning o‘zgarishiga qarab avtomobil narxlari ham har hafta o‘zgarib turadi.   

Undan tashqari, mahalliy OAVlar xabar berishiga ko‘ra, yangi narxlar  avvalgilariga nisbatan o‘rtacha 30% ga oshirilgan, ayrim OAVlar xabariga ko‘ra narxlar yana 25-30 %ga oshishi mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0