Tojikiston matbuoti: tojiklar va o‘zbeklar do‘stligi abadiy!

© SputnikTojikistonda O‘zbekiston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Tojikistonda O‘zbekiston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘tkazildi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan haftada Tojikistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir mahalliy ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi

TOShKENT, 16-may — Sputnik. Tojikistondagi "Avesta", "ASIA-Plus" va "Xovar" axborot agentliklari saytlarida O‘zbekiston madaniyati kunlarining boy mazmuniga bag‘ishlangan qator maqolalar e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Jahon" AA.

O‘zbekiston sanoati mahsulotlari Tojikistonda o‘tkazilgan yarmarkada namoyish etildi. - Sputnik O‘zbekiston
Do‘stlik mustahkamlandi: O‘zbekiston va Tojikiston 35 mln $lik shartnoma imzoladi
Ularda 10-may kuni Dushanbeda Sadriddin Ayniy nomidagi opera va belet davlat akademik katta teatrida Tojikistonda O‘zbekiston madaniyati kunlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tgani aytiladi. "Tadbirda Tojikiston hukumati va Dushanbeda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari, ijodkor ziyolilar qatnashdilar".

Maqolalarda Tojikiston Madaniyat ishlari vaziri Shamsiddin Orumbekzodaning quyidagi so‘zlari keltiriladi:

"Biz o‘zbek qardoshlarimiz uchun hamisha ochiqmiz, dedi Sh.Orumbekzoda — deyiladi maqolalarda. — Men tojik va o‘zbek xalqlari do‘stligining abadiyligiga ishonaman. Tojikistonda O‘zbekiston madaniyati kunlariga anchadan buyon tayyorgarlik ko‘rib kelayotgandik, mana o‘sha kun ham yetib keldi — do‘stlarimiz shu yerda. O‘zbekiston vakillarining dasturlari keng qamrovli, bu yerga taniqli xonandalar, o‘zbek san’atining yulduzlari tashrif buyurishdi. Biz hurmatli mehmonlarimizni olqishlaymiz. Bu biz uchun katta bayramdir".

"O‘z navbatida, — deb yozadi Tojikiston matbuoti, — O‘zbekiston Madaniyat ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Hojimatov mazkur tadbir va xalqlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni shunday izohladi:

Shamsiddin Orumbekzoda na press-konferensii Ministerstva kulturi RT - Sputnik O‘zbekiston
Tojikistonda O‘zbekiston madaniyat kunlari bo‘lib o‘tmoqda
- O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida diplomatik aloqalar 1992-yilda o‘rnatilganiga qaramay, xalqlarimiz do‘stligi ildizlari asrlar qa’riga borib tutashadi, — dedi O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari. — Sir emaski, madaniyat va san’at hamma zamonlarda ham xalqlarni birlashtiradi. Aynan shunday aloqalar vositasida bir xalqning an’analari boshqasiga o‘tadi. Biz Dushanbeda o‘z do‘stlarimizni ko‘rib turganimizdan xursandmiz. Ularning chehralaridagi tabassum bizga ham quvonch ulashmoqda. Madaniyat kunlari xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash yo‘lidagi yana bir ko‘prikdir".

Nashrlar xabar berganidek, teatrda o‘zbek suratkashlarining "Zamonaviy O‘zbekiston" deb nomlangan ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

"Ko‘rgazma tashkilotchilarining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston — qadimiy tarixga ega bo‘lgan mamlakat hisoblanadi. Uning har bir viloyati milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan to‘yingan an’analarga boydir. Ushbu jihatlar bu yerda o‘zbekistonlik suratkashlarning 50 ta suratida aks ettirilgan lavhalarda ham o‘z tasdig‘ini topgan.

Jumladan, Abdug‘ani Jumayevning "Xalqaro forumlar saroyi", "O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo‘lchiyeva", Farhod Qurbonboyevning "Mustaqillik ko‘priklari", Rustam Shagayevning "Janublik chempion" va Vladimir Jirnovning "Tungi Registon", "O‘zbekistonning qishki manzaralari" kabi suratlari shular jumlasidandir. Ularda rang-barang tabiat manzaralari, qadimiy me’moriy obidalar, O‘zbekistonning mustaqillik yillarida erishgan muvaffaqiyatlari, milliy bayramlari va xalq an’analari mohirona aks ettirilgan.

Surxondaryoning Uzun tumanidagi to‘ydan surat - Sputnik O‘zbekiston
To‘ymisan, to‘y: tojikistonlik polvonlar Surxondaryoda kurash tushdi

Ushbu ko‘rgazma turli yoshdagi va har xil yo‘nalishlarda faoliyat yuritadigan o‘zbek suratkashlarining asarlarini bir yerga jamlagan".

O‘quvchilarni Tojikistonda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston madaniyati kunlari dasturi bilan tanishtirishda davom etgan, Axborot agentliklari maqolalarida S.Ayniy nomidagi opera va balet davlat akademik katta teatrida o‘zbek san’atkorlarining tomoshabinlarga unutilmas quvonch baxsh etgan konserti ham bo‘lib o‘tgani haqida so‘z yuritiladi. "O‘zbekiston" davlat ashula va raqs guruhining chiqishlari barchaga zavq bag‘ishlagani aytiladi.

"Tojikistonlik san’at ixlosmandlari o‘zbek opera va estrada yulduzlarining qo‘shiqlarini sevib tinglashdi. Ayniqsa, O‘zbekiston xalq artisti G’ulomjon Yoqubov o‘zining mashhur "Yor ekansiz, o‘ylasam" qo‘shig‘ini kuylaganda tomoshabinlarning, ayniqsa, keksa yoshdagilarning chehralaridagi quvonchni hamda Madaniyat kunlari O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlikning mustahkamlanishidan darak berayotgani uyg‘otgan umidni sezish mumkin edi”.

Yulduz Usmonova - Sputnik O‘zbekiston
Yulduz Usmonova Tojikistonda konsert beradi
Tojikiston matbuoti tadbir dasturidan O‘zbekiston kinosi kunlari ham o‘rin olgani va u bir necha kinofestivallar sovrinlariga sazovor bo‘lgan "Ota" filmining namoyishi bilan ochilgani haqida xabar beradi.

Tojikiston Madaniyat ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari Ibodulla Mashrab o‘zbek kinoijodkorlari XX asr ekran durdonalari yaratilishida ulkan hissa qo‘shishganini ta’kidladi, — deyiladi maqolada. — Xususan, I.Mashrab, "biz o‘zbek do‘stlarimizda bu sohada katta tajriba borligini bilamiz, O‘zbekiston kino sanoatining yaxshi an’analarini bugungi ijodkorlar munosib davom ettirishmoqda", deya qayd etdi.

12 may kuni "Ko‘hi Navro‘z" kinoteatrida O‘zbek kinosi kunlarining davomi sifatida muxlislar "Oyqiz ertagi" filmini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar".

Vistavka yarmarka produksii promishlennix tovarov Respubliki Uzbekistan 2017 - Sputnik O‘zbekiston
Dushanbedagi ko‘rgazmada O‘zbekiston mahsulotlari talash bo‘lmoqda
Tadbirning ikkinchi kuni haqida batafsil ma’lumot berar ekan, portallar Tojikistonga o‘z madaniyatlarini namoyish etish uchun kelgan o‘zbek san’at ustalari 11-may kuni Xalton viloyatining ma’muriy markazi — Qo‘rg‘ontepa shahriga borishgani haqida xabar beradi. "O‘zbekiston vakillari bu yerda shaharning tarixi bilan tanishdilar, viloyat muzeyi va kutubxonasida bo‘ldilar. Ato Muhammadjonov nomidagi teatrda o‘zbek san’atkorlarining avvalroq dushanbelik tomoshabinlarga quvonch ulashgan konserti bo‘lib o‘tdi", deyiladi maqolalarda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0