Do‘stlik mustahkamlandi: O‘zbekiston va Tojikiston 35 mln $lik shartnoma imzoladi

© SputnikO‘zbekiston sanoati mahsulotlari Tojikistonda o‘tkazilgan yarmarkada namoyish etildi.
O‘zbekiston sanoati mahsulotlari Tojikistonda o‘tkazilgan yarmarkada namoyish etildi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikistonga Ravon avtomobillarining yetkazib berilishi Dushanbe va Toshkent o‘rtasida imzolangan bitimlar orasida katta salmoqqa ega bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Tojikiston va O‘zbekiston biznes doiralari vakillari umumiy qiymati 35 million dollarlik 20ta bitimni imzoladilar, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston Tojikiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi matbuot-xizmatiga tayangan holda.

O‘zbekiston tovarlarining Dushanbe shahrida o‘tkazilgan namoyishi katta muvaffaqiyatlar bilan o‘tdi, deb yozadi nashr.

Vistavka yarmarka produksii promishlennix tovarov Respubliki Uzbekistan 2017 - Sputnik O‘zbekiston
Biznes-forum yakunlari: O‘zbekiston Tojikistonga nimalar eksport qiladi?
Xabarga ko‘ra, "Poytaxt-90" savdo markazida o‘tkazilgan to‘rt kunlik ko‘rgazma tojikistonliklar orasida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan. Ko‘rgazmaning barcha kunlarida odamlar "oqib" kelishgan: tashrif buyuruvchilar bir palatkadan ikkinchisiga shoshilmay o‘tar, tovarlarni maqtar, savdolashar va yetkazib berilishi imkoniyatlari haqida surishtirardilar, deb yozadi nashr.

Aytilishicha, ayniqsa Ravon avtomobillari tojikistonliklarda katta qiziqishini uyg‘otgan. Yaqin orada bu avtomobillar Tojikistonga yetkazib berila boshlaydi, hozircha esa mezbonlar avtomobillar saloni va kapotini tomosha qilish hamda narxini surishtirish bilan cheklanishdi.

"Lesinvest" kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yil yanvaridan buyon Tojikistonda Ravon seriyasining 8 dona avtomobili sotilgan. Yaqin oylar ichida Tojikistonda Ravon avtozavodi vakolatxonasi ochilishi rejalashtirilmoqda. Bu bilan avtomobillar sotuvi oshishiga umid qilinmoqda.

Tojikistonda yaqinda chet el markalaridagi avtomobillarga davlat boji kamaytirilganini inobatga oladigan bo‘lsak, o‘zbek avtomobillariga talab ortishi shubhasiz, deb yozgan nashr.

Aytgancha, ancha vaqtdan buyon orzu qilib yurilgan avtomobillardan tashqari, Tojikistonda boshqa o‘zbek tovarlari, masalan, dori vositalari ham paydo bo‘lishi kutilmoqda, deyilgan xabarda.

Bundan tashqari, ikki mamlakat sement zavodlari, kimoviy reagentlar va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalari o‘rtasida shartnomalar imzolangan. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari realizatsiyasi bo‘yicha protokol imzolangan.

Yangiliklar lentasi
0