TOShKENT, 12-may – Sputnik. 14-may kuni dunyoning 110 mamlakati vakillari vakillari Pekinga “Bitta belbog‘ – bitta yo‘l” forumida ishtirok etish uchun yetib kelishadi.
“Bitta belbog‘ – bitta yo‘l” iqtisodiy forumi ahamiyat jihatidan 1958-yilda boshlangan Yevropa Ittifoqini tashkil qilish tashabbusi bilan barobardir. Bunday ulkan masshtabda o‘zaro aloqalar o‘rnatish tashabbusi hali dunyoda bo‘lmagan”, — deydi Xitoy xalqaro munosabatlar instituti direktori Van Ivey.
Uning fikriga ko‘ra, ushbu forum butun dunyo iqtisodining bir necha yillik taqdirini hal qilishi mumkin.
Tashabbus
“Ipak yo‘li iqtisodiy kamari” hamda “XXI asr Dengiz Ipak yo‘li” global loyihalari Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin tomonidan dastlab 2013 yilda taklif qilingan edi.
“Biz bir-birimizning qo‘limizni mahkam tutib zamon chaqiriqlarni kutib olishimiz kerak. Tarixni dovuraklar yaratadi. Kelinglar o‘zaro ishonchni mustahkamlaylik, yorqin kelajak sari birgalikda qadam tashlaylik”, — degan edi XXR raisi Si Szinpin o‘shanda.
Xitoy hukumatining ushbu tashabbusi, dunyoda global moliyaviy-iqtisodiy krizis sodir bo‘gan vaqtda, jahon hamjamiyatini o‘zaro integratsiya qilish va iqtisodiy rivojlanishning yangi uslublarini topish maqsadida taklif qilingan edi.
Bu yilgi forum oldida turgan asosiy maqsadlardan biri, bu dunyo hamjamiyatiga Xitoy tomonidan taklif qilingan ushbu tashabbusda nafaqat Xitoyning, balkim dunyoning o‘nlab mamlakatlari turli darajada ishtirok etayotganini ko‘rsatishdir.
“Ipak yo‘li iqtisodiy belbog‘i” – o‘zi nima
Xitoy dunyoning yetakchi mamlakati sifatida, ushbu umuminsoniy rivojlanish dasturi uchun, o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, katta mablag‘ ajratishni va’da bergan edi.
“Bitta belbog‘ – bitta yo‘l” tashabbusi, iqtisodiy resurslar tartibli va erkin harakat qilishini ta’minlash, ularni samaraliroq taqsimlash, bozor integratsiyasini chuqurlashtirish, “belbog‘” bo‘ylab joylashgan mamlakatlar iqtisodiy siyosatini o‘zaro muvofiqlashtirish, hududiy hamkorlikni kengaytirish, chuqurlashtirish va uning hammani qamrab olgan, ochiq shaklini tashkil etishdir. Buning natijasida barcha hamkorlarda barqaror rivojlanishga imkon paydo bo‘ladi.
Buyuk transport koridorlari
“Ipak yo‘li iqtisodiy kamari” tashabbusi doirasida butun Yevroosiyo qit’asini kesib o‘tgan uchta transport koridori tashkil qilish ko‘zda tutilgan:
Shimoliy: Xitoy – O‘rta Osiyo — Rossiya – Yevropa.
Markaziy: Xitoy – O‘rta Osiyo, G‘arbiy Osiyo – Fors ko‘rfazi va O‘rta yer dengizi.
Janubiy: Xitoy – Janubi-Sharqiy Osiyo – janubiy Osiyo – Hind okeani
Undan tashqari, loyiha doirasida ikki yo‘nalishdan iborat “Dengiz Ipak yo‘li” tashkil qilinadi. Dengiz Ipak yo‘li ham ikki yo‘nalishdan iborat bo‘ladi.
Birinchisi — Xitoy qirg‘oqlaridan Janubiy Xitoy dengizi orqali Janubiy Tinch Okeani hududiga chiqish. Ikkinchisi — Xitoy qirg‘oqlaridan Janubiy Xitoy dengizi va Hind okeani orqali Yevropa bilan bog‘lash tashabbusi.
E’lon qilingan yana bir ulkan loyiha bu Moskva va Pekin orasida tezurar poyezd harakatini yo‘lga qo‘yish. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning yozida Xitoyning dastlabki yuk poyezdi Qozog‘iston, Rossiya va butun Yevropani kesib o‘tib Buyuk Britaniyaga yetib kelgan edi.
Pulini kim to‘laydi
Ushbu global loyihani ro‘yobga chiqarish uchun Xitoy tashabbusi bilan ikkita yirik moliya manbai tashkil qilgan edi. Ulardan biri “Ipak yo‘li” fondi bo‘lib unga Xitoy hukumati tomonidan 40 milliard dollar mablag‘ ajratilgan. Ushbu fond hisobidan 2015-iyunida Pokistonda Karot GESi qurib bitkazildi.
Ikkinchi yirik moliya manbai “Osiyo Infraqurilma Sarmoyalari banki”bo‘lib, uning tarkibiga 57 mamlakat sarmoya kiritgan. Ustav kapitali 160 millard dollar bo‘lgan bankning eng yirik sarmoyadorlari Xitoy (26%) Hindiston (7,5%) va Rossiya (5,92 %)dir.
2013 —2016 yillarda Xitoy korxonalari “Ipak yo‘li” bo‘lbog‘i bo‘ylab joylashgan mamlakatlar iqtisodiga 60 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritishgan, 56 ta erkin savdo va sanoat zonalari tashkil qilishgan, va 1000dan ortiq qo‘shma korxonalar tashkil qilishgan. Ular birgalikda 18000 ish o‘rinlari yaratib, 50 mlrd dollarlik mahsulot ishlab chiqarishgan.
Masalaning boshqa tomoni
Shu bilan bir vaqtda, ayrim mamlakatlar ushbu tashabbusini Xitoyn o‘zing geosiyosiy ta’sirini kuchaytirish maqsadida amalga oshirgan deyishmoqda.
“Bitta belbog‘ – bitta yo‘l” tashabbusini faqat Xitoy loyihasi deb hisoblash xato, chunki Xitoy nima qilsa ham u boshqa mamlakatlar korxonalari bilan qilmoqda. Demak gap birgalikda rivojlanish haqida ketmoqda”, — deydi Tom Miller Gavekal Research kompaniyasining tahlilchisi.
“Bu yerda hech qanday geociyosiy yo‘nalish yo‘q. Bu strategiya emas. Dastlab bu Xitoy va bir necha mamlakatlarning ikki taraflama loyihalar sifatida ko‘ringan edi, lekin ayrim loyihalarda Xitoy umuman ishtirok etmasligi mumkin. Bu mamlakatlar orasida global aloqalar o‘rnatish tashabbusidir. Xitoy esa ushbu g‘oyani taklif qilgan mamlakat xolos ”, — deydi Shanxaydagi Fudan universitetining xalqaro izlanishlar Instituti dekani, professor Shen Dinli.
“Xitoy – globallashuvni qo‘llab-quvvatlaydi. Xitoy turli g‘oyalar uchun ochiq. Xitoy nafaqat o‘z g‘oyalarini oldinga surmoqchi, balki u boshqalar fikrin ham eshitmoqchi. Gap mamlakatlar nafaqat ikki taraflama balkim ko‘p tomonlama aloqalar o‘rnatishi mumkinligi haqida ketmoqda”, — deydi Xitoy Savdo vazirligining Yevropa departamenti sobiq Bosh direktori Sun Yunfu.
Kimlar keladi
14-15 may kunlari bo‘lib o‘tayotgan forumda dunyoning 110 mamlakatidan 1200 nafar vakillar ishtirok etishi rejalashtirilgan. Forumda 29 mamlakatning oliy rahbariyati tashrif buyurishadi, jumladan Vladimira Putin, Nursulton Nazarboyev, Aleksandr Lukashenko va Shavkat Mirziyoyev.
AQSh – yangi ma’muriyati o‘z iqtisodiga nisbatan himoyachilik siyosatini o‘tkazayotganiga qaramasdan o‘z delegatsiyasini ushbu forumga yuboradi.
Buyuk Britaniya va Germaniya ham ushbu forumga eng oliy rahbariyatini bo‘lmasada, iqtisodiyot sohasidan vakillarini yuboradi.
Shimoliy Koreya. Dunyoning ko‘plab mamlakatlari tomnidan Shimoliy Koreyaga nisbatan ta’qiqlar qo‘yilgan bo‘lishiga qaramasdan, Xitoy ushbu mamlakatni ham “Bitta belbog‘ – bitta yo‘l” forumiga taklif qilgan. Rossiya Sharqshunoslik instituti eksperti Aleksandr Voronsovning fikriga ko‘ra, bu bilan Xitoy Shimoliy Koreyani tinchlik yo‘liga qaytishga undamoqchi.
Forumni XXR raisi Si Szinpin, Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda BMT bosh kotibi Antoni Guterrishlar ochishi e’lon qilingan.
Ochiq manbaalardan olingan ma’lumotlar asosida.