O‘zbekiston Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishida qatnashadi

Obuna bo‘lish
Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston loyihalashtirilayotgan temir yo‘li Xitoyni Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda Afg‘oniston, Eron va Turkiya orqali Sharqiy Yevropa bilan bog‘laydi

TOShKENT, 26 dek — Sputnik. O‘zbekiston tomoni Qirg‘izistonning Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Almazbek Atambayevning O‘zbekistonga tashrifi yakuni yuzasidan prezident devoni tashqi siyosat bo‘limi mudiri Sapar Isakov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Nuz.uz.

Xitoy Temir yo‘li - Sputnik O‘zbekiston
"Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston" temiryo‘li qurilishi muhokama qilindi

Isakov Qirg‘iziston va O‘zbekiston prezidentlarining Samarqanddagi uchrashuvlari chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning kun tartibidagi barcha masalalari, jumladan, Ipak yo‘li iqtisodiy kamari doirasidagi loyihalar muhokama qilinganligini bildirdi.

"Masalan, uch tomonlama temir yo‘l loyihasi mavjud. O‘zbekiston tomoni Qirg‘izistonning temir yo‘li qurish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi", — dedi Isakov hamda loyiha bo‘yicha uchala davlat o‘rtasida hech qanday kelishmovchilik yo‘qligini bildirdi.

Ilgari xabar qilinganidek, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston loyihalashtirilayotgan temir yo‘li Xitoyni Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda Afg‘oniston, Eron va Turkiya orqali Sharqiy Yevropa bilan bog‘laydi.

Yangiliklar lentasi
0