
Yaqinda Qozogʻiston va Xitoy chegarasida ulkan tranzit majmuasi ochildi. Uning nomi Xorgos — Sharqiy darvoza.
Choʻl oʻrtasida qurilgan yangigina Altinkol temir yoʻl bekati binosidan olti yoʻnalishda temir yoʻl izlari uzoqlarga choʻzilib ketgan. Hozirgina Xitoydan kelgan poyezddan maxsus kran konteynerni olib yuk mashinasiga ortdi. Yuk mashinasi boʻlsa kontenerni qoʻshni yoʻlda turgan poyezdga yetkizdi. Ushbu konteyner Altinkoldan bekatidan chiqib Yevroosiyo hududida yoki undanam uzoqlarda joylashgan mamlakatlarga yoʻl oladi.
Aynan shu yoʻnalishda qadim zamonlarda Xitoydan yuk ortilgan tuyalr karvoni magʻrur qadam tashlab oʻtgan. Zamonaviy Buyuk Ipak yoʻlidan esa tezyurar yuk poyezdlari qatnaydi. Altinkolda yangi “Ipak yoʻli”ning ikki xil temir yoʻl tizimi uchrashadi: sharqiy va gʻarbiy. Xitoydan “tor” temir yoʻl izi kelib Qozogʻiston va sobiq Ittifoqning “keng” temir yoʻl izi bilan uchrashadi.
Altinkol Oʻrta Osiyoda eng katta quruqlik porti. Qozogʻiston respublikasining milliy loyhasi boʻlgan “Xorgos – Sharqiy darvoza” loyhasi choʻlda 6 ming gektar joy egallagan. Altinkol bekati yonida yaqinda ulkan omborxona paydo boʻladi. Uning nomi “Quruq port”, maydoni 18 ming konteynerga moslashgan, yuklarni saralash va joʻnatish uchun terminallari bilan jihozlangan.
Hozirgi kunda Xitoy mahsulotining 98% dengiz orqali tashiladi. Xorgos ushbu koʻrsatkichni oʻzgartirish imkoniga ega. Chunki quruqlik orqali yuklar 2-3 baravar tezroq yetib boradi.
Qayta tugʻilayotgan “Ipak yoʻli” haqidagi infografikamizni tomosha qiling.