OTB O‘zbekiston milliy avtomagistrali qurilishiga 150 mln $ ajratdi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishMagistral qurilishida yo‘l-qurilish texnikasi
Magistral qurilishida yo‘l-qurilish texnikasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mablag‘ A-380 magistralining “G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beynau” bo‘lagini ta’mirlash uchun ishlatiladi.

TOShKENT, 15 dek – Sputnik. Osiyo Taraqqiyot banki Direktorlar kengashi O‘zbekistonga 150 million dollar kredit berishni ma’qulladi. Respublika Moliya vazirligi tasarrufidagi Yo‘l fondi vakilining so‘zlariga qaraganda ushbu kredit milliy avtomagistral qurilishiga sarflanadi.

OTB qarzi 25-yilga berilgan bo‘lib, 5-yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan. Imtiyozli davr mobaynida kredit bank stavkasi LIBOR stavkasiga asoslangan, ya’ni nisbatan past bo‘ladi.

Bu, 2011-yilda tasdiqlangan, O‘zbekiston milliy avtomagistral qurilish uchun ajratilgan 500 mln $ mablag‘ning, oxirgi uchinchi transhi bo‘lib, “G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beynau” avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun ishlatiladi. Xususan ushbu yo‘lning 87km bo‘lagini 2 qatorli asfalt  qoplamdan 4 qatorli sement-beton qoplamga almashtirishga sarflanadi.

Birinchi 2 transh 2011-2012 yillarda ajratilgan bo‘lib mamlakat sharqidagi A-373 yo‘lini qayta qurishga sarflangan edi.

Hozirgi vaqtga kelib O‘zbekiston milliy avtomagistral qurilishiga OTB kreditlari hisobidan  1,1 milliard  dollar sarflandi. Mablag‘lar A-373 magistralining “Toshkent – Andijon” bo‘lagi va  A-380 magistralining “G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beynau” yo‘llarini ta’mirlash va kengaytirishga sarflangan.

 

Yangiliklar lentasi
0