Sifatga to‘liq javob berasiz: Mirziyoyev standartlashtirish tizimini isloh qildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishLaboratoriyada mikroskop ustida olib borilayotgan ish
Laboratoriyada mikroskop ustida olib borilayotgan ish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Standartlashtirish tizimini islohot qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad bu — qonunchilik bazasini takomillashtirish, agentlik laboratoriyalari, mintaqaviy markazlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy yuqori aniqlikka ega o‘lchash va tekshirish apparaturasi bilan qayta jihozlash hamda boshqaruv tizimini tubdan o‘zgartirishdir

TAShKENT, 2-maya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z qarori bilan standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan islohotlarni ishga tushirdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Toshkentdagi Kadisheva bozori - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston bozorlarini Xitoyning sifatsiz mahsulotlari bosgan - "O‘zstandart"
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur sohada muammolar anchadan buyon davom etmoqda. Jumladan, ekspertlar hisobiga ko‘ra, "O‘zstandart" agentligining tashkiliy tuzilmasi xalqaro talablarga javob bermagan hamda belgilangan vazifalarning samarador bajarilishi ta’minlanmagan edi. Ayniqsa, ISO xalqaro tashkiloti standartlarini qabul qilish ishi yaxshi tashkil etilmagan edi. Milliy standartlashtirish hujjatlari fondida ularning ulushi atigi 13 foizni tashkil etadi.

Bundan tashqari, agentlik respublika korxonalariga xalqaro sifat boshqaruvchi tizimlarini joriy etish bo‘yicha ko‘mak berish ishida oqsamoqda. Nihoyat, respublikaning mavjud etalon bazasi sanoatning alohida sohalarida qo‘llanuvchi yuqori aniqlikdagi uskunalarni metrologik nazorat bilan qamrash imkonini bermas edi.

Mashina mobilnoy laboratorii operatora svazi Uzmobile - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda mobil laboratoriyalar uyali aloqa sifatini tekshiradi
Ushbu yangi qaror mualliflarining fikriga ko‘ra, qabul qilingan islohotlar mazkur sohadagi vaziyatni tartibga keltiradi. "Yo‘l xaritasi" sifatida davlat yetakchisi tomonidan tasdiqlangan 2017-2020 yillarda "O‘zstandart" agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish va ish samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi bo‘ladi.

Shu yerda bir qancha yo‘nalishlar: hususan, soxada qonuniy bazani takomillashtirish, zamonaviylashtirish va agentlik laboratoriyalari hamda mintaqaviy markazlarini modernizatsiya qilishni, zamonaviy yuqori aniqlikka ega o‘lchash va tekshirish apparaturasi bilan qayta jihozlash alohida e’tiborga loyiq.

Bundan tashqari, 2 mingdan ortiq xalqaro standartlarni bosqichma-bosqich qabul qilish orqali ularning standartlashtirish bo‘yicha meyoriy hujjatlar milliy fondidagi ulushini ikki barobarga oshirish hamda 9 mingdan ortiq korxonada xalqaro standartlarga mos keladigan sifat menejmenti tizimlarini joriy etish ko‘zda tutilgan. 2020-yilga qadar bunday korxonalar sonini 4,6 barobarga oshirish rejalashtirilgan.

"O‘zstandart" agentligi laboratoriyalarini xalqaro darajada tan olingan tashkilotlarda akkreditatsiya qilish yo‘li bilan ularda amalga oshirilgan sinov natijalarining jahon miqyosida tan olinishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, "O‘zstandart" agentligi xodimlar salohiyatini oshirish va uning faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etiladi.
Shu bilan birga, davlat rahbari sohaning boshqaruv tizimini jiddiy silkitdi. Bunga misol sifatida, ushbu qaror bilan

Yevrodon ishlab chiqarish sexi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekistonni kurka go‘shti bilan ta’minlaydi
"O‘zstandart" agentligi qoshida "O‘zbekiston muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish markazi" va "O‘zbekiston milliy metrologiya instituti" davlat korxonalari tashkil etildi hamda "Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi" davlat korxonasini qayta tashkil etishni nazarda tutgan holda "O‘zstandart" agentligining yangilangan tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.

Birinchi tuzilma muvofiqlikni baholash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish, muvofiqlikni baholash organlari va metrologik xizmatlarni xalqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiya qilish, shuningdek, muvofiqlikni baholash organlari va metrologik xizmatlari tomonidan belgilangan shartlar va talablar bajarilishi ustidan inspeksiya nazoratini amalga oshiradi.

Kartoshka yig‘ib olinmoqda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Rossiyaning oliy navli kartoshkasi yetishtiriladi
Ikkinchi tuzilma esa O‘zbekiston Respublikasi Milliy etalonlar bazasini takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish, etalonlar, eng yuqori aniqlikdagi o‘lchov vositalarini saqlab turish, ularni xalqaro darajada solishtirish, shuningdek, o‘lchov birliklarini saqlash va uzatish, ularning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiqish, metrologik nazorat natijalarini o‘zaro tan olish bo‘yicha xalqaro shartnomalarni amalga oshirish, metrologik tekshiruvni va metrologiya sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish vazifalari bilan shug‘ullanadi.

Tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturining samarali ijrosini ta’minlash maqsadida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus ishchi guruh tashkil etildi.

Paxta - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda BCI talablariga mos paxta yetishtiriladi
Qaror mualliflari ushbu qarorning amalga oshirilishi milliy standartlarni xalqaro talablar bilan moslashtirish hamda zamonaviy sifat menejmenti tizimlarini keng joriy etadi. Mahalliy mahsulotlarning raqobatdoshligi oshiriladi va tashqi savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etib, mahalliy mahsulotlarni eksport qilishda milliy laboratoriyalar tomonidan amalga oshirilgan o‘lchash va sinov natijalarining chet ellarda tan olinishi uchun asos yaratiladi.

Shuningdek, sanoat tarmoqlarida qo‘llanilayotgan yuqori aniqlikdagi asboblarni to‘liq metrologik tekshiruvdan o‘tkazib, bir qator etalonlar va eng yuqori aniqlikda o‘lchash vositalarini xarid qilish orqali milliy korxonalarning xorijiy mamlakatlar metrologiya institutiga bog‘liqligini kamaytirish imkonini beradi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0