O‘zbekistonda BCI talablariga mos paxta yetishtiriladi

Obuna bo‘lish
BCI — bu paxta yetishtirish usullarini yaxshilash, shuningdek, paxtachilikning ekologiya va insonlar salomatligiga ta’sirini kamaytirishga chaqiruvchi xalqaro notijorat tashkiloti

TOShKENT, 24 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) ijtimoiy mas’ul va ekologik barqaror paxta ishlab chiqarish bo‘yicha loyihani amalga oshiradi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Kuni kecha Toshkentda taqdimoti o‘tkazilgan mazkur loyihaning asosiy maqsadi O‘zbekistonda Better Cotton Initiative (BCI) talabiga javob beradigan, paxtaning barqaror biznes-modelini yaratishdir.

BCI — bu paxta yetishtirish usullarini yaxshilash, shuningdek, paxtachilikning ekologiya va insonlar salomatligiga ta’sirini kamaytirishga chaqiruvchi xalqaro notijorat tashkiloti. H&M, Levi's, Adidas, Nike va trikotaj mahsulotlarining boshqa mashhur brendlari BCI dasturi asosida yetishtirilgan paxta xom ashyosini sotib oladi.

Xalqaro moliya korporatsiya vakillarining fikricha, BCI uslubidan foydalanish o‘zbek fermerlariga tannarxni pasaytirgan holda paxta yetishtirish hajmini oshirish imkonini, tekstil ishlab chiqaruvchilariga esa jahon bozorida o‘z mavqelarini mustahkamlash imkonini beradi.

Paxta hosili - Sputnik O‘zbekiston
Modifikatsiyalangan paxta O‘zbekistonga 250 mln$ daromad keltiradi

"O‘zbekiston tomoni ijtimoiy mas’ul va ekologik barqaror paxta ishlab chiqarish bo‘yicha loyihani amalga oshirish rejasini yanada takomillashtirish borasida qator takliflar kiritdi. Xususan, paxta yetishtirishning texnologik kartasini ishlab chiqish, zarur mutaxassislar tayyorlash tizimini tashkil etish, loyihani amalga oshirish jarayonini avtomatlashtirish, unda ITdan foydalanish, qayta aloqa mexanizmini tashkil etish, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston fermerlar kengashini hamkor sifatida jalb etish takliflari berildi", — qayd etildi kasaba uyushmalari federatsiyasida.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekistonda 54 mingdan ziyod fermer xo‘jaliklari "oq oltin" yetishtirish bilan shug‘ullanadi.

Jahonda 86 davlat paxta yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Ulardan 33tasi yiliga 100 ming tonnadan ortiq va faqat sakkiz davlat yiliga bir million tonnadan ortiq paxta xom ashyosi tayyorlaydi. O‘zbekiston keyingi besh yil davomida paxta yetishtirish bo‘yicha jahonda oltinchi va paxta tolasini eksport qilish bo‘yicha beshinchi o‘rinni egallab kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0