Rossiya O‘zbekistonni kurka go‘shti bilan ta’minlaydi

© Sputnik / Sergey Subbotin / Mediabankka o‘tish"Yevrodon" ishlab chiqarish sexi
Yevrodon ishlab chiqarish sexi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Yevrodon" kompaniyalar guruhi O‘zbekistonga halol mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi

TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Rossiyadagi kurka go‘shti ishlab chiqaruvchi eng yirik "Yevrodon" kompaniyalar guruhi O‘zbekistonga halol mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar berdi kompaniya vakili RIA Novostiga.

Uning aytishicha, mahsulotlar shuningdek, Ozarbayjon va Qirg‘izistonga ham yetkazib beriladi.

"Muzlatilgan hamda qayta ishlangan "halol" belgisi ostidagi mahsulotlarimiz kelishuvlar mavzuyi bo‘ldi va Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qirg‘iziston bozorlarida ishlovchi eksportchilar bilan shartnomalarga erishildi", — dedi agentlik suhbatdoshi "Prodekspo-2017" ko‘rgazmasi yakunlari haqida gapirarkan.

"Yevrodon" kompaniyasi 2003-yildan buyon kurka yetishtirish sohasida faoliyat olib boradi. Kompaniya Rossiya bozorida kurka go‘shtini tayyorlash va qayta ishlash bo‘yicha yetakchilardan hisoblanadi.

Mahsulotlarning halol ekanligi tegishli standartlar asosida sertifikatlashtirish jarayoni orqali tasdiqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0