TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Uzmobile milliy aloqa operatori mobil laboratoriyalar yordamida uyali aloqa sifatini tekshirish bo‘yicha keng miqyosli dasturni amalga oshirishni boshlaydi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Hozirda kompaniya Finlyandiyaning taniqli Anite Finland ishlab chiqaruvchisidan o‘lchov qurilmasini xarid qilmoqda. U barcha CDMA 450, 2G/3G/4G mobil standartlaridagi aloqa sifatini tekshirish imkonini beradi. Mazkur o‘lchov majmuasi butun O‘zbekiston hududi bo‘ylab aloqa xizmati taqdim etish sifatini aniqlash uchun harakatlanadigan zamonaviy mobil laboratoriyalar uchun asos bo‘ladi.
Shu bilan birga, drayv-test tizimi ham joriy etiladi. Undan aloqa sifati ko‘cha, trassa va temiryo‘llarda, tunnellar, piyodalar yo‘lkalarida harakatlanish chog‘idagi hamda yopiq binolardagi aloqa sifatini tekshirishda foydalaniladi. O‘tkazilgan o‘lchovlar natijalari asosida mobil aloqaning turli standartlari tarmoqlarini muntazam takomillashtirib borish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy aloqa operatori yaqin besh yil ichida abonentlari sonini 11 million kishigacha yetkazishni ko‘zda tutmoqda. Shu tarzda 2021-yilga kelib kompaniya mahalliy uyali aloqa bozorida yetakchi o‘rinni egallashi lozim.
2017 yilda nafaqat viloyat markazlarida, balki olis qishloq maskanlarida ham tarmoqni yaxshilash va kengaytirish maqsadida butun respublika bo‘yicha bir yarim mingta yangi baza stansiyalarini qurish va foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.