O‘zbekiston bozorlarini Xitoyning sifatsiz mahsulotlari bosgan - "O‘zstandart"

© UZ24.UZToshkentdagi Kadisheva bozori
Toshkentdagi Kadisheva bozori - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zstandart" agentligi O‘zbekiston aholisini ogohlikka chaqirmoqda

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqolpog‘iston Respublikasiga tashrifi chog‘ida "O‘zstandart" agentligiga ichki iste’mol bozorlarini himoyalashni yanada kuchaytirish hamda sifatsiz import mahsulotlarni savdoga chiqarilishi oldini olish vazifasini yuklagan edi.

O‘zbekiston bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Made in Uzbekistan - chet el mahsuloti bilan bellasha oladigan texnologiyalar taqdim qilindi
"Mazkur topshiriqning ijrosini ta’minlash maqsadida agentlikning hududiy boshqarma va markazlari tomonidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi", — deb xabar qilmoqda agentlik matbuot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan "O‘zstandart" agentligi respublikaning yirik bozorlari va savdo shahobchalarida sotilayotgan mahsulotlarni sertifikati va sifati tasdiqlangan holda sotilayotganligi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazgan.

Tadbirlar davomida O‘zbekistonning turli hududlaridagi 41 ta bozor va savdo shaxobchalarda sotilayotgan mahsulotlarning 34 turdagi 2779 ta mahsulotlardan 2013 tasi ya’ni 72,4 %i sertifikatsiz, sifati kafolatlanmagan holda iste’molchilarga sotilayotgan holati aniqlangan.

Ushbu mahsulotlarning aksariyati Xitoy davlatida ishlab chiqarilanligi ma’lum bo‘ldi.

"Hurmatli iste’molchilar! Biror bir mahsulotni xarid qilayotganda albatta sertifikatini so‘rashni unitmang", — deya o‘zbekistonliklarni ogohlantirgan agentlik.

Yangiliklar lentasi
0