O‘zbekiston saylovdan keyin YeOIIga kirish haqida o‘ylab ko‘radi - ekspert

© foto iz lichnogo arxivaPlexanov nomli RIU dotsenti Mariya Yermilova
Plexanov nomli RIU dotsenti Mariya Yermilova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik iqtisodchi Mariya Yermilova O‘zbekiston va YeOII a’zolarining ushbu ittifoqqa qo‘shilishda o‘zaro qiziqish borligi va ushbu yo‘ldagi muammo va tahlikalar haqida gapirdi.

TOShKENT, 13 okt — Sputnik, Anton Kurilkin. Yerevanda Yevroosiyo ittifoqining birinchi Xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda. YeOII va O‘zbekistonning kelajakdagi hamkorligi haqida Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti, Moliya boshqaruvi fakulteti dotsenti Mariya Yermilova so‘zlab berdi.

— O‘zbekistonda YeOIIga qo‘shilishga qiziqish bormi, Yevroosiyo ittifoqi ham shuni xoxlaydimi?

— Integratsiya qilish uchun o‘zaro qiziqish bor. YeOII Toshkentning ushbu ittifoqqa qo‘shilishini istaydi.  Buning sabablari bir nechta: mamalkatlar orasidagi tovar almashish darajasi, O‘zbekistonning rivojlangan temiryo‘l tizimi va mamlakatning strategik joylashgan o‘rni ham.

Visokoskorostnoy elektropoyezd Afrosiab - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qozog‘iston temiryo‘l transporti sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

Toshkent qanday fikrda ekanligi hozircha noma’lum. Islom Karimov doimo mamlakat betarafligini saqlashga harakat qilib kelgan, lekin undan keyingi rahbarlar YeOII va Rossiya bilan yanada yaqinroq hamkorlik qilishga tayor.   

O‘zbekiston birinchi prezidenti vafotidan keyin mamlakatda kichik qayta qurish boshlandi. Hokimiyat integratsiyani chuqurlashtirishga bel bog‘lagan. O‘zbekiston korxonalari Bojxona Ittifoqi mamlakatlari bozorlarida o‘z ulushlarini saqlab qolishi kerak. Tashqi siyosiy muhit ham Toshkentga bosim o‘tkazmoqda. Qozog‘iston va Qirg‘iziston YeOIIga a’zo bo‘ldi, Tojikiston ham Ittifoqqa kirish istagini bildirdi. O‘zbekiston Shimol va Sharqdan Yevroosiyo ittifoqi a’zolari bilan “o‘rab olingan”.

— YeOIIga kirish O‘zbekiston uchun qanday samara bergan bo‘lar edi?

— YeOIIga kirishning iqtisodiy natijalari haqida gapirishdan oldin, bir narsaga aniqlik kiritishimiz kerak: bugungi kunda iqtisodiy qarorlar siyosiy sabablarga ko‘ra qabul qilinmoqda. O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishi bilan ham vaziyat shunday. Respublika rahbariyati YeOIIga a’zo bo‘lish,  Xitoy bilan o‘rnatilgan izchil aloqalarga zarar yetkizishi mumkinligidan xavotirda. Asli esa bunday emas. Xitoy va YeOII mamlakatlari (Ayniqsa Rossiya va Qozog‘iston) orasida chambarchas hamkorlik o‘rnatilgan.  

YeOII a’zo davlatlar bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Yevroosiyo ittifoqi yagona valyutaga o‘tishi mumkin

Tashqi iqtisodiy va siyosiy munosabatlarni saqlab qolishdan tashqari, Respublika rahbariyati birinchi navbatda mamlakat ichidagi vaziyat haqida ham o‘ylashi kerak. Bu borada muammolar bor.

Bugungi kunda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish darajasi kamaymoqda. Qo‘shnlar bilan bo‘layotgan muammolar ham iqtisodiy ko‘rsatgichlarga salbiy ta’sir qilmoqda. Bugungi kunda Rossiyada yuz berayotgan iqtisodiy krizis natijasida avtomobillar savdosi kamayishini kutish mumkin. Ishlab chiqaruvchilarga savdo hajmini oshirish kerak bo‘lgan paytda – bozor hajmi qisqarmoqda. 

Yana bir muammo – mehnat migratsiyasi. O‘zbekistonlik mehnat migrantlari bugungi kunda YeOII mamlakatlarida yuridik va moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ayni damda Ittifoqning boshqa mamlakat fuqarolari uchun – bunday muammollar yo‘q. Ish beruvchilar ham ko‘p hollarda Bojxona Ittifoqi mamlakatlari fuqarolarini yollamoqda.

Prezident RF V. Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin: kelajakda Katta Yevroosiyo hamkorligi tashkil qilinishi mumkin
Ustiga ustak, iqtisodiy krizis vaqtida Rossiya iqtisodida ish o‘rinlari keskin kamayib bormoqda. Bu ham o‘z navbatida O‘zbekiston iqtisodiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ishsizlar sonini ortirmoqda. Ko‘plab O‘zbekiston fuqarolari o‘z mamlakatlarida ish izlamoqda (kerakli ish o‘rinlari esa – hali yaratilmagan). Ishsiz uyda o‘tirish esa – hech kimning hayotini yaxshilamaydi.

Va nihoyat, Toshkent transport xizmatlaridan mo‘maygina daromad olishi mumkin edi. Hukumat buni tushunadi, lekin buning uchun Rossiya va Qozog‘iston bilan hamkorlik loyihalari tashkil qilish kerak.

Ushbu muammolarning barchasini YeOIIga a’zo bo‘lish bilan hal qilish mumkin. Bu O‘zbekiston uchun qo‘shni mamlakat bozorlariga kirish, migrantlar oldidan yuridik to‘siqlarni olib tashlagan va transport xizmatlaridan daromad olish imkoni yaratgan  bo‘lar edi.

Moskva xalqaro avtosaloni 2016 - Sputnik O‘zbekiston
Moskva avtosaloni: Avtovaz va Ravon yangi modellari

O‘zbekiston avtomobil sanoatini va Rossiya avtomobil bozorini misol sifatida olsak. Rossiyada krizis tufayli avtomobil savdosi susaymoqda, bir qarashda bozorda sotiladigan avtomobillar soni o‘sishiga imkon yo‘qdek tuyulmoqda. Lekin aslida bunday emas. Bugun rossiyaliklarning avtomobilga bo‘lgan talabi o‘zgargan. Endi avtomobil —  hasham emas, oddiy transport vositasi sifatida qabul qilinmoqda. Ayniqsa katta shaharlarda. Ravon mahsuloti esa (sobiq UZDaewoo) ikki katta yutuqqa ega, ular: mahsulot narxi va tejamkorligi. Aholi daromadi kamaygan vaqtda tejamkor mahsulotga talab kuchayadi. Shuning uchun rossiya bozorida yuz berayotgan o‘zgarishlar o‘zbek avtomobillari savdosi oshishiga olib kelishi mumkin. YeOIIga a’zo bo‘lish esa soliq va bojlar hajmini kamaytirib, xaridor uchun avtomobil yakuniy narxini pasaytirishga olib keladi. Bu esa, albatta,  mahsulotning bozordagi raqobatbardorligini oshiradi.

Sobiq SSSR mamlakatlari orasida iqtisodiy ittifoq muqarrar

YeOIIga a’zo bo‘lish, mehnat migratsiya sohasida ham yutuqlarga olib kelishi mumkin. Bir tomondan Bojxona Ittifoqi mamlakatdan ketayotgan migrantlar oldida to‘siqlarni kamaytirib ularni ishga yollashni osonlashtiradi. Ikkinchida esa, O‘zbekistonga yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish imkoni yaratadi. Bunday mutaxassislarga bugungi kunda, masalan sanoatda va IT sohalarida talab bor.

YeOIIga kirish O‘zbekiston iqtisodi uchun qanday muammolar yaratishi mumkin?

— Bu sohada ma’lum muammolar bor. Bugungi kunda YeOII a’zolari ikki guruhga bo‘lingan: bir tomondan rivojlangan iqtisodga va aholi turmush darajasi yuqori bo‘lgan Qozog‘iston va Rossiya,  ikkinchi tomondan esa – iqtisodi o‘rtacha rivojlangan Belorussiya va Armaniston. Ittifoqqa a’zo bo‘lgandan keyin ma’lum vaqt davomida salbiy natijalar  biroz oshishi mumkin, chunki yangi sharoitga moslashish uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi.

— YeOIIga a’zo bo‘lish jarayoni qancha vaqt talab qilishi mumkin?

— Yangi a’zolar qabul qilishdan oldin Yevroosiyo ittifoqi o‘zining yuridik va moliyaviy sohalarida tartib o‘rnatishi kerak. Undan tashqari Ittifoq o‘zining obro‘sini oshirish ustida ham ishlashi kerak. Sobiq SSSRning ayrim mamlakatlarida (masalan Ukrainada) Yevroosiyo ittifoqini SSSRni qayta tiklash harakati sifatida qabul qilishmoqda. Ularning tasavvuricha, YeOIIga a’zo bo‘lish, avtomatik ravishda boshqa mamlakatlar bilan munosabatlarni cheklashga olib keladi. Albatta, bu noto‘g‘ri.

YeAES davlatlari bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston
Nazarbayev: YeOII bu iqtisodiy uyushma, hech kim SSSRni tiklamoqchi emas
YeOII rahbariyati bugungi kunda chet el mamlakatlarining turli tashkilotlari va yirik korxonalarini hamkorlikka chorlamoqda. Bu o‘z navbatida raqobatbardosh mahsulot yaratish va iqtisodni rivojlantirish imkonini beradi. YeOIIni boshqa mamlakatlardan ajratish esa – a’zo mamlakat mahsulotlarining raqobatbardorligi tushishiga olib keladi.

Nima bo‘lganda ham, O‘zbekistonning YeOIIga darhol a’zo bo‘lishini kutish kerak emas. Saylovlar natijasini kutib turish kerak. Saylovda g‘olib chiqqan nomzodga esa, mamlakat yangi iqtisodiy va siyosiy dasturini yaratish uchun vaqt kerak bo‘ladi. A’zo bo‘lish haqida qaror qabul qilingan taqdirda ham tashkilotga kirish uchun ancha vaqt kerak bo‘ladi. Ko‘plab maslahat va muzokaralar o‘tkazish, ayrim rasmiy masalalarni hal qilish kerak bo‘ladi.

O‘zbekiston rahbariyati betaraflik siyosatini saqlab qolishga qaror qilsa nima bo‘ladi?

— Shunday bo‘lgan taqdirda ham, qo‘shnilar bilan munosabatlar buzilmaydi. Bugungi kunda YeOII va Rossiyaning o‘zi ham O‘zbekiston bilan faol hamkorlik qilmoqda. Munosabatlarni bekor qilishni hech kim istamaydi. Ustiga ustak, YeOII va O‘zbekiston bir-biriga ma’naviy va madaniy jihatdan yaqin. Bunga birgalikda kechgan tarix sabab. Xitoy bilan bunday o‘zaro yaqinlik va tushunish yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0