Nazarbayev: YeOII bu iqtisodiy uyushma, hech kim SSSRni tiklamoqchi emas

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishYeAES davlatlari bayroqlari
YeAES davlatlari bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi bu faqat iqtisodiy uyushmadir, hech kim SSSR ni tiklamoqchi emas, dedi Nursulton Nazarboyev AQSh ijtimoiy siyosiy vakillari bilan uchrashuvda.

TOShKENT, 1 apr – Sputnik. Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi  bu faqat iqtisodiy uyushmadir, hech kim SSSR ni tiklamoqchi emas, dedi Nursulton Nazarboyev, RIA Novosti xabariga asosan.

Qozog‘iston prezidenti rasmiy tashrif bilan Vashingtonda Yadroviy xavfsizlik sammitida qatnashmoqda. Tashrif davomida Nazarboyev AQShning siyosiy va ijtimoiy arboblari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida Qozog‘iston prezidenti  Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi  tovarlar, xizmatlar va kapital va mehneat resurslari harakati uchun tashkil qilingan iqtisodiy uyushmadir, hech kim SSSR ni tiklamoqchi emas, dedi.

“Shuni ta’kidlamoqchimanki, hech kim SSSRni qayta tiklamoqchi emas. “Sovuq urush”davridan qolgan fikrlarni unutish kerak. Ular bizga kelajakka qarashga xalal bermoqda. Yevroosiyo Istisodiy Ittifoqi bu faqat iqtisodiy uyushmadir”, — deb Nazarboyevning so‘zlarini keltiradi matbuot xizmati.   

YeAES(YeOII)  - bu Bojxona ittifoqi va yagona iqtisodiy hudud doirasida tashkil qilingan xalqaro integratsion iqtisodiy uyushmadir. U 2015-yilning 1-yanvaridan ishga tushdi. Hozir YeOIIning a’zolari bu Rossiya, Armaniston, Belorussiya, Qozog‘iston va Qirg‘izistondir.

Yangiliklar lentasi
0