TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston temiryl sanoati sohasidi bir necha qo‘shma korxonalar qurishga kelishib olishdi, deb xabar berdi Qozog‘iston elchisi Yerik Utembayev.
Uning so‘zlariga qaraganda tomonlar turli ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonalar va temiryo‘l infrastrukturasi qurish haqida bir necha muzokaralar o‘tkazishdi.
“Yaqinda “Qozog‘iston temir yo‘llari” delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif bilan kelgan edi. Muzokaralar davomida bir qator qo‘shma korxonalar tashkil qilish va birgalikda ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini tuzildi. Hozir ushbu loyihalar aynan rivojlanish bosqichida. Biz ishlab chiqarishga oid texnik detallarni muhokama qilishga kirishdik”, — dedi elchi.
Qozog‘istonlik diplomat so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda ikki mamlakat birgalikda zamonaviy vagonlar, lokomotivlar, temir yo‘l relslari hamda ehtiyot qismlar ishlab chiqarishi mumkin. Birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotlar O‘rta Osiyo va MDH bozorida o‘z ulushiga ega bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston vaQozog‘iston temiryo‘lchilari tezurar poyezdlar ishlab chiqarish borasida ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayor. Buning uchun ular Qozog‘istondagi Ispaniyaning Talgo zavodi quvvatlaridan foydalanishmoqchi. O‘zbekistonda bugungi kunda tezurar poyezdlar harakatini yo‘lga jadal rivojlanib bormoqda.
“O‘zbekiston Temir yo‘llari besh yildan beri Ispaniyaning Talgo korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan 4 yetakchi va 18 yo‘lovchi vagonlardan foydalanmoqda. Ushbu poyezd O‘zbekistonda “Afrosiyob” nomini olgan va bugungi kunda Toshkent – Qarshi yo‘nalishida harakat qilmoqda.
Yaqin ikki oy davomida yana to‘rt bosh vagon va 20 yo‘lovchi vagonini va ikki vagon-restoran olib kelish rejalashtirilgan. Ushbu vagonlardan ikki temiryo‘l poyezdi tuzilib, ulardan har biri 287 yo‘lovchi tashish imkoniga ega bo‘ladi. Poyezdlar umumiy qiymati 42 mln dollarni tashkil qiladi.
Kelajakda amalga oshiriladigan ishlar ko‘p bo‘lganligi tufayli, ikkala tomon hamkorligining kelajagi porloq ko‘rinadi.