Putin: kelajakda Katta Yevroosiyo hamkorligi tashkil qilinishi mumkin

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin
Prezident RF V. Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelajakda Ipak yo‘li Iqtisodiy kamari, YeOII, ShHT va ASEANga a’zo bo‘lgan mamlakatlar ishtirokida Katta Yevroosiyo hamkorligi tashkil qilinishi mumkin. Hamkorlik barcha uchun ochiq bo‘ladi va yangi a’zolar o‘zaro hurmat prinsipi asosida qabul qilinadi.

TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Hindiston poytaxtida bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammitining asosiy mavzulari: terrorchilikka qarshi kurash, Suriyadagi tinchlik o‘rnatish va jahon iqtisodiyotini barqarorlashtirishdir.

BRIKS sammiti bilan bir vaqtda Hindiston poytaxtida Vladimir Putin va Narendra Modi ishtirokida Rossiya – Hindiston ikkiyoqlama sammiti bo‘lib o‘tadi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin terrorchilikka qarshi kurashda kuchlarni birlashtirishga chaqirdi

Rossiya prezidenti Hindiston bosh vaziri bilan savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikni muhokama qilishi rejalashtirilgan. Undan tashqari Putin Hindiston va Rossiya hakmorligida qurilayotgan "Kudankulam" atom elektr stansiyasining ikkinchi energiya bloki ishga tushirilish marosimida ishtirok etadi.   

BRIKS – Braziliya, Rossiya, Hindiston, XXR va JAR ishtirokidagi davlatlararo uyushma bo‘lib u yer yuzida yashayotgan aholining qariyb yarimini – 2,83 mln kishini o‘z ichiga olgan.  

— Siz, tez-tez YeOII va Ipak Yo‘li Iqtisodiy  kamari uyushmalarini integratsiya qilish haqida gapirgansiz. BIRKSdan bunday tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida foydalanish mumkinmi?

Jahon iqtisodiyoti va moliya tizimida murakkab vaziyat saqlanib qolmoqda, global moliya krizisi oqibatlari haligacha yengib o‘tilgani yo‘q. Ushbu munosabat bilan, ayrim mamlakatlar to‘planib qolgan muammolarni proteksiya usuli bilan, faoliyati mavhum bo‘lgan Tinch okeani mamalkatlari hamkorligi (TTP) va Atlantika okeani Savdo va Sarmoya hamkorligi (TTIP) kabi tashkilotlar tuzish yo‘li bilan hal qilishga urinayotgani bizni afsuslantirmoqda.

AQSh prezidenti Barak Obama - Sputnik O‘zbekiston
Obama: dunyo savdosi qoidalarini Amerika yozadi, Xitoy yoki boshqalar emas

Rossiya va bizning BRIKSdagi hamkorlarimiz ochiq va teng huquqli (birovlarni kamsitish huquqiga ega bo‘lmagan), Jahon savdo tashkiloti prinsiplariga asoslangan iqtisodiy hududlar tarafdorlarimiz.

Esingizda bo‘lsa, 2015-yilning 9-iyulida Ufada YeOII va ShHTga a’zo va kuzatuvchi mamlakatlar rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda yirik regional va regionlararo infrastruktura loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. 

Shu bilan bir vaqtda, biz kelajakda Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi va Ipak yo‘li Iqtisodiy kamarini birgalikda qurish g‘oyasini taklif qildik.

Toshkentda ShHT rahbarlari kengashi - Sputnik O‘zbekiston
ShHT maqsadi - O‘rta Osiyoda barchani birlashtiruvchi asos yaratish
Kelajakda ushbu jarayon YeOII va IYIK a’zolari ishtirokida Katta Yevroosiyo hamkorligi yaratish uchun asos bo‘lishi mumkin. Unda YeOII, ShHT va ASEANga a’zo bo‘lgan ko‘plab mamlakatlar qatnashishi mumkin. Hamkorlik barcha uchun ochiq bo‘ladi va yangi a’zolar ochiqlik hamda o‘zaro hurmat prinsipi asosida qabul qilinadi.

BRIKS mamlakatlari hamkorligi ushbu tashabbusni amalga oshirish uchun ham ishlatilishi mumkin. Ushbu otaklifimizni Hindiston qo‘llab-quvvatlaydi deb umid qilamiz. Ushbu mavzu BRIKS va BIMSTEK rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan Goadagi uchrashuvda davom ettirilishiga ishonchim komil.

— Hindistondan Rossiya chegarasigacha bo‘lgan hududni ko‘z oldimizga keltirsak, uning oddiy emasligini tushunamiz. Sizning fikringizcha, yaqin 10-yil ichida ushbu hududda qanday muammo va chaqiriqlar eng muhim bo‘ladi? 

Rossiya va Hindiston chegaralari orasida joylashgan hududda vaziyat murakkabligicha qoladi. Xususan, Afg‘onistondagi  vaziyat bizni bezovta qilmoqda. Ushbu mamlakatga terrorchilik, ekstremizm va narkotik moddalarning noqonuniy oborotiga qarshi kurash uchun qat’iy harakatlar kerak.  

Rossiya va Hindiston Afg‘onistonda, xalqaro huquq normalari asosida, milliy yarashuv jarayoni tarafdori. Biz shuningdek Afg‘onistonga ichki xavfsizlik muammolarini hal qilishda, narkotiklarga qarshi kurashda va ijtimoiy-iqtisodiy rivojni ta’minlashda yordam berish va hamkorlik qilishga tayormiz.

ShHT HATT o‘quv-mashg‘ulotlari - Sputnik O‘zbekiston
ShHT Hududiy Antiterror Tuzilmasi Hindiston va Pokiston bilan ishlay boshladi

Keng ko‘lamli ma’noda aytganda – bizning mamalkat ushbu hududda paydo bo‘ladigan xavfsizlik chaqiriqlariga tezlik bilan javob qaytarish va uni cheklashda qatnashishga ham tayor. Bu borada Shanxay hamkorligi tashkiloti muhim rol o‘ynashi kerak. ShHT bugungi kunda o‘z chegaralarini qadam ba qadam kengaytirib bormoqda. Hindiston va Pokiston ham tashkilotga kirish arafasida turibdi. Tashkilot o‘zaro ishonchni oshirish va tahdidlarga birgalikda javob berish usullarini mustahkamlash yo‘lidan bormoqda.

O‘zaro nizolarni bartaraf qilishda hamkorlarimiz ko‘magida Rossiya tomonidan olg‘a surilayotgan “integratsiyalarni integratsiya qilish” strategiyasi, ya’ni Yevroosiyoda yagona iqtisodiy hudud yaratish tashabbusi ham muhim o‘rin tutishi kerak. Bunday hamkorlik ushbu hududni umumiy rivojlanish jarayoniga qo‘shilishiga va uning barqarorligiga xizmat qiladi.

— BRIKS sammitlari doimiy ravishda o‘tkazilib kelmoqda, lekin sammitlar yakuniy deklaratsiyalari orasida hech narsa o‘zgarmayapti. BRIKS doirasidagi hamkorlik yanada mazmunli, samarali va aniq bo‘lishi uchun nima qilish kerak?

BRIKS – bu ko‘p qirrali dunyo yaratish elemntlaridan biridir. Ushbu “beshlik” qatnashchilari, xalqaro huquqning asosiy  prinsiplariga amal qilgan holda, BMTning markaziy rolini tasdiqlashadi. Bizning mamlakatlar o‘zga mamlakatlarga tayziq o‘tkazish va mamlakat suverenitetini cheklash siyosatiga qarshi. Biz xalqaro muammolarni, jumladan Suriya mojarosini hal qilishda ham hamfikrmiz.

MDH davlatlari rahbarlari Kengashi - Sputnik O‘zbekiston
MDH davlat rahbarlari: BMT Xavfsizlik kengashi yanada nufuzli tashkilot bo‘lishi kerak

Shuning uchun ham, sammitlar yakuniy deklaratsiyalarida ham – avvalombor xalqaro huquqqa amal qilish va BMTni markaziy tartibga soluvchi organ sifatida tasdiqlash — davlatlararo munosabatlarning asosiy tamoyili sifatida belgilanadi. G‘arb mamlakatlari o‘zlarining bir taraflama nuqtayi nazarlarini singdirishga urinayotgan bir vaqtda, bunday qarash – alohida mazmunga ega bo‘lmoqda.

Bugungi kunda BRIKS mamlakatlari orasida, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalarda 30 dan ortiq muassasalararo hamkorlik turlari yo‘lga qo‘yilgan.

Hamkorlikning bir misoli sifatida Yangi rivojlanish banki (YaRB) va umumiy mablag‘i 200 mlrd dollarga teng bo‘lgan Shartli valyuta rezervlari markazi tashkil qilinishi bo‘lishi mumkin.

Germaniyada TTIP shartnomasi imzolashga qarshi namoyish - Sputnik O‘zbekiston
Germaniyada 320 ming kishi AQSh-Yevropa ittifoqiga qarshi chiqdi
Ishonchim komilki, Bank oyoqqa turishi bilan uning faoliyati samarasi yanada yaqqol ko‘rina boshlaydi. YaRB o‘z faoliyatini ushbu yildan boshladi. Ushbu bosqichda bank faoliyatining asosiy yo‘nalishi – yangilanadigan energiya manbaalariga qaratilgan. Rossiyada bu Kareliya hududida qiymati 100 mln dollarga teng quvvati 50 MVt bo‘lgan GESlar qurilishi sifatida amalga oshirilgan.

BRIKS davlatlari, jumladan, “yigirmalik guruhi” doirasida ham doimiy ravishda Jahon Savdo tashkiloti doirasida ham yaqinlashishga harakat qilmoqdamiz.

BRIKS doirasida hamkorlik o‘zining natijalarini bera boshladi. Ushbu yo‘nalishda ishlashni davom ettirish va “beshlik” uchun qiziqarli bo‘lgan hamkorlik mavzulari topish va ularni mustahkamlash yo‘lida ishlash kerak deb hisoblayman.

Yangiliklar lentasi
0