Yevroosiyo ittifoqi yagona valyutaga o‘tishi mumkin

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishYeOII a’zo davlatlar bayrog‘i
YeOII a’zo davlatlar bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Armaniston milliy kengashi deputati Grant Bagratan ham yagona valyuta kiritilishi zarurligi haqida so‘z ochdi.

TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida yagona valyuta kiritilishi masalasini qisqa fursatda ko‘rib chiqish kerak, deb bayonot qildi juma kuni Qirg‘iziston hukumati rahbari o‘rinbosari Ali Karashev “Yevroosiyo iqtisodiy istiqbollari” forumida.

"Iloji boricha qisqa fursat ichida valyutani tartibga solish masalasini ko‘rib chiqishimiz lozim. Jumladan, tashkilot doirasida hamkorlikdagi savdo-sotiqni amalga oshirish va bojxona tartibotlarini yo‘lga qo‘yish uchun YeOIIda yagona valyuta kiritish masalasini o‘ylab ko‘rish kerak", — deb ta’kidladi u.

Armaniston milliy kengashi deputati Grant Bagratan ham yagona valyuta kiritilishi zarurati haqida bayonot qildi. "Valyutalar masalasi juda dolzarb, bu masala 2025-yilga qadar qoldirilishi mumkin, deb o‘ylamayman", — dedi u. Armaniston respublikasi vakili fikriga ko‘ra, ushbu masala o‘z yechimini topmayotgani “YeOIIga a’zo mamlakatlar iqtisodiyoti rivojlanishiga jiddiy to‘siq bo‘lishi mumkin”, chunki dollar evaziga savdoni amalga oshirish ushbu valyutani “chetdan” olishni nazarda tutadi.
Eslatib o‘tamiz, YeOIIga a’zo davlatlar o‘z hududlarida mahsulotlar, xizmatlar, sarmoya va ishchi kuchining erkin harakatlanishi, iqtisodiyotning energetika, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, transport kabi muhim sohalarida muvofiqlashtirilgan siyosatni amalga oshirishni kafolatlaydilar.

Bugungi kunda ushbu tashkilotga Rossiya, Armaniston, Belorussiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zo.

Yangiliklar lentasi
0