O‘zbek migrantlari nima sababdan Rossiyaga orqa o‘girmoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMigrantlar
Migrantlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov Moskvaga uyushtirgan tashrifi davomida o‘zbekistonliklar uchun migratsiya qonunchiligida yengilliklar berilishi masalasini hal qila olmadi. Buning natijasida, o‘zbekistonliklar endi Rossiyaga alternativa izlashga majbur bo‘lmoqda. Xo‘sh, o‘zbek migrantlari endilikda qayerga yo‘l olishlari mumkin?

TOShKENT, 19-may — Sputnik. Bahor kelishi bilan aksariyat o‘zbekistonliklar ish izlab xorij davlatlariga, asosan, Rossiyaga yo‘l olishadi. Ammo Rossiyada iqtisodiy ahvolning chatoqligi, qolaversa, migrantlar ishtirokida har kuni sodir etilayotgan shov-shuvli jinoyatlarni o‘qigan borki, Rossiya borishga o‘ylanib qolmoqda.

Migrantlar. Rossiya. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya migrantlar masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazadi

Yaqinda Moskvaga uyushtirgan tashrifi davomida O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov o‘zbekistonliklar uchun migratsiya qonunchiligida yengilliklar berilishi masalasini hal qila olmadi. Buning natijasida, endilikda O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga alternativa izlashga majbur bo‘lishmoqda, deb yozadi The Guardian nashri.

Rossiya Federal Migratsiya xizmatining so‘nggi rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, hozirda Rossiyada 1,9 million o‘zbekistonliklar mehnat qilmoqda. Bu esa, 2015-yilgi ko‘rsatkich bilan solishtirilganda, 15 % kam demakdir.

Markaziy Bank esa Rossiyadan keladigan pul jo‘natmalari keskin kamaygani haqida ma’lumot bergan.

Qoidaga muvofiq, aprel-may oylari — Rossiyaga yo‘l oluvchilar uchun "sezon" davri hisoblanadi. Ammo Toshkentda istiqomat qiluvchi Suyun Usmonov va uning rafiqasi uchun, afsuski, bu — Rossiyadan qaytadigan davr bo‘ldi. Usmonovning so‘zlariga qaraganda, endilikda Rossiyada ham qorin, ham uy uchun yetarli maosh beriladigan ishni topish amrimahol bo‘lib qolgan.

"Mehnat migrantining maoshi, odatda, oyiga 20-30 ming rublni tashkil qiladi. Ammo, yeb-ichishdan orttirishni istasangiz, kamida 40-45 ming rubllik ish topishingiz kerak", — deb hikoya qiladi Usmonov.

Rossiya parlamenti a’zolarining fikricha, 2016-yil boshidanoq mamlakatdagi iqtisodiy ahvol yaxshilanmasligi ayon bo‘lgan: neft bahosining tushishi, davlat budjetidagi katta defitsit degandek…

Millatlar ishlari bo‘yicha Duma qo‘mitasi rahbari Gadjimet Safaraliyev esa Rossiya Dumasiga patent olishni istaydigan migrantlarga ruhiy sog‘lomlik to‘g‘risida ma’lumotnoma olishni majburiy etib belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini taqdim etdi. Patent rasmiylashtirayotgan migrantlar hozirda giyohvandlik, VICh, sil va teri tanosil kasalliklarini aniqlovchi testdan o‘tmoqda.

Migrantlarning test topshirish jarayoni - Sputnik O‘zbekiston
OAV: Rossiyada migrantlardan test olish jarayoni murakkablashtiriladi

Mehnat migranti — tibbiy sug‘urta, INN, rus tili va tarixi bo‘yicha yetarli bilimga egaligini tasdiqlovchi sertifikatga ega bo‘lishi lozim. Bu hujjatlarni 1 oy vaqt ichida ololmagan migrantga 10 ming rubl jarima solinadi.

Rossiya amaldorlari moliyaviy qiyinchiliklar migrantlarni jinoyatga qo‘l urishga majbur qilayotgani haqida tez-tez tilga oladigan bo‘ldilar.

Yaqindagina Xovan qabristonida ro‘y bergan ommaviy mushtlashuv va otishmadan keyin, Rossiya Davlat Dumasi deputatlari Rossiya migratsiya qonunchiligida tuynuklar mavjudligi, tashqi va ichki migratsiya qoidalarini yanada kuchaytirish lozimligi taklifi bilan chiqdilar.

Misol uchun rossiyalik korchalonlardan biri Nikolay Patrushev yaqinda bergan intervyusida, 2015-yilda Rossiyada migrantlar tomonidan 58 mingta jinoyat sodir etilgani haqida gapirdi.

Moskva prokurori Sergey Kudeneyev esa "MK"ga bergan intervyusida Moskvada jinoyat sodir etayotgan migrantlarning asosiy qismini Markaziy Osiyo fuqarolari tashkil qilishini aytdi.

"Agar, deylik, jinoyatchilarning o‘ziga xos reytingini tuzadigan bo‘lsak, birinchi o‘rinni O‘zbekiston fuqarolari egallaydi — ular tomonidan 2522ta jinoyat sodir etilgan, ulardan keyin tojikistonliklar turadi(1745), uchinchi o‘rinda esa qirg‘izistonliklar(1269)", — deya izoh bergan prokuror.

Skinxedlar Tojikiston fuqarolariga hujum uyushtirayotgan vaqt - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada bir guruh skinxedlar Tojikiston fuqarolariga hujum qildi
Shu bilan birga migrantlarning o‘zlari ham aksariyat hollarda jinoyatchilar qurboniga aylanmoqda. Vijdonsiz ish beruvchilardan o‘z mehnat haqini ololmagan yoxud millatchi jinoiy guruhlar tomonidan kaltaklanganlar qanchadan-qancha.

"Rossiya biznesi ko‘pincha noma’qul sxemalarni ishlatadi. Oshkoralik yo‘q, korrupsiya esa yuqori darajada. Mana shu holatlar migrantlarni jinoyatga qo‘l urishga undamoqda. Yaxshi joyga ishga qabul qilinishi uchun migrantlarga hech qanday sharoit yaratilmagan", — deb ta’kidlagan bu borada nashrga o‘zbek siyosatshunosi Anvar Nazirov.

Vatanga qaytishga qaror qilgan o‘zbekistonliklarning ahvoli ne kechmoqda? Afsuski, O‘zbekiston hukumati o‘z fuqarolariga yordam berishga ko‘pam shoshilmaydi.

O‘tgan yilning o‘rtalarida O‘zbek OAVlarida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida o‘zbekistonliklarni Rossiyada ishga joylash haqida ikkiyoqlama bitim imzolanishi haqida xabar qilingan edi. Oradan bir yil o‘tdi, ammo mehnat migrantlariga sharoit yaratilishini nazarda tutuvchi bitim meva va sabzavotlarni yetkazib berish hamda qurol-aslahalar bo‘yicha tuzilgan shartnomalar soyasida qolib ketdi.

Ko‘ptarmoqli supermarketlarning birida meva-sabzavotlar. - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya gipermarketlari Turkiya mahsulotlarini O‘zbekiston mahsulotlariga almashtirmoqda

Shu tufayli, o‘zbek migrantlari bugungi kunda mehnat migratsiyasi borasida Rossiyaga alternativ marshrutlarni qidirishga majbur bo‘lmoqda.

Ro‘yxatning birinchi qatorida esa qo‘shni Qozog‘iston turibdi.

Kuz mavsumida o‘zbekistonlik paxta terimchilari qozoq fermerlari dalalariga qarab yo‘l oladilar. Bu yerda terilgan har bir kilo paxta uchun O‘zbekistondagidan ko‘ra ancha yuqori narx to‘lashadi. Ba’zi odamlar, omadi chopib, bundan-da yaxrshiroq ish o‘rinlarini topishmoqda.

Mana misol uchun, 22 yashar o‘zbekistonlik Sarvar Xamidjonov Qozog‘istonga 17 yoshida kelgan. Hozirda u o‘zining 9 nafar qishloqdoshlari(andijonliklar) bilan Olma-Otadagi mebel sexida silliqlovchi bo‘lib ishlayapti. Sarvarning so‘zlariga qaraganda, u oyiga 500 dollar maosh oladi, turar joy, oziq-ovqat esa xo‘jayin zimmasida.

"Menga bu yerda ishlash yoqadi. Mahalliy aholi yaxshi munosabatda, qozoq tilini tez o‘rganib oldim. Ishlab chiqarayotgan mahsulotlarimiz ham xaridorgir. Ikki yil oldin Rossiyaga borgan edim, uch oy ishladim, ammo ko‘nikolmadim, yana Qozog‘istonga qaytib keldim", — deb hikoya qiladi Hamidjonov.

Sarvarning maqsadi, pul to‘plab, o‘z ona shahri Andijonda mebel sexini ochish.

Ammo Qozog‘istondagi iqtisodiy ahvol ham Rossiyanikidan qolishmayapti. Shu bois o‘zbek migrantlari orasida Birlashgan Arab Amirliklariga yo‘l olayotganlar ham anchagina.

Gulnoza turmush o‘rtog‘i bilan besh yildan buyon Dubaydagi supermarketda ishlaydi. Ulaning birgalikdagi oylik daromadi 3 ming dollar. Shundan 500 dollarini yoshlar boshpana ijarasi uchun sarflashadi. Ko‘rib turibsizki, bu yerda daromad qilish imkoni mavjud.

"BAAda ish hammaga yetadi. Bu yerda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz juda ko‘p. Migratsiya qonunchiligini buzmasangiz bo‘ldi, siz bilan birovning ishi yo‘q. Erim bilan birgalikda ishlab topgan pulimizga vatanda kvartira va mashina olishga ulgurldik", — hikoya qiladi ayol.

Shuningdek, migrantlarning kattagina qismi Turkiyaga yo‘l olmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Turkiyada mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar soni 50 ming nafarni tashkil qiladi. Ammo Suriyadagi ahvol tufayli Turkiyadan qaytayotgan o‘zbek fuqarolari hukumat tomonidan "antiterror" tadbiri doirasida so‘roq qilinmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlariga Turkiyaga ketgan fuqarolarning oilasini kuzatuvga olish majburiyati yuklatilgan.

Toshkent-Moskva poyezdi yo‘lovchilari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga qaytayotgan migrantlar uchun 35 ming ish o‘rinlari yaratildi

O‘zbekistonliklar orasida shuningdek, Janubiy Koreyaga ketish ham ommalashib bormoqda. O‘zbekistonliklar bu yerda, asosan, korxonalarda mehnat qilishadi va oyiga 1,5 —2 ming dollar topishadi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari Ulug‘bek Nazarov Toshkent telekanali muxbiriga bergan intervyusida Janubiy Koreyada 16,5 ming nafar o‘zbekistonlik ishga joylashtirigani haqida xabar qilgan. Mart oyida esa ikki davlat vakillari o‘zbekistonlarni Janubiy Koreyada ishga joylashtirish borasida memorandum imzolashdi.

Memorandum tafsilotlari noma’lum, ammo o‘zbek matbuotining yozishicha, yangi hujjatda O‘zbekistondan Janubiy Koreyaga ko‘proq ishchilar yuborish va ularning malakasini oshirishga doir bandlar bor.

Yangiliklar lentasi
0