TOShKENT, 17-may — Sputnik. 2016 yil yanvar-mart oylari oralig‘ida 167 mingta ishchi o‘rni yaratildi, ulardan taxminan 35 mingi vatanga qaytib kelayotgan migrantlar uchun mo‘ljallangan, deb xabar qildi seshanba kuni Iqtisodiyot vazirligi vakili.
"Ish o‘rinlarining 20% vatanga qaytib kelayotgan migrantlar uchun ajratiladi. Asosan, Rossiyadan qaytayotgan migrantlar uchun", — deb ta’kidladi vazirlik vakili.
2015 yil oxirida O‘zbekiston yuqori palatasi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash dasturini tasdiqdan o‘tkazgan edi. Unga ko‘ra, 2015-yilda O‘zbekistonda 990 mingdan ziyod ish o‘rinlari yaratilib, ulardan 200 minggi vatanga qaytib kelayotgan mehnat migrantlari uchun ajratilishi xabar qilingandi.
2016 yilda O‘zbekistonda jami bir milliondan ziyod fuqarolarni ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Shular ichida 148 ming ish o‘rinlari MDH davlatlari, xususan, Rossiyadan qiyin iqtisodiy sharoit tufayli qaytib kelayotgan mehnat migratlari uchun mo‘ljallangan. Ekspertlar fikriga ko‘ra, hozirgi kunda O‘zbekistonning 31 million aholisidan 3-4 millioni vatanidan tashqarida mehnat qilmoqda. Rossiya Federal Migratsiya xizmati xabariga ko‘ra, Rossiyada 2 millionga yaqin O‘zbekiston fuqarolari bor.