Moskvada bir guruh skinxedlar Tojikiston fuqarolariga hujum qildi

© Ofitsialniy sayt GU MVD MoskviSkinxedlar Tojikiston fuqarolariga hujum uyushtirayotgan vaqt
Skinxedlar Tojikiston fuqarolariga hujum uyushtirayotgan vaqt - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Noma’lum shaxslar tomonidan Tojikiston fuqarolariga ko‘psonli zarbalar berilgan. Politsiyachilar jinoyatchilarni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan. Ayni vaqtda ushbu voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, gumondorlar 8-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

TOShKENT, 5-may — Sputnik. Moskva metropolitenida “Ulitsa Skobelevskaya” stansiyasidan “Bitsevskiy park” stansiyasiga qarab harakatlanayotgan metro poyezdida yo‘lovchilarga hujum uyushtirganlikda gumon qilinayotgan bir guruh yoshlar qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda Moskva shahar IIB matbuot-xizmati, Sputnik Tojikiston xabariga ko‘ra.

"Politsiyaga poytaxt metropolitenidagi vagonlarning birida yuzaga kelgan mojaro haqida xabar kelib tushdi. Noma’lum shaxslar o‘z raqiblariga ko‘p sonli zarbalarni bergan, shuningdek, bir qurbonning ko‘ziga gaz purkashgan. Shundan so‘ng jinoyatchilar vagonni tark etib, noma’lum yo‘nalishda ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan. Jarohat olganlar Moskva shahridagi kasalxonalarning biriga olib borilgan”, — deyiladi politsiya xabarida.

Huquqni muhofaza qilish organlaridagi manba bergan xabarga ko‘ra, hujum millatchilik negizida amalga oshirilgan: guruh a’zolari o‘zlarini “skinxedlar” harakatiga aloqador, deya ta’kidlamoqda. Guruh qurboni esa chet elliklar – Tojikiston fuqarolari bo‘lgan.

"Guruh a’zolarining boshi kal, oyoqlariga armiyada kiyiladigan og‘ir botinkalarni kiyib olishgan. Shuningdek, ularga tegishli uyali telefonlardan ularning qurol-aslaha bilan tushgan fotosuratlari topilgan. To‘rt jinoyatchidan uch nafari balog‘at yoshiga yetmagan o‘smirlardir”, — dedi manba.
Ushbu hodisa yuzasidan Rossiya Federatsiyasi JK 213 moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Guruh a’zolari “bezorilik”da ayblanmoqda, ular bu ishi uchun 8-yilgacha qamoq jazosini olishi mumkin.

Muassasa tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, Moskva metropoliteni politsiya xizmati xodimlari aybdorlar kimligini aniqlagan va ularni qo‘lga olgan. O‘zlarini skinxedlar deb hisoblaguvchi yoshlar yonida katta pichoq va elektroshoker aniqlangan.

Yangiliklar lentasi
0