OAV: Rossiyada migrantlardan test olish jarayoni murakkablashtiriladi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishMigrantlarning test topshirish jarayoni
Migrantlarning test topshirish jarayoni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaga mehnat qilish uchun tashrif buyuradigan migrantlardan test olish Rossiya Ta’lim vazirligi zimmasiga yuklatilishi mumkin.

TOShKENT, 12-may — Sputnik. Moskva hukumati Rossiyaga mehnat qilish istagida tashrif buyurayotgan chet elliklarni testdan o‘tkazish vazifasini yangi davlat organi zimmasiga yuklash masalasini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar qiladi "Izvestiya" nashri asosida Sputnik Tojikiston.

Migrantlardan test olish markazi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada migrantlar o‘z mutaxassisligini tasdiqlashlari lozim bo‘ladi

FMSning tarqatib yuborilgan bo‘linmasi o‘rniga endilikda ushbu masala bilan Rossiya Ta’lim vazirligi yoki Ta’lim muassasalarini nazorat qiluvchi qo‘mita shug‘ullanishi mumkin, deb xabar qilmoqda nashr.

"Ta’lim vazirligi testlarni murakkablashtirmaslik tarafdori bo‘lsa-da, hozirda, har bir region testlarni mustaqil ravishda tuzmoqda, shu bois, u yoki bu regionda bu masala borasida talablar qanday bo‘lishi noma’lum", deb ta’kidladi hukumatdagi manba.

Bundan tashqari, test olish uchun to‘lanadigan to‘lov qiymatini belgilash ham Ta’lim vazirligi zimmasiga yuklatishi ehtimoli borligi aytilmoqda.

Test topshirish jarayonida qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan migrantlar esa jarima to‘lashga majbur etiladi, deb ta’kidlangan nashrda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin: migratsiya masalasida nazorat kuchaytirilishi shart
"Izvestiya"da keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2015-yilda 1,7 million kishi, ya’ni, yil davomida Rossiyaga tashrif buyurgan chet elliklarning 90% testdan muvaffaqiyatli o‘tgan.
Test topshirgan chet elliklar orasida O‘zbekiston fuqarolari ko‘pchilikni tashkil qilgan(44%), undan keyin Tojikiston (23%), Ukraina (11%), Ozarbayjon (5%), Moldova(4%), Xitoy, Armaniston va Qirg‘iziston(3%dan) davlatlari turadi.

Yangiliklar lentasi
0