O‘zbekiston armiyasi: yetti muhr ostidagi sir

© IA "Jaxon"O‘zbekiston armiyasi askarlari
O‘zbekiston armiyasi askarlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 14-yanvar – Vatan himoyachisi kuni nishonanadi. Bayram arafasida Sputnik O‘zbekiston qurolli kuchlari bugungi kunda qanday tashkil qilinganligini va qay tarzda rivojlanayotgani ilan qiziqib ko‘rdi.

 

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda 14-yanvar kuni – Vatan himoyachisi kuni bayrami nishonlanadi. Mamlakatning asosiy bayramlaridan biri 1993-yilda tadbiq qilingan. 

Butun Respublika bo‘ylab ushbu bayramga bag‘ishlangan tadbirlar, konsertlar va harbiy marosimlar o‘tkaziladi.

O‘zbek armiyasi aslida qanaqa? Sputnik muxbiri ushbu savolga javob topishga harakat qildi.

Yashiringan kuch

Ko‘pchillik ekspertlar va hatto mutaxassisilar uchun O‘zbekiston Qurolli kuchlari bu nafaqat jumboq, balkim yetti muhr ostidagi sir bo‘lib qolmoqda. Mamlakatda hamma narsa davlat siriga aylanirilgan. Askor va zobitlarning umumiy soni, armiya ta’minlash xarajatlari, yangi texnika bilan jihozlash va boshqa ma’lumotlar ham.

Tank T-72 o‘quv mashg‘ulotlar paytida - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston harbiy kuch bo‘yicha O‘rta Osiyoda 1 o‘rinda

Shunga qaramasdan, dunyoda doimiy ravishda chop etib kelinayotgan armiyalar haqidagi ma’lumotnomalarda, dunyoning yetakchi institutlari O‘zbekiston armiyasini MDH davlatlari orasida jangovor qobiliyati eng yuqori armiyalardan biri deb baholamoqda. Misol uchun, 2015-yilning sentabrida Global Firepower ekspertlari o‘tkazgan izlanishlarda, dunyo armiyalari orasida 54 o‘rinni egallab, O‘rta Osiyoda eng qudratli armiya nomini oldi.   

O‘rta Osiyo mamlakatlari yuqoridagi reytingda Qozog‘iston 66, Qirg‘iziston 78, Tojikiston 81, Turkmaniston 90 o‘rinlarni egallashgan. Boshqa MDH mamlakatlari ham O‘zbekistondan ortda qoldi: Ozarbayjon 63, Armaniston – 74, Gruziya – 75, Latviya – 87, Litva 92 va Estoni 108 o‘rinlarni egallagan. Oldinda faqat Rossiya, Ukraina va Belorus respublikalari.

Kadrlar hamma narsani hal qiladi 

24 yil oldin vaziyat butunlay boshqacha edi. Sovet Ittifoqi tarqalishi ko‘plab armiya ofitserlarning O‘zbekiston hududini tashlab ketishiga sabab bo‘ldi. 1990-yilda mahalliy ofitserlar umumiy harbiy xizmatchilarning 0,6 %  ni tashkil qilardi xolos. Mustaqillikka erishilgandan keyn O‘zbekiston Bosh shtabi birinchi navbatda armiya uchun zobitlar tayorlash tizimini yaratishiga to‘g‘ri keldi. 

Mutaxassislar harbiy bilimning asosiy qismini yaratishdi. Uning asosiga bir necha asosiy tamoyillar qo‘yilgan edi. Ulardan biri – sobiq Ittifoq me’rosini tubdan yo‘q qilmasdan balki aksincha uni yangi tizimga sekin-sekin moslashtirib, qadam-ba-qadam olg‘a yurish edi.

Hozirgi kunda, ba’zi yoshlar, O‘zbekiston armiyasi 1992-yilda paydo bo‘lgan deganda, tajribali mutaxassislar kulib qo‘yadi xolos. Albatta voqea bunday bo‘lgan emas.

O‘zbekiston Qurolli kuchlari, qisman sobiq Ittifoq Qurolli kuchlarining me’rosxo‘ridir. Aynan sovet ittifoqida ishlab chiqilgan o‘qitish va tayorlov uslublariga binoan hozirgi O‘zbek armiyasining asosi yaratildi.

Xozirgi kunda O‘zbekiston armiyasi jihozlangan o‘qotar qurollar va boshqa harbiy texnika ham sobiq Ittifoq me’rosidir. Ularning bir qismi yangilangan. Qurol yarog‘ning asosiy qismi o‘zbek harbiylariga yaxshi tanish bo‘lgan Rossiya qurol yarog‘idir.

Bayram tantanasi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda O‘zbekiston Harbiy akademiyasining 20-yilligi nishonlandi

1990 yillar boshida O‘zbekistonda uch oliy harbiy-ta’lim o‘quv yurtlari bor edi. Toshkent Oliy Qo‘mondonlik, Chirchiq Yuqori Tank-qo‘mondonlik va Samarqand oliy Avtomobil-qo‘mondonlik o‘quv yurti respublikaga harbiy kadrlar yetkizib berar edi. 

Aynan ana shu uch oliy harbiy o‘quv yurtlari Respublika armiyasining mutaxassislar yetkizib beruvchi ixtisoslashgan markazlariga aylandi.

1993 yilda Toshkent Axborot texnologiyalari institutida, harbiy mutaxassislar tayorlaydigan maxsus radioelektronika fakulteti ochildi. 1994-yilda Jizzax aviatsiya o‘quv yurti ochildi. 1995-yilda armiyaning haqiqiy yuragi bo‘lgan — Harbiy Kuchlar akademiyasi ochildi. Ushbu akayemiya bugungi kunda nafaqat oliy ofitserlar tayorlash bilan shug‘ullanadi, balkim u harbiy strategiya va doktrinalar ishlab chiqarishni o‘zaro muvofiqlashtiradi. 2012-yilda Toshkent Meditsina akademiyasida Harbiy meditsina fakulteti ochildi.

Yangi zamon, yangi tahdidlar 

Sovet Ittifoqi davrida duman aniq, qurolli kuchlar mamlakatning global strategiyasi asosida bo‘lingan va joylashtirilgan edi. Mustaqillikdan keyin esa, O‘zbekiston uchun eng dolzarb vazifalardan biri bu yangi zamon harbiy tahdidlariga tayor bo‘lish va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan harbiy amaliyotlar sahnasida o‘z o‘rnini topish edi. O‘zbekiston o‘z  Qurolli kuchlari joylashish stategiyasini jiddiy ravishda qayta ko‘rib chiqib, yangi strategiyaga mos ravishda mamlakat hududida joylashtirdi. Butunlay yangi tashkiliy-shtab tizimini tashkil qildi. 

Afg‘oniston O‘rta Osiyoni portlatib yuboradimi?

1990 yillar boshidayoq O‘zbekistonga tahdid solayotgan asosiy xavf bu – Afg‘oniston hududidagi terrorchi va ekstremistik guruhlar bo‘ldi. Vaziyatni murakkablashtiriuvchi holatlardan biri bu O‘rta Osiyo mamalakatlari va Afg‘oniston chegarasining katta qismi – tog‘li hududlarda joylashganligi bo‘ldi. O‘zbekiston armiyasida tashkil qilingan yangi qismlarga asosiy talablar bu –  chaqqon, tez  va asosiy kuchlardan uzilgan holda samarali harakat qilish imkoniyati edi.

Rossiya va O‘zbekiston Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

Shu sababdan ham turli qo‘shn turlari va harbiy birikmalarni boshqarish  tizimi tubdan o‘zgartirilgan edi. Ularni boshqarish Birlashtirilgan operativ shtab zimmasiga yuklandi. Har bir strategik harakat yo‘nalishda yangi mustaqil harbiy bo‘linmalar tashkil qilindi. Birinchi navbatda Maxus kuchlar batalonlari va Terrorchiikka qarshi kuchlar bo‘linmalari.

Ushbu bo‘linmalar samaradorligini oshirish maqsadida ular ixtiyoriga vertolet texnika birikmalari topshirildi. Bu o‘z navbatida qisqa muddatli operatsiyalar o‘tkazish, jumladan davlat chegarasida narkotraffikni oldini olish kabi operatsiyalar o‘tkazish imkonini yaratdi. 

Muddatli harbiy xizmat o‘tish shartlari jiddiy ravishda o‘zgartirildi. 2003-yilda uning muddati 18 oydan 12 oygacha qisqartirildi. 2008-yildan esa harbiy xizmatga chaqirish yiliga bir martotaba amalga oshiriladigan bo‘ldi – fevral – mart oylarida. 

Tanki T-72 ponton ko‘prikdan o‘tmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiriq haqidagi qarorni imzoladi

Armiya sohasida yana bir yangilik – bu 2012-yilda Mudofaa vazirligi qoshida Jamoat kengashi tashkil qilinishi bo‘ldi. Ushbu tashkilotning eng oxirgi takliflaridan biri – bu O‘zbekistonda georgiy tasmasidan voz kechish bo‘ldi. Uni o‘rniga O‘zbekiston bayrog‘ini ishlatish taklif qilinmoqda.

Texnika masalasi

Texnika masalasi bo‘yicha ham barcha ma’lumot sir saqlanib kelmoqda. Shuning uchun ham bu borada aniq rasmiy ma’lumot yo‘q. 

Bir qator AQSh va Yevropa analitika markazlari hamda ochiq matbuotdagi ma’lumotlarga tayanib shuni aytish mumkin: O‘zbekiston harbiy budjeti 2015-yilda 2,4 mlrd dollarni tashkil qiladi. Shuni ham aytib o‘tish joizki ushbu ko‘rsatgich

Strategicdefenceintelligence.com xabar berishiga ko‘ra O‘zbekiston harbiy budjeti 2007-yildan beri to‘xtovsiz ravishda o‘sib kelmoqda. 2014-yilda Respublika harbiy budjeti 2,2 mlrd dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2015-yilda 2,4 mlrd dollar va 2019-yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 3,4 mlrd dolarni tashkil qilishi kerak. 

O‘zbekiston qurolli kuchlarida taxminan 65 ming askar va zobitlar xizmat qilmoqda.

Global Firepower ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Qurolli kuchlarida bugungi kunda 420 tank, 143 o‘zi yurar to‘plar, 880 uzoqqa otuvchi to‘plar, 109 yoppasiga o‘q uzish tizimlariga ega. Harbiy havo kuchlari safida esa 69 qiruvchi samolyotlar, 89 boshqa xil hujumchi samolyotlar, 49 tranport samolyotlari hamda 65 oddiy va 25 jangovor vertolotlardan va boshqa texnikadan tashkil topgan.

O‘zbek chegarachisi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston chegarachilari qirg‘iz chegarabuzarlarga qarata o‘q uzdi

Hozrgi paytda O‘zbekistonda armiyasini qayta jihozlash olib borilmoqda. Havo hujumiga qarshi vositalar, vertoletlar, zirhlangan mashinalar, artilleriya tizimlari va aloqa vositalarini yangilashga alohida e’tibor berilmoqda. Shu bilan bir vaqtda O‘zbekiston Rossiyadan harbiy texnika sohasidagi bog‘liqlikni kamaytirishga ham harakat qilib kelmoqda.

AQSh yordami

O‘gan yil oxirida AQSh O‘zbekistonga minalar portlashidan kuchli himoyalangan 308 katta razmerli zirhlangan avtomobil va 20 zirhlangan ta’mirlar va evakuatsiya qilish avtomobillari sovg‘a qildi. 

Undan tashqari 2015-yil o‘rtalarida AQSh armiyasi O‘zbekiston Chegara qo‘shinlari ixtiyoriga 20 ta to‘liq uzatmali, yuqori o‘tish xususiyatiga ega bo‘lgan  MAN avtomobillarini topshirgan edi.

AQSh qumondonligi o‘zbek ofitserlarini kengaytirilgan dastur bo‘yicha tayorlashi haqida ham xabar bergan edi.

Rossiya – baribir asosiy hamkor

Rossiyaning R-73 havo-havo rusumli boshqariladigan raketasi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va O‘zbekiston R-73E raketalarini sotib olish bo‘yicha kontrakt imzolaydilar

Shunga qaramasdan, keyin o‘nlab yillar davomida Rossiya  O‘zbekiston uchun asosiy harbiy texnika yetkizib beruvchisi bo‘lib qolishi kutilmoqda. Bu sohada eng oxirgi shartnomalardan biri bu O‘zbekiston tomonidan Rossiyadan eng yangi “havo-havo” rusumli R-73E aviatsiya raketalari sotib olish bo‘ldi. 

Shu bilan birga harbiy-ta’lim sohasida ham munosobatlar rivojlanishi kutilmoqda. Bugungi kunda yuzlab o‘zbek ofitserlari Rossiyaning ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlarini bitirib chiqmoqda.

2014 yil oxirida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga bo‘lgan tashrifi chog‘ida, O‘zbekistonning Rossiya oldidagi qarzi qayta ko‘rib chiqilishi O‘zbekiston va Rossiyaning kelajak hamkorligiga katta imkoniyat yaratdi, jumladan harbiy-texnik sohada ham. 

 

Yangiliklar lentasi
0