Toshkentda O‘zbekiston Harbiy akademiyasining 20-yilligi nishonlandi

© A.IlyasovBayram tantanasi
Bayram tantanasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadbir davomida namunali zobitlarni o‘qitish va tarbiyalashda o‘z hissasini qo‘shgan namunali o‘qituvchilarga faxriy yorliqlar topshirishldi.

TOShKENT, 3 sen – Sputnik. O‘zbekiston Harbiy akademiyasi tashkil qilinganligining 20-yilligini nishonladi, "Jahon" xabariga ko‘ra.

Mamlakatning yetakchi harbiy-ta’lim muassasasida, ushbu davr ichida ikki mingdan ziyod zobitlar tayorlandi. Ushbu zobitlar hozirgi paytda Qurolli kuchlarning harbiy qismlari va bo‘limlarini boshqarib kelmoqda. 

O‘qituvchilarni tabriklashdi va faxriy yorliqlar taqdim etishdi. Undan keyin esa Harbiy kuchlarning qo‘shiq va raqs markaziy ansamblining konserti bo‘lib o‘tdi. 

Harbiy akademiya 1995-yil 2-sentabrda O‘zbekiston respublikasi prezidenti tashabbusi bilan zobitlar tayorlash maqsadida tashkil qilingan edi. Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Toshmatovning so‘zlariga qaraganda, 20-yil oldin O‘zbek hukumati uchun ushbu masala juda dolzarb edi. 

Yangiliklar lentasi
0